O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
 O„RTA MAXSUS TA„LIM VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
Yusupova Orziboni Sunnatovna
 
 
TILSHUNOSLIK VA TABIIY 
FANLAR 
(O‗quv qo‗llanma) 
 
Samarqand – 2021 



UO‗K: 494.3:01 
KBK : 81.3 Уз 
Yu 91 
Yusupova O. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. O„quv qo„llanma. 
– 
Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 180 b. 
 
Mazkur o„quv qo„llanmada “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanini
o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan asosiy mavzular berilgan bo„lib, 
bu tilshunoslikning boshqa fanlar bilan mUunosabati, fanlarning 
integratsiyalashuvi natijasida shakllangan tutash sohalar haqida 
talabalarning 
tasavvurini 
kengaytirishga, 
dastlabki 
bilimlarini 
rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qo„shimcha ma‟lumotlar bilan 
ta‟minlashga mo„ljallangan.
Oo„llanmadan 
filologiya 
ta‟lim 
yo„nalishi 
talabalari, 
magistrantlar, tadqiqotchilar hamda ushbu fandan dars o„tuvchi prof-
o„qituvchilar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin. 
 
Mas‟ul muharrir:
filologiya fanlari doktori,
professor
Suyun Karimov
Taqrizchilar:
filologiya fanlari doktori,
prof.
Dilbar O„rinboyeva
filologiya fanlari doktori,
prof.
Azamat Pardayev 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Kengashining 
2021-yil 30 noyabrdagi 5-bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-6645-5-5 
 

Samarqand davlat universiteti, 2021.
 



 
Kirish 
XXI asr jahon tilshunosligida tilshunoslikning boshqa fanlar bilan 
integratsiyalashuvi 
natijasida 
shakllangan 
sotsiolingvistika, 
antropolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika
kompyuter lingvistikasi, areal lingvistika, onomastika, kognitiv 
tilshunoslik kabi qator sohalar rivojlanmoqda, yangidan yangi 
nazariyalar, yo‗nalishlar shakllanmoqda. Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha 
o‗zbek tilshunosligida ham qator tadqiqotlar olib borilib, tilimizning 
boyligi, kuch-qudrati, ifoda imkoniyatlari, o‗ziga xos jihatlari, qirralari 
har tomonlama ochib berilmoqda. Mamlakatimizda O‗zbekiston 
Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyevning sa‘y-harakatlari bilan 
ona tilimiz rivoji, taraqqiyoti sari yangi qadamlar tashlanmoqda
tilimizning jahon arenasidagi o‗rniga e‘tibor qaratilmoqda, gullab-
yashnashiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zero, yurtboshimiz 
ta‘kidlaganlaridek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‗lgan 
o‗zbek tili xalqimiz uchun milliy o‗zligimiz va mustaqil 
davlatchiligimiz timsoli

bebaho ma‘naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
1
Ushbu sohalar bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlardan filologiya 
ta‘lim yo‗nalishidagi talabalar xabardor bo‗lishlari zarurligi bois
―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ fani fan sifatida o‗tilmoqda. Mazkur fan 
tilshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar bilan 
munosabatini yoritish bilan talabalarning boshqa umumkasbiy fanlarni 
o‗zlashtirishiga zamin bo‗lib xizmat qiladi, bu boradagi asosiy bilim va 
ko‗nikmalarni hosil qilishda yordam beradi. Bu fan bilish bosqichlari, 
fahmiy billish va nazariy bilish, bilish haqida allomalarimizning fikrlari, 
fanlar tizimi va bu tizimda tilshunoslikning tutgan o‗rni,
tilshunoslikning fiziologiya, nevralogiya, kimyo, fizika, matematika,
kibernetika,
 
geografiya bilan munosabati to‗g‗risida ma‘lumotlar 
beradi. Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan aloqalari tufayli shakllangan 
neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi yo‗nalishlarning 
1
Президент Шавкат Мирзиѐевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига 
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. 
http://xs.uz/uz/
 –Toshkent, 2019.



shakllanish tarixi, maqsad va vazifalari, predmeti va obyekti haqida 
zaruriy bilimlar hosil qiladi. Ushbu fanda tilshunoslikning, nafaqat 
tabiiy fanlar bilan munosabati, balki ijtimoiy fanlar: falsafa, mantiq,
tarix, etnografiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya
adabiyot bilan munosabatlari ham o‗rganiladi. Tilshunoslikning tabiiy 
fanlarga ta‘siri, tabiiy fanlar bo‗yicha atamalarni me‘yorlashtirish 
masalasi va lug‗atlar tuzish, bu borada olib borilayotgan ishlar, 
tilshunos olimlarning xizmatlari haqida bilim va ko‗nikmalar beradi.
Ushbu 
fan 
bo‗yicha 
2001-yilda 
A.Nurmonov,
B.Yo‗ldoshevlarning ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ o‗quv qo‗llanmasi 
yaratilgan bo‗lsa-da, bugungi kunda fanlar integratsiyalashuvi 
kuchayishi natijasida yangi tutash sohalarning rivojlanayotgani, bu 
sohalarda ko‗plab tadqiqotlar yaratilyotgani, yangi nazariyalar 
shakllanayotgani ushbu fandan to‗ldirilgan, mukammallashtirilgan yangi 
qo‗llanmalarga zaruratni keltirib chiqarmoqda. Mazkur qo‗llanma shu 
zarurat mahsuli sifatida fanning namunaviy dasturi, ishchi o‗quv reja 
asosida tuzildi va ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ fanidan asosiy bilim 
va ko‗nikmalarni berishda manba vazifasini o‗tay oladi, degan 
umiddamiz. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə