O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   165
pul va banklar

XII.6.Inflyatsion targetlash 
Xozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng 
ommabop usullaridan biri bo‗lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda 
qo‗llanilmoqda. 
―Target‖ so‗zi ingliz tilidan olingan bo‗lib, ―maqsad‖ degan ma'noni anglatadi. 
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko‗rsatkichi (target) 
o‗rnatiladi. 
Inflyatsiyaning 
maqsadli 
ko‗rsatkichi (targeti)ga erishish 
uchun 
pul-kredit 
siyosati 
mexanizmlari bosqichma-bosqich 
ushbu 
rejimga 
o‗tkazilib, 
inflyatsiyani 
pasaytirishda 
samarali 
instrument 
sifatida 
foydalaniladi. 
O‗z 
navbatida
ushbu 
rejimning 
qo‗llanilishi 
narxlar 
barqarorligini ta'minlash orqali 
o‗rta 
muddatli 
istiqbolda 
mustahkam va barqaror iqtisodiy 
o‗sish 
uchun 
qo‗shimcha 
sharoitlar yaratishi mumkin. 
Shu bilan birga, Markaziy 
bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-
kredit siyosati instrumentlarini qo‗llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil 
qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishadi. 
Bu rejim o‗zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga ega. Masalan, 
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidan keng foydalangan holda qaror 
qabul qilish, suzuvchi valyuta kursidan foydalanish, kommunikatsiyaviy siyosat 
tamoyillari, valyuta intervensiyasi strategiyasi va boshqalar. 
Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini 
(masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o‗rnatib, ushbu targetni pul-
kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim. 
Narxlar barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o‗tishda 
samarali usullardan biri bo‗lib, u o‗z navbatida, "O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki to‗g'risida"gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi 
va to‗lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari 
qatorida turadi. 


146 
Nima uchun aksariyat mamlakatlar inflyatsion targetlash rejimini tadbiq 
etmoqda? 
Gap shundaki, past darajadagi 
va progonoz qilinadigan (barqaror) 
inflyatsiya mamlakatda barqaror 
iqtisodiy o‗sish uchun juda zaruriy 
omil 
hisoblanadi. 
Binobarin, 
inflyatsion kutilma tijorat banklari 
tomonidan kredit ajratishda undagi 
foiz stavkasiga qo‗shiladi hamda 
yuqori inflyatsion kutilma kredit 
foiz stavkasining yuqori bo‗lishiga 
olib keladi. 
Shunday qilib, tadbirkorlar 
qarz 
mablag' 
(kredit)lardan 
foydalanganliklari 
uchun 
hisoblangan foiz stavkalarining 
yuqori (yuqori inflyatsiya ta'sirida) 
bo‗lishi, ularni qaytarish bilan 
bog'liq to‗lovlarga ta'sir qiladi. 
Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo‗lsa, tadbirkorlar 
kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan 
holda, uzoq muddatli iqtisodiy o‗sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun 
kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita 
bo‗lib xizmat qiladi. 
Barqaror iqtisodiy o‗sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan 
(barqaror) inflyatsiya markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. 
Shu sababli, past darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiyani 
ta'minlash aksariyat markaziy banklar tomonidan ularning uzoq muddatli maqsadi 
(target) sifatida belgilanadi. 
*Inflyatsion targetlash rejimi quyidagi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga 
erishish imkonini beradi: 
*narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish; 
*pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf 
etish; 
*ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarning to‗lov 
qobiliyatini qo‗llab-quvvatlash hamda moliya sektorining barqarorligini ta'minlash. 
Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, 
quyidagi shartlar bajarilishi zarur: 
* inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka 
yetkazish 
(inflyatsiya, uning omillari hamda ko‘zlangan inflyatsion target haqida 
aholini muntazam ravishda xabardor qilish);


147 
* inflyatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini tartibga 
solish maqsadida pul-kredit siyosati bo‗yicha instrumentlardan 
(REPO va 
valyutaviy svop auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank 
obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksionlar) 
keng miqyosda foydalanish; 
* pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar 
(xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
holatini tahlil qilish: uy xo‘jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi 
sohasi va tashqi dunyo)
qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish 
hamda ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo‗lgan ochiq ma'lumotlarni hisobga 
olgan holda prognozlash; 

pul-kredit 
siyosati 
maqsadlari 
(narxlar 
barqarorligi, 
kreditlarning 
ommabopligi, past darajadagi inflyatsiya, aholining milliy valyutaga bo‘lgan 
ishonchini oshirish va hokazo)
ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun 
kommunikatsiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz 
qilish 
imkoniyatini 
ta'minlash 
hamda 
bozor 
ishtirokchilari 
ishonchini 
shakllantirish. 
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun pul-
kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri bo‗lib, Markaziy bank tomonidan 
belgilanadigan asosiy stavka hisoblanadi
24
. Markaziy bank asosiy stavkani 
o‗zgartirish orqali tijorat banklari tomonidan omonat va kreditlar bo‗yicha taklif 
etiladigan foiz stavkalariga ta'sir ko‗rsatishi mumkin. Bu o‗z navbatida, umumiy 
talab orqali iqtisodiyotdagi narx darajasiga ta'sir ko‗rsatadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, inflyatsion targetlash deganda – oldindan 
belgilanadigan inflyatsiya darajasi (target)ni keng jamoatchilikka e'lon qilish, 
hamda ushbu ko‗rsatkichga erishish va uni saqlab qolish jarayoni tushuniladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash 
rejimiga bosqichma-bosqich o‗tilayotgan bo‗lib, 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə