O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


-2021 yillar bo‘yicha asosiy stavka me’yorlari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165
pul va banklar

1994-2021 yillar bo‘yicha asosiy stavka me’yorlari
23
 
t/r 
Yillar bo‘yicha 
Foizda (%) 
1. 
11.09.2020 – bugungi kungacha 
14 
2. 
15.04.2020 -11.09.2020 
15 
3. 
25.09.2018 -14.04.2020 
16 
4. 
28.06.2017 -24.09.2018 
14 
5. 
01.01.2015 – 27.06.2017 

6. 
01.01.2014 -31.12.2014 
10 
7. 
01.01.2011 – 31.12.2013 
12 
8. 
15.07.2006 – 31.12.2010 
14 
9. 
21.12.2004 – 14.07.2006 
16 
10 
05.07.2004 – 20.12.2004 
18 
11 
10.09.2003 – 04.07.2004 
20 
12 
16.07.2003 – 09.09.2003 
24 
13 
01.01.2002 – 15.07.2003 
30 
14 
01.07.2000 – 31.12.2001 
24 
15 
01.06.2000 – 30.06.2000 
27,6 
16 
01.05.2000 – 31.05.2000 
28,8 
17 
01.04.2000 – 30.04.2000 
30 
18 
01.01.1998 – 31.03.2000 
36 
19 
01.01.1997 – 31.12.1997 
30 
20 
01.01.1997 – 30.10.1997 
39,6 
21 
01.08.1996 – 01.12.1996 
48 
22 
01.07.1996 – 31.07.1996 
60 
23 
01.08.1995 – 30.06.1996 
84 
24 
01.07.1995 – 31.07.1995 
120 
25 
20.03.1995 – 30.06.1995 
300 
26 
01.02.1995 – 19.03.1995 
250 
27 
01.10.1994 – 31.01.1995 
225 
28 
02.051994 – 30.09.1994 
150 
 
XII.5.Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati. 
Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati – bu davlatning obligatsiyalari
xazina veksellari va boshqa qimmatli qog'ozlarini yuridik va jismoniy shaxslarga 
sotishi va sotib olishi bilan bog'liq operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va 
o‗zining qimmatli qog'ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini pasaytiradi. 
23
www.cbu.uz


143 
Bu o‗z navbatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamlash va 
inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keladi. 
Markaziy bank sotilgan qimmmatli qog'ozlarni qayta sotib olish orqali 
muomaladagi pul massasining oshishiga va tijorat banklarining qo‗shimcha pul 
resurslariga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar (inglizcha – ―Open market operations‖) - jahon 
amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri 
hisoblanib, mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli 
hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank o‗z mablag‘lari hisobidan ochiq bozorda 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga 
oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qog‘ozlar 
ishtirok etadi. 
Ochiq bozordagi operatsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar (АQSh, 
Аngliya, Germaniya, Kanada va boshqalar)da XX asrning 40-yillarida davlat 
obligatsiyalari bozorining nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar 
tomonidan faol sotib olinishi orqali pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga 
aylangan bo‗lib, ushbu amaliyot bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan 
mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham pul mablag'lariga bo‗lgan taklifni 
nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng muhim dastakka aylandi. 
Xususan, respublikamizda ham 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli 
qog'ozlari muomalaga chiqarilib, ular tijorat banklari o‗rtasida joylashtirilgan. 
2012 yilga kelib davlat qimmatli qog'ozlarining muomalaga chiqarilishi 
to‗xtatilgan. 
Xozirgi kunda, mamlakatimizda davlat qimmatli qog'ozlarini muomalaga 
chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha barcha imkoniyatlar 
mavjud bo‗lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan. 
Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarining doimiy muomalada 
bo‗lishi nafaqat davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo‗li, balki 
mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo‗lib 
hisoblanadi.O‗z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini 
faollashtirish maqsadida 2018 yildan davlat qimmatli qog'ozlarini muomalaga 


144 
chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirib 
kelmoqda. 
Bunda, bozorning foiz stavkalari va bank tizimida (tijorat banklari)gi likvidlilik 
darajasiga ta'sir ko‗rsatish, shuningdek, iqtisodiyotdagi pul massasi hajmi 
o‗zgarishini muvozanatlashtirish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda davlat 
qimmatli 
qog'ozlarini, 
shuningdek, 
o‗zi chiqargan obligatsiyalarni
1
hamda 
boshqaruv qaroriga ko‗ra boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olishi va sotishi 
mumkin. Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini 
takomillashtirishda davom etdi va 24 fevraldan qisqa muddatli likvidlikni 
boshqarish instrumentlarini amaliyotga joriy etdi. Xususan, banklar bilan davlat 
qimmatli qog'ozlari garovi ostida 2 haftalik REPO
3
auksionlari va 1 kunlik 
overnayt REPO operatsiyalari o‗tkazilmoqda. 
Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog'ozlarni xarid qilish, ya'ni sotib 
olish orqali bank tizimi likvidligi miqdorini oshiradi. Aksincha, qimmatli 
qog'ozlarni sotish esa teskari ta'sirga ega bo‗lib, bu tijorat banklari likvidligini 
qisqarishiga olib keladi.Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari 
o‗rtasida kechadi. Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari 
o‗rtasida kechadi. 
Markaziy bank, o‗z navbatida, bank tizimi likvidligi joriy holati tahlili va 
prognozidan kelib chiqib, undagi (ortiqchalik) profitsitni jalb etish yoki (taqchillik) 
defitsit yuzaga kelganda likvidlik bilan ta'minlash maqsadida tegishli 
operatsiyalarni amalga oshiradi. 
1
Markaziy 
bank 
faqat 
pul-kredit 
siyosatini 
amalga 
oshirish 
maqsadida obligatsiyalar emissiyasi (muomalaga chiqarish)ni amalga oshiradi. 
Shuningdek, obligatsiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada bo‗lishi 
hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan 
belgilanadi. 
2
Xorijiy davlatlar qimmatli qog'ozlari (obligatsiya, veksel, depozit sertifikatlari 
va boshqalar) hamda mahalliy korporativ obligatsiyalar. 
3
REPO (inglizcha ―Repurchase Agreement‖) – oldindan belgilangan narxda va 
kelishilgan muddatda qayta sotib olish (sotish) majburiyati ostida qimmatli 
qog‘ozlarni sotish (sotib olish) bo‗yicha tuzilgan bitim. 
Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar o‗zining zaif jihatlariga ham 
ega. Birinchidan, iqtisodiyotda inflyatsiyaning mavjudligi yuridik va jismoniy 
shahslarda davlatning va Markaziy bankning qimmatli qog'ozlarini sotib olishga 
bo‗lgan manfaatdorligini tushirib yuboradi. 
Ikkinchidan, qimmatli qog'ozlarning qaytarish muddati etib kelganda ularga 
to‗lanadigan foizlar bilan qaytarib sotib olinishi mamlakatda dastlabki pul 
massasini ortishiga olib keladi, qimmatli qog'ozlarga to‗lanayotgan foizlarning 
hajmi tovarlar bilan ta'minlanmagan bo‗lsa iqtisodiyotda baho va inflyatsiya 
darajasining oshishiga zamin yaratadi. 
Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlardan tushgan mablag'lar 
asosan davlatning strategik ahamiyatga ega bo‗lgan vazifalarini bajarishga va 
byudjet taqchilligini qoplashga yo‗naltiriladi. 


145 
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Markaziy bank tomonidan qimmatli 
qog'ozlarning sotilishi bank tizimi likvidligini qisqartirishi, qimmatli qog'ozlarning 
sotib olinishi esa bank tizimi likvidligini oshirishi mumkin. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə