O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XII.3.Pul kredit siyosatining majburiy zaxiralash usuli



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165
pul va banklar

XII.3.Pul kredit siyosatining majburiy zaxiralash usuli 
 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta'minlashdan iborat bo‗lib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun qator 
vazifalarni bajaradi. Ushbu vazifalar ichida eng muhimlaridan biri uning pul – 
kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. 
Pul – kredit siyosatining qator usullari mavjud bo‗lib, ularning asosiylari 
quyidagilardan iborat: 
– tijorat banklariga nisbatan o‗rnatilgan majburiy zahira siyosati; 
– markaziy bankning asosiy stavkasi(qayta moliyalash siyosati); 
– ochiq bozordagi siyosati; 
– Inflyatsion targetlash. 
Iqtisodiy adabiyotlarda va xalqaro bank amaliyotida Markaziy banklarning pul 
– kredit siyosati monetar siyosat, monetar instrumentlar tarzida ham yuritiladi. 
Biroq, Markaziy bankning pul – krediti siyosati qanday tarzda yuritilishiga 
qaramasdan, ularning maqsadi bitta masalaga, ya'ni mamlakat milliy valyutasining 
barqarorligini ta'minlashga qaratiladi. 


137 
Xalqaro bank amaliyoti va xo‗jalik yuritish tajribasidan ma'lumki, milliy 
valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya 
darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi 
va aksincha. Ya'ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda ishsizlik 
darajasining oshishiga olib keladi. 
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta'sir 
etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash 
uchun pul – kredit siyosati usullarini amaliyotga joriy etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul – kredit siyosati 
―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g'risida‖gi Qonunning 23 –
moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetar siyosatining asosiy 
yo‗nalishlari sifatida ishlab chiqiladi. 
Xususan, ushbu siyosat: 
– iqtisodiy kon'yunkturaning tahlili va istiqbol ko‗rsatkichlarini; 
– muomalada bo‗lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan 
chegaralarini; 
– pul massasi yillik o‗sish sur'atining aniq maqsadli ko‗rsatkichlarini, shu 
jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o‗zgarishini; 
– valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‗nalishlarini; 
– pul – kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli 
asosiy ko‗rsatkichlarini o‗z ichiga oladi. 
Majburiy zaxira (rezerv) talablari (inglizcha – ―Reserve requirements‖) – pul-
kredit siyosatining an'anaviy instrumenti hisoblanib,Markaziy bankning tijorat 
banklariga o‗rnatgan majburiy zaxiralar siyosati hisoblanadi. Majburiy zaxira 
(rezerv) talablari AQSh Federal Zaxira Tizimi (Federal Reserve System) 
tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta'sir etish maqsadida 1863 
yilda ishlab chiqilgan
1
. Bugungi kunda, dunyoning ko‗plab rivojlangan va 
rivojlanayotgan davlatlari (AQSh, Shveysariya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, 
Braziliya va boshqalar)da majburiy zaxira talablari qo‗llanib kelinmoqda. 
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ham majburiy 
zaxira talablari pul massasini tartibga solish hamda mamlakat bank tizimining 
likvidliligiga ta'sir etishning muhim va ta'sirchan vositasi sifatida amaliyotda 
qo‗llanilmoqda. Mazkur amaliyot tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda 
alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga pul mablag'lari 
o‗tkazish orqali amalga oshiriladi
2
. Ya'ni, majburiy rezervlar tijorat banklari 
tomonidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi depozit mablag'larga nisbatan 
o‗rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqqa 
o‗tkazilishi lozim bo‗lgan pul mablag'larini anglatadi. Xususan, ushbu instrument 
Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlar uchun qo‗llaniladi: 
-
tijorat banklarining likvid mablag'lari hajmini muvofiqlashtirgan holda, 
kreditlash faolligiga ta'sir ko‗rsatish; 
-
tijorat banki bankrot bo‗lgan sharoitda uning majburiyatlari yuzasidan 
hisoblashish; 


138 
-
pul massasining o‗sish sur'atlarini tartibga solgan holda, pul massasining 
multiplikativ ko‗payishiga bevosita ta'sir ko‗rsatish. 
Bunda, Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 25 aprelda 3002-son bilan 
ro‗yxatga olingan ―Tijorat banklarining O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankida depozitga o‗tkaziladigan majburiy rezervlari to‗g'risida‖gi Nizomga 
muvofiq, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan Markaziy bankka o‗tkazilishi 
lozim bo‗lgan majburiy rezervlar hajmi (normativ miqdori)ni hamda depozitga 
o‗tkazish tartibini belgilaydi. 
O‗z navbatida, majburiy rezervlarning normativ miqdorini hisoblashda 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining rezerv shakllantiriladigan 
majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira me'yorlari belgilangan bo‗lib, 2019 yil 1 
iyuldan: 
milliy valyutadagi depozitlar uchun - 4%; 
xorijiy valyutadagi depozitlar uchun - 14%
3
etib belgilangan bo‗lib, majburiy 
zaxira rezervlari har ikkala valyuta uchun ham milliy valyutada shakllantiriladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə