O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung`ur pedagogika kolleji



Yüklə 239,84 Kb.
səhifə12/92
tarix06.09.2023
ölçüsü239,84 Kb.
#121417
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
ekologiya 60soat

Mashg’ulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (4-ilova).

1.I.Xolliyev, A. Ikromov “Ekologiya” Toshkent-“Talqin” -2004. 22-26-betlar.
2.O.Hasanboyeva, X.Jabborova, Z.Nodirova “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” Toshkent-2012. 5-7-betlar.



Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.



1-ilova

Ko’rsatkichlar

Maks.
Baho 5

Baholar
















Faol ishtiroki


5

Nofaol
4

Qisman
3

Umuman ishtirok etmadi
2

O’ylang-juftliklar-ga bo’lining-fikrlar bilan almashing” texnikasini faolliklari

5

Faol ishtiroki



Nofaol



Qisman



Umuman ishtirok etmadi




1-Mavzu: MTT yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya berishning maqsad va vazifalari.
Reja:
1. Umimiy ekologiya haqida tushuncha.
2. Ekologiya fanining asoschilari va ta’lim tarbiyada tutgan o’rni.
3. Umumiy ekologiyaning bo’limlari.
4. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalari.
5.Jonli va jonsiz tabiat.
1.Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon ko'rsatuvlarida hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayolgan sa'y-harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo'lib 1866-yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya tushunchasi yunoncha so'z bo'lib, «eko» — uy, yashash joyi, makon, maskan, «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Ya’ni o’z uyimizni avaylaymiz, asraymiz. O'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, geografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi va doimo bo’gliq holda faoliyat olib boradi. . U tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularni o'zi yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o'rganadi..
Ma’lumki so’ngi yillarda “Ekologiya” so’zi juda ommaviylashib ketdi. Ko’pincha atrof-muhitning nomaqbul holati haqida gapirganda bu so’z tez-tez tilga olinadi. Ba’zan bu atama “Jamiyat”, “Oila”, “Inson”, “Salomatlik” kabi so’zlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Insoniyat o’z taraqqiyotining ilk bosqichlarida tabiatga bo’ysunadi va faoliyat ko’rsatadi. Tabiat bilan uzluksiz munosabatda bo’ladi va muammolar keltirib chiqaradi. Bu muammolar ekologik muammolar bo’lib hisoblanadi. Ekologiya biologiya fanlari turkumiga mansub bo’lib, hozirgi vaqtda mustaqil fan sifatida shakllanib kelmoqda. Ekologiya tirik jonzotlarni yashash sharoitini va ularning yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari shu asosda tug’ilgan qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.
2. Ekologiyaning fan sifatidagi katta ahamiyati yaqin vaqtlardan boshlab tushunila boshlandi.Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 1921 -yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan “Inson ekologiyasi” degan yangi fan kiritildi. Inson ekologiyasini o'rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keladi.Avval inson ekologiyasiga tabiiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy-iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Inson ekologiyasini o’rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keladi. Unga birinchi bo'lib Raderik Mak Kenzil ta'rif bergan. Ijtimoiy ekologiya ijtomoiy fanlarda biri hisoblanib, uningmaqsadi inson bilan atrof-muhit o’rtasidagixususiy bog’lanishlarni o’rganishdan iborat.
Tabiat biz o’zimiz tasavvur etgandan ko’ra murakkabroqdir. Ekologiyaning asosiy qonunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin ularning barchasi unda ko’pincha oldindan bilib bo’lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ekologiya biologiya fanlari turkumiga mansub bo’lib, hozirgi vaqtda mustaqil fan sifatida shakllanadi. Shuningdek, bugungi kunda ekologiya fani ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanmoqda. Uning ijtimoiy ekologiya sohasi vujudga keldi.
Ekologiya tirik jonzotlarning yashash sharoiti va ularning o'zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari va shu asosda tug'ilgan qonuniyatlarni o'rganadi.
Bundan tashqari, ekologiya fani insonning tabiat bilan o 'zaro ta 'sirini eng maqbul tarzda tashkil etish (optimallashtirish) uchun ilmiy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bunda ekologiya tirik jonzotlarning tuzilishi va funksiyasini o 'rganuvchi biologiya, biokimyo, morfologiya, molekular biologiyasi, mikrobiologiya va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlarga tayanadi.
3. Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.

  1. Autekologiya(«autos» — yunoncha so'z bo'lib, «o'zi» degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi.


  2. Yüklə 239,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə