O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Demografik omillarga bog’liq raqobat ustunliklari



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

9. Demografik omillarga bog’liq raqobat ustunliklari. 
Demografik 
o‘zgarishlarning korxonaning maqsadli bozor segmentlarida ijobiy o‘zgarishlarga 
olib kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu segmentlarda iste‘molchilar sonining 
ortishi, jins tarkibining o‘zgarishi, aholi migrasiyasi, shuningdek, ma‘lumot va 
malaka darajasining oshishi bilan izohlanadi. 
10. Byurokratik tusga ega raqobat ustunliklari

– 
insofsiz raqobatning mavjudligi (
bozorning monopollashuvi, ishlab 
chiqarish konsentrasiyasi, bozorning bo‘lib olinishi, narx diskriminasiyasi, narx 
sohasida kamsitish, muzokaralar pozisiyasini suiiste‘mol qilish, majburan qabul 
qildirish, qayta sotishda narx belgilash, kamsituvchi shartlar, yirtqichlik va shu 
kabilar) 
– davlat va hokimiyat organlarining o’z vakolatini lozim darajada 
bajarmasligi, byurokratizma, ishlarni ko’rib chiqishni asossiz paysalga solish, 
ta’magirlik, korrupsiya. 
Ta‘kidlash joizki bunday norasmiy munosabatlarning 
mavjudligi korxonalarning o‘z manfaatlari va raqiblarni sindirish maqsadida 
hokimiyat organlarini o‘z izmiga og‘dirishi ehtimoli ortadi; 


141 
– 
jinoyatchilik: 
Reket, tovarlar kontrabandasi, bozorning jinoiy guruhlar 
tomonidan nazorat qilinishi. 
8.3. Raqobat ustunligi va strategiyasini shakllantirish mexanizmi 
Raqobat konsepsiyalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy 
adabiyotlarda keltirilgan raqobat atamasi tizimli bo‘lmasdan raqobatning ayrim 
jihatlarinigina ifodalaydi. Aksariyat biz uni jarayonli yondashuv asosida 
tushunamiz va bozor talabini qondirish jarayonidagi bellashuv sifatida talqin 
etamiz. Bunda eng asosiy e‘tibor raqiblarga nisbatan yuqori nufuzga ega va 
qadrlanadigan qiymat yaratishga qaratiladi. 
Raqobat – bozor munosabatlarining 
asosiy kategoriyasi hisoblanib, xujalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi o’ziga xos 
bellashuvdan iborat bo’lib, o’z harakatlari orqali raqiblar imkoniyatini 
cheklashga qaratilgan. Iqtisodiy kurash olib borishning bu turi iste’molchilar 
ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan mahsulotlarni yaratish va realizasiya 
qilishda yuqori darajada resurs, texnologik va intellektual salohiyatini namoyon 
qila olgan tomonni yuqori pog’onadan joy olishini ta’minlab beradi. 
Bugungi kunda raqobatbardoshlikni oshirish iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki bu muammoning yechimi turli 
darajada faoliyat yuritayotgan subyektlarning faoliyati samaradorligi va 
natijaviyligining asosiy mezoni hisoblanadi.
Korxona yoki tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligi 

iqtisodiy 
kategoriya bo’lib, korxonalarning ishlab chiqarish resurslaridan samarali 
foydalanishi, foyda olish va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi boshqa 
ustunliklari va uzoq muddatli davr mobaynida o’z kapitalini oshirib borish 
imkoniyati hamdir. Raqobatbardoshlik korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarining 
loyihaviy, ishlab chiqarishsh, taqsimot va iste’mol jihatlarini o’zida aks ettiradi. 
Raqobatbardoshlik 
oxir-oqibat 
korxonalar 
tomonidan 
bozorning 
qayta 
taqsimlanishiga olib keladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida raqobatbardoshlikning asosiy xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 

raqobatbardoshlik aniq bir bozor yoki analog mahsulot(xizmat)ga nisbatan 
olib qaraladi; 

raqobatbardoshlik dinamik xususiyatga ega ekanligi bois uni bozor 
konyunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda muayyan vaqt oralig‘ida tadqiq 
qilish mumkin;

raqobatbardoshlik taqchillik kuzatilmaydigan bozordagina vujudga kelishi 
mumkin; 

raqobatbardoshlik korxona yoki u ishlab chiqaradigan mahsulotning 
hayotiylik davriga bog‘liq. 


142 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə