O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XIII.4. Tijorat banklarning asosiy operatsiyalari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165
pul va banklar

XIII.4. Tijorat banklarning asosiy operatsiyalari 
 
Banklarning o‗ziga xos xususiyatlari ularning faoliyatigi bevosita bog'liqdir. 
Ushbu faoliyatning natijasi esa bank xizmatining yaratilishi hisoblanadi va uni 
quyidagilarga bo‗lish mumkin: 
1. To‗lov vositasini amalga oshirish. 2.Xizmatlar ko‗rsatish. 
Bozor xo‗jaligida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun umumiy 
to‗lov vositasi sifatida pul zarur bo‗ladi. Chunki usiz tovar ishlab chiqaruvchilar 
o‗rtasida bo‗ladigan almashinuv amalga oshirilmasligi mumkin. Shuning uchun 
ham Markaziy bank muomala va moddiy boyliklarni sotib olish va ularni iste`mol 
va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz davom etishini 
ta`minlash uchun zarur bo‗lgan pul massasini chiqarishi zarur. 
Bank maxsulotining tarkibiy qismi hisoblangan har xil xizmatlar ko‗rsatishni 
qiyidagicha turkumlash mumkin : 
Ko‗rsatiladigan xizmatlarning tiplari 
1. Bank faoliyatining o‗ziga xos xususiyatlariga qarab: 
a. O‗z faoliyatiga mos xizmatlar. 
b. O‗z faoliyatiga mos bo‗lmagan xizmatlar
2. Xizmatlarni oluvchi sub`ektlarga qarab:
a. Xuquqiy shaxslar 
b. Jismoniy shaxslar 
3. Bank resurslarini shakllanishi va joylashish usuliga qarab: 
a. Aktiv operatsiyalar 
b. Passiv operatsiyalar 
4. Ko‗rsatilgan xizmat uchun to‗lanishiga qarab:
a. Pulli xizmat. 
b. Bepul xizmat 
5. Moddiy ne`matlarning xarakatiga bog'liqligiga qarab:
a. Moddiy ne`matlarning xarakatiga bog'liq bo‗lgan xizmatlar.
b. sof xizmatlar. 
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, bank ko‗rsatgan xizmatlarni eng avvalo 
o‗z faoliyatiga mos xizmatlar va o‗z faoliyatiga mos bo‗lmagan xizmatlarga 
bo‗linadi. 
O‗z faoliyatiga mos xizmatlar bank faoliyatining o‗ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqib ko‗rsatiladigan xizmatlar tushuniladi va ularga bank bajaradigan 
quyidagi 3 ta operatsiyani kiritish mumkin: 
1. Depozitlar bo‗yicha operatsiyalar. 
2. Kredit operatsiyalari. 
3. Hisob-kitob operatsiyalari. 


156 
1. Depozit operatsiyalari bank mijozlarining omonatlarini joylashtirish bilan 
bog'liq. Tarixdan ma`lumki kishilar o‗z mablaglarini har xil talon-tarojlardan 
asrash maqsadida banklarga qo‗yishgan. Keyinchalik esa pul mablag‘larining 
qadrsizlanishining oldini olish uchun banklarga qo‗yishgan bo‗lsa, xozirgi paytda 
esa daromad olish uchun bankka qo‗yishadi. Ular buning uchun ssuda foizlarini 
oladilar. 
2. Kredit muomalalari bankning asosiy muomalasi hisoblanadi. Shuning uchun 
ham bankni kredit muassasasi deb ataladi. Bank o‗z daromadlarining asosiy 
qismini kredit berish evaziga oladi. Ammo xozir iqtisodiyot barqaror 
bo‗lmaganligi uchun banklar ko‗proq daromad keltiradigan va unchalik xavfli 
bo‗lmagan muomalalar bilan shugullanishni afzal ko‗rishadi. (Masalan, valyuta 
operatsiyalari) 
3. Hisob-kitob muomalalari naqd pul bilan va naqd pulsiz shakllarda amalga 
oshiriladi. Vbjozlarning topshirig‘iga muvofiq bank ularga har xil schetlar ochishi 
mumkin va ular orqali oldi-sotdi va to‗lov muomalalarini amalga oshiradi. Hisob-
kitoblarda bank vositachi vazifasini bajaradi. 
Yuqorida ko‗rsatilgan uchta xizmat turini ba`zan traditsion bank operatsiyasi 
deb ham atashadi va uchalasini bir vaqtda bajarmagan bankni, bank deb atash 
mumkin emas. Chunki uchta xizmat turining birini boshqa kredit muassasalari ham 
bajarishi mumkin. Masalan, pochta (pulni o‗tkazish mumkin), har qanday tashkilot 
bo‗sh pul mablag‘lari evaziga kredit berishi mumkin, har xil fondlar omonatlarini 
olish evaziga foiz to‗lash mumkin. 
Banklar ko‗rsatadigan depozit, kredit va hisob-kitob muomalalaridan tashqari 
banklar kassa muomalalarini ham amalga oshiradi. Ammo xozirgi qonunchilik 
hujjatlarida bu maxsus ko‗rsatib o‗tilmaydi. 
O‗z faoliyatiga mos bo‗lmagan yoki noananaviy xizmat turlariga qo‗shimcha 
operatsiyalarni, ya‘ni quyidagi muomalalarni kiritish mumkin: valyuta, qimmatli 
qog'ozlar, oltin, qimmatbaxo metallar va qo‗yilmalar bo‗yicha oshiriladigan 
muomalalar. 
Bank xizmatlaridan xuquqiy va jismoniy shaxslarning barchasi birday 
foydalanish xuquqiga ega.
Ma`lumki, banklar bo‗sh pul mablaglarini yig‘adi va ularni buyurtmachilar 
o‗rtasida qaytarish sharti bilan taqsimlaydi. Bank ko‗rsatadigan xizmatlar aktiv va 
passiv shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Passiv muomalalar yordamida 
banklar o‗z resurslarini shakllantiradi (masalan, depozitlar, sertifikatlarni sotish, 
boshqa banklardan kredit olish va boshqalar). Banklar aktiv operatsiyalarni amalga 
oshirish orqali o‗zining va chetdan jalb qilingan resurslarini turli xo‗jalik 
sub`ektlari, shuningdek, aholining ehtiyojlari uchun joylashtiradi. 
Banklar ko‗rsatayotgan xizmatlarning to‗lanishiga qarab pulli va bepul xizmat 
turlariga bo‗linadi. Ammo bu bankdagi xizmat turlarining ba`zilari bepul yoki pulli 
degan ma`noni bildirmaydi. Bank o‗zi ba`zi tomonlarni hisobga olib hisob-kitob, 
depozit va kredit operatsiyalarining tarkibidagi ba`zi xizmat turlariga xaq to‗lashni 
belgilamasligi mumkin. 


157 
Moddiy ne`matlarning harakati bilan bog'liqligiga qarab bank xizmatlari 
quyidagicha turkumlanadi:uning harakati bilan bog'liq bo‗lgan xizmatlar va sof 
xizmatlar. 
Banklar o‗zlarining pul operatsiyalari bilan moddiy ne`matlarining harakatiga 
sabab bo‗ladi va bunda yangi qo‗shimcha qiymatlar yaratishadi.Sof xizmatlar 
bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayoni bilan band bo‗lgan xo‗jalik sub`ektlariga 
va aloxida jismoniy shaxslarning talablarini qondirish uchun ko‗rsatiladi.Umuman, 
bank ko‗rsatadigan xizmatlar quyidagi xususiyatlarga ega: ularni zaxira sifatida 
ko‗rsatish mumkin emasligi, unumli xarakterga ega ekanligi, kapital bank 
xizmatining ob`ekti bo‗lib hisoblanishi, aktiv va passiv operatsiyalarni o‗z ichiga 
olishi, faqat bankning monopoliyasiga aylanmasligi va boshqalar. 
Tijorat banklarining iqtisodiy ahamiyati uning faoliyat doirasining keng 
bo‗lishiga olib keladi.
Tijorat banklarining funktsiyalari: depozitlarni qabul qilish; 
kreditlar berish; firmalar o‗rtasidagi operatsiyalar bo‗yicha deyarli barcha hisob-
kitoblarni amalga oshirish; ular tomonidan olingan mablag'larning bir qismini 
qimmatli qog'ozlarga va boshqa moliyaviy hujjatlarga sarflash; valyuta 
operatsiyalari 
bilan 
shug'ullanadi; 
mijozlariga 
maslahat 
beriadi. 
Tijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
1. Vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga 
aylantirish. 
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash. 
3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari)ni chiqarish. 
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‗lovlarni amalga oshirish. 
5. Moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‗rsatish. 
Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsul'tativ xizmatlar ko‗rsatish. 
Banklar 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə