O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

9.2. Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash 
borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida jiddiy sifat 
o‘zgarishlari amalga oshirildi. Avvalo, yoqilg‘i-energetika sanoatini rivojlantirish 
orqali energetika mustaqilligiga erishildi. Energetika va keyinchalik don 
mustaqilligiga erishish iqtisodiyotimizning tashqi ta‘sirlarga bardoshliligi 
darajasini oshirdi.
Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta‘minlash borasida 
amalga oshirilgan chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
– 
iqtisodiyotda faol tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi

Mamlakatimizda YaIM tarkibida sanoat va xizmatlar sohasining ulushi ortdi. 
Sanoat mahsuloti va eksportning umumiy hajmida qo‘shilgan qiymatning hissasi 
yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar ulushi oshdi. 
– 
sanoatning diversifikasiya qilinishi
. Respublikamiz uchun yangi bo‘lgan 
sanoat tarmoqlari barpo etildi va mahsulot turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 
Bu mahsulotlar import o‘rnini bosishi bilan birga, eksport hajmi oshishiga ham 
ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi.
– 
jahon bozoridagi konyuktura o’zgarishlariga kam ta’sirchan bo’lgan 
xizmat ko’rsatish va servis sohasi jadal rivojlantirildi
. Bu esa YaIMning barqaror 
o‘sishi, yangi ish joylari yaratish va aholi daromadlarini oshirishning muhim omili 
bo‘ldi. 
– 
xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirlishi
. Natijada milliy ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarning 
tashqi bozorlarga qaramligi darajasi pasaydi, valyuta resurslari tejaldi, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi pasaydi. 
– 
eksport qilinayotgan mahsulotlar diversifikasiya qilinishi
. Natijada ushbu 
mahsulotlar sotilayotgan davlatlar soni kengaydi. Bu chora-tadbirlar jahon 
bozoridagi konyuktura o‘zgarishlari sharoitida ham eksport hajmini ko‘paytirish, 
to‘lov balansi barqarorligin ta‘minlash imkonini berdi. 
– 
soliq yukini yengillashtirish va eksportni rag’batlantirish tizimining tashkil 
qilinishi
. Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish va texnik qayta qurollantirishga, 
yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga investisiya kiritayotgan, 
mahsulot eksport qiluvchi korxonalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari joriy 
qilindi, imtiyozli shartlarda kreditlash tartibi kiritildi. 
– 
ish haqi darajasining muntazam oshirib borilishi ta’minlandi
. Tovarlar va 
xizmatlarga bo‘lgan ichki talabni kengaytirish uchun aholi daromadlarini, xususan, 
byudjet tashkilotlarida ishlovchilarning ish haqini oshirish choralari ko‘rildi. 
– 
biznes yuritish sharoitlarining yaxshilanishi. 
ishlab chiqarish (transport 
komunikasiyalari, axborot va kommunikasiya texnologiyalari) va bozor 
infratuzilmasini jadal rivojlantirish orqali
– 
raqobatni himoya qilish, monopollashuvga qarshi kurash tizimi barpo 
etilishi

– 
biznesni, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi va tartibga 
soluvchi institutlar shakllantirildi



151 
– 
makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlash
, inflyasiya, valyuta kursining 
devalvasiyasi sur‘atlarining past bo‘lishiga erishildi
– 
xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish.
Bu tashqi 
iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish choralari bilan birga, ichki bozorni, xususan, 
mamlakat ishlab chiqaruvchilarini teng bo‘lmagan raqobatdan himoyalash 
imkonini berdi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotida raqobat ustunligini ta‘minlash masalasiga 
innovasion yondashish talab etiladi. Innovasion texnologiyalarni, zamonaviy ilm-
fan yutuqlarni iqtisodiyot tarmoqlariga jadal joriy qilish orqali jahon xo‘jaligi 
tizimida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvini kengaytirish va iqtisodiyotni 
diversifikasiya qilish imkonini beradigan yangi raqobat ustunliklarini yaratish 
zarur. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə