O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XII.2.Ўзбекистон Марказий банки, mақсади ва вазифалари



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   165
pul va banklar

 
XII.2.Ўзбекистон Марказий банки, mақсади ва вазифалари 
 
O‗zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi 
O‗zbekiston SSR Davlat banki bo‗lgan va O‗zbekiston 
SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda 
qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi 
qonun asosida faoliyat ko‗rsatgan. 
So‗ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga 
o‗zgartirishlar kiritilgach, O‗zbekiston SSR Davlat 
banki O‗zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 
yil 2 iyulda esa O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki deb nomlangan. 


134 
O‗zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funktsiyalari, 
vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‗rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari 
bu O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida», «Banklar va bank faoliyati 
to‗g‗risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir. 
Markaziy bankning barcha faoliyat turlari
,
„O‗zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‗g‘risida―gi qonundaaniq va ravshan qilib belgilab qo‗yilgan 
bo‗lib,
,
„O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‘risida―gi qonuni 2019 
yil 11 noyabrda O‗RQ-582-sonli qonunga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan 
bo‗lib,
11 bob va 72 moddadan iborat
19
. Qonunning 1995 yilda qabul qilingan 
tahriridan farqli o‗laroq, yangi tahririni ishlab chiqishda Markaziy bankning 
iqtisodiyotda narxlar barqarorligi, bank tizimi va to‗lov tizimlari faoliyati 
barqarorligini ta‘minlash zaruriyati hisobga olingan. Mazkur Qonunga muvofiq 
Markaziy bank Boshqaruvi kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy 
yo‗nalishlarini, shu jumladan, likvidlikni taqdim etish va jalb qilish parametrlari, 
Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari bo‗yicha foiz stavkalari hamda asosiy 
foiz stavkasi darajasini belgilaydi va tasdiqlaydi. Shuningdek, majburiy zaxira 
talablari me‘yorlari, ajratiladigan kreditlar bo‗yicha ta‘minot turlari ro‗yxati, 
tizimli muhim banklar uchun prudensial me‘yorlar va boshqa vakolatlarni 
o‗rnatadi. 
Markaziy bank Boshqaruvi tarkibi, a‘zolari soni va vakolatlariga o‗zgartirishlar 
kiritildi. Endilikda Markaziy bank Boshqaruvi to‗qqiz a‘zodan, ya‘ni Boshqaruvi 
Raisi hisoblanuvchi Markaziy bank Raisi, uning birinchi o‗rinbosari va 
o‗rinbosarlari, shuningdek, ikki nafar mustaqil a‘zodan iborat. 
Markaziy bank Boshqaruvi tarkibi, a‘zolari soni va vakolatlari ham qonunda 
belgilangan bo‗lib, Markaziy bank Boshqaruvi to‗qqiz a‘zodan, ya‘ni Boshqaruvi 
Raisi hisoblanuvchi Markaziy bank Raisi, uning birinchi o‗rinbosari va 
o‗rinbosarlari, shuningdek, ikki nafar mustaqil a‘zodan iborat(avvalgi qonun 
bo‗yicha boshqaruv 11 kishidan iborat bo‗lgan)
20

Mazkur qonunga ko‗ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug'ullanishi, 
xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarga moliyaviy yordam ko‗rsatishi va ularning kapitalini 
shakllantirishda ishtirok etishi ta'qiqlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga asosan Markaziy 
bank va uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
bosh boshqarmalari, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
muassasalari barcha soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan ozod 
qilinadi, yagona ijtimoiy to‗lov bundan mustasno. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
Markaziy bankning 14 ta 
hududiy bosh boshqarmalari
, shu jumladan o‗n ikkita 
hududiy bosh boshqarmalar, Markaziy bankning Toshkent shahri bo‗yicha bosh 
boshqarmasi va Qoraqalpog‗iston Respublikasi bo‗yicha asosiy territorial 
boshqarmasi;10 
ta tasarrufdagi tashkilotlar
.
19
www.lex.uz www.lex.uz
20
www.cbu.uz


135 
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib, to‗g'ridan –to‗g'ri 
aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko‗rsatmaydi. ―Markaziy bank to‗g'risida‖gi 
Qonunning 31 – moddasida belgilangan holatlar bundan mustasno. Unga ko‗ra 
Markaziy bank, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari, ayrim davlat qo‗mitasi va muassasalari, 
shuningdek, o‗zining huzuridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy 
hisobvaraqlariga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi 
mumkin. 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta'minlashdan iborat bo‗lib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalarni amalga oshiradi: 
• monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 
•O‗zbekiston Respublikasida hisob – kitoblarning samarali tizimini tashkil 
etish va ta'minlash; 
• banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovhonalar 
faoliyatini licenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, 
mikrokredit tashkilotlari va garovhonalarni nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar 
blankalari ishlab chiqarishni licenziyalash; 
•O‗zbekiston Respublikasining rasmiy oltin – valyuta rezyervlarini, kelishuvga 
binoan hukumat rezyervlarini qo‗shgan holda, saqlash va tasarruf etish; 
• mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi. 
Markaziy bank o‗tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar tekshiruvidan 
keyin hisobotni keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Oliy Majlis Senati 
ko‗rib chiqishi uchun taqdim etadi va hisobot beradi. 
Markaziy bankning oily organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy 
bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini belgilab beradi, bankni 
boshqaradi. Boshqaruv to‗qqiz kishidan iborat bo‗ladi. Boshqaruv tarkibiga 
Markaziy bank Raisi, uning o‗rinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo‗linma 
rahbarlari kiradi. 
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o‗tkazib turiladi, boshqaruv 
majlisida quyidagi masalalar ko‗rib chiqiladi va hal etiladi: 
• monetar siyosatning asosiy yo‗nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning 
ochiq bozordagi operatsiyalari ko‗lami, Markaziy bankning hisob va ssuda 
berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy 
rezyervlari normasini belgilaydi; 
• Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi; 
• Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi; 
• banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini,shuningdek, pul 
belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi; 
• O‗zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va 
shartlarini tasdiqlaydi; 


136 
• banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlari hamda garovhonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o‗tkazish 
qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko‗rib chiqadi; 
• bank faoliyati bilan shug'ullanish uchun licenziyalar berish va ularni chaqirib 
olish to‗g'risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari,mikrokredit tashkilotlari 
va garovhonalar faoliyati, shuningdek qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab 
chiqarish licenziyalanishini amalga oshiradi; 
• Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; 
• Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi 
va tugatadi; 
• Markaziy bank harajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; 
• Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‗rib chiqadi; 
• Markaziy bankning tarkibiy bo‗linmalari, muassasalari va korxonalari 
rahbarlarini tasdiqlaydi; 
• Markaziy bank tarkibiy bo‗linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari 
rahbarlarining hisobotlari hamda ma'ruzalarini tinglaydi; 
• Markaziy bank hodimlarini ishga yollash, ishdan bo‗shatish, ularning 
mehnatiga haq to‗lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va akciyalar 
sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi; 
• Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‗rib chiqadi va hal 
qiladi.
Xulosa qilib aytganda, O‗zbekiston Markaziy banki mamlakat banklarining 
banki hisoblanib, milliy valyutaning barqarorligiga, kredit muassasalarining 
moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat yuritishiga mas'ul bo‗lgan davlatning 
moliyaviy tashkiloti hisoblanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə