O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   165
pul va banklar

Banklarning krеdit portfеli
– tijorat banklari tomonidan bеrilgan 
krеditlarning umumiy jamlanmasi bo‗lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; 
b) standart; v) substandart; g) shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklarining ma‘lum 
sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul mablag‘lari majmuasi (qoldig‘i).
Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez sotiladigan 
aktivlar va yuqori likvid mablag'larning mavjudligi bilan belgilanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yilda 9 noyabrda 
tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo`lgan yo`qotishlar 
bo`yicha tijorat banklari tomonidan zaxiralar tashkil qilish va undan foydalanish 
to`g'risi"dagi nizomga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar 
yuqorida keltirilgan mezonlar bo`yicha "yaxshi", "standart", "substandart", 
"shuhbali", "umidsiz" yoki "ishonchsiz" kreditlarga tasniflanadi. 
Yaxshi kreditlar
. Kreditning bunday sifatda baholanishi, mijozning aktivlari, 
ularning xolati bo`yicha hech qanday gumon yo`qligidan dalolat beradi. Moliyaviy 
jihatdan barqaror, xo`jalik aylanmasi yuqori darajada xususiy kapital bilan 
ta`minlangan, yuqori rentabellik ko`rsatkichlariga ega, debitor va kreditor 
qarzlarning aylanish muddati qisqa bo`lishi lozim. Bu kredit egalari moliyaviy 
barqaror xo`jalik sub`ekti bo`lib, u yuqori darajada ta`minotga ega bo`ladi. Bunda 
asosiy e`tiborni qarz oluvchining avvalgi faoliyatidagi majburiyatlariga 
munosabatiga, oson realizatsiya qilinuvchi aktivlar va yuqori likvidli 
mablag'lardan tashkil topgan ishonchli kredit ta`minotiga qaratish kerak. Ushbu 
toifadagi kreditlarda qaytarmaslik belgilari mavjud emas, banklar uchun zarar 
ko`rish imkoniyatlari minimal darajada bo`ladi, kredit ta`minlanganligining garov, 
kafolat va boshqalar sifati, ta`minlanganlikka olingan mol-mulk, garov va 
boshqalarning tarkibida tez pulga aylanadigan aktivlar va yuqori likvid mablag'lar 
salmog'ining ko`pligi e`tiborga olinadi. Kredit bo`yicha olingan ta`minlanganlik 
(garov, mol-mulk va boshqalar) kredit summasi va u bo`yicha foiz stavkalarini 
to`lashga etarli bo`lgandagina kredit ta`minlangan deb baholanishi mumkin. 
Kredit bo`yicha barcha hujjatlar qonun bo`yicha rasmiylashtirilishi va bank 
zarur bo`lganda kreditni undirib olish imkoniyatiga ega bo`lishi zarur (kreditning 
qaytarilmaslik ehtimoli cheklangan bo`lsada). Kreditning bu guruhida mijozning 
faoliyatidagi ikki asosiy omilga alohida e`tibor berish zarur. Bular:
- mijozning oldingi faoliyatidagi o`z majburiyatlariga bo`lgan munosabati;


163 
- kredit bo`yicha aniq ta`minlangan (garov, kafolat, mulk va boshqalar) bo`lishi 
va uning to`g'ri rasmiylashtirilganligi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə