O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mijozlarning ayrim muammolarini hal qilishga yo’naltirilgan konsepsiyalar



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Mijozlarning ayrim muammolarini hal qilishga yo’naltirilgan konsepsiyalar 
Marketingning muqobil 
konsepsiyalari 
Iste‘molchilarning xabardorligi 
va xayrihohligini oshirib borish 
Siljitish kompleksi 
Statistik 
ma‘lumotlarga 
asoslanadigan 
bo‘lsak 
dunyo 
bo‘yicha 
korporasiyalarning marketingning muqobil konsepsiyalarining qo‘llanilishi va 


186 
faoliyatning alohida iste‘molchilar guruhiga ixtisoslashuviga sarflanayotgan 
xarajatlar $73,43 mlrd AQSh dollaridan ortib ketdi. Bozorning asosiy segmenti 
sifatida internet-blogging, SMS-reklama Internet reklama roliklari egallamoqda. 
faoliyatning alohida iste‘molchilar guruhiga ixtisoslashuviga sarflanayotgan 
xarajatlar marketing byudjetining 26,6%ga yetadi
104

 
 
12.2. Raqobatning bozor taxmonlari strategiyasi 
Zamonaviy bozor munosabatlari va iqtisodiyotning globallashuvi raqobat 
kurishining yanada shiddatli tus olishini rag‘batlantiradi. Kompaniyalarning o‘z 
faoliyatlarini iste‘molchilarning alohida turiga ixtisoslashtirishi raqobatning bozor 
taxmonlari strategiyasiga asoslanishidan darak beradi. Bugungi kunda bozor 
taxmonlari 
strategiyasi 
(profayling) 
marketing 
tadqiqotlarining 
asosiy 
yo‘nalishlaridan biri sifatida bozorni segmentlash, iste‘molchilarning tor 
segmentlariga ixtisoslashuvi va mukammal bozor nishalarini aniqlashni o‘z ichiga 
oladi.
Bozorni segmentlash atamasi 1956 yilda U.Smit tomonidan kiritilgan bo‘lib, 
―...bir jinsli bo‘lmagan bozorni turli iste‘molchilarning turli ehtiyojlarini 
qondirishga ixtisoslashgan bir nechta bir jinsli mayda bozorlarga ajratish 
amaliyoti‖
105
dir. Ushbu tarif bugungi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 
bo‘lib, birinchidan bir jinsli bo‘lgan mayda bozor, ikkinchidan, iste‘molchilarning 
ehtiyojlariga mos bo‘lgan tovar va xizmatlar taklif qilinishi zamonaviy raqobat 
strategiyalarida ham o‘z holicha qo‘llanib kelinmoqda. 
Raqobatning bozor taxmonlari (segmentlash) strategiyasining nazariy va 
metodologik asoslari M. Uyedel, V.Kamakura
106
ilmiy tadqiqotlarida bozorni 
segmentlash va bozor segmentasiyasi tushunchalari sinonim tarzda yoki ingliz 
tilidan ―market segmentation‖ atamasining tarjimasi sifatida qo‘llanilishi ta‘kidlab 
o‘tilgan. 
F. Kotlerning fikricha bozor taxmoni yoki bozorni segmentlash – bu bozorni 
aniq farqlanuvchi iste‘molchilar guruhiga ajratish bo‘lib, ular uchun alohida tovar 
taklif qilinishi yoki marketing kompleksi qo‘llanilishi talab qilinadi
107

M.MakDonald bozorni segmentlash masalalari marketing rejasini tuzish 
jarayoniga taalluqli ekanligini ta‘kidlagan holda ―...bozorni segmentlash raqobat 
ustunligiga erishish vositasidir. ... bozor mijozlarga bir turdagi imtiyozlarni taklif 
qiluvchi tabiiy segmentlarga bo‘lib tashlanadi‖
108
. M. MakDonald shuningdek 
segmentlarning yetarli darajada katta bo‘lishi, elementlar bir-biriga imkon qadar 
104
О.И.Вапнярская. Ориентация на потребителя:эволюция в рамках маркетинговых концепций. ФГОУВПО 
«Российский государственный университет сервиса», г. Москва.2011  
https://cyberleninka.ru
 
105
Smith W. R. Product Differentiation and Market Segmentation as Alternative Marketing Strategies // Journal of
marketing. 1956. № 21 July). 
106
Wedel M., Kamakura W. Market Segmentation: Conceptual and methodological Foundations. Boston : Kluwer 
Academic Publishers, 1998 
107
Котлер Ф. Основы маркетинга. М. : Бизнес-книга, 1995. 

608 б. -216 бет 
108
МакДональд М. Планы маркетинга: как их составлять и использовать. М. : Технологии, 2004. 


187 
o‘xshashligi, tijorat nuqtai nazaridan asoslanishi va kompaniyaning marketing 
tadbirlarini qo‘llashi uchun ochiq bo‘lishi lozimligini ta‘kidlab o‘tgan. 
Taniqli marketolog D. Aaker ―Bozorni segmentlash – tashkilot xizmat qilish 
mumkin bo‘lgan guruh yoki segmentlarga ajratishga qaratilgan marketing 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish strategiyasi‖ sifatida
109
izohlaydi. D. 
Aaker tomonidan taklif qilingan segmentlashning bazaviy konsepsiyalari asosiy 
e‘tiborni bozorning u yoki bu segmenti uchun marketing strategiyalarini ishlab 
chiqishga qaratadi. 
Mazkur konsepsiya asosida bozor taxmonlari strategiyasini ishlab chiqish 
metodologiyasi ko‘pgina olimlar tomonidan rivojlantirildi va segmentlash bo‘yicha 
quyidagi talablar qo‘yilishini taklif qiladi: 

bozorning segmentiga qo‘yiladigan talablar, ya‘ni bozorning ma‘lum 
guruhga birlashtirilgan elementlari o‘sha guruh (segment) nomi bilan atalishi 
kerak; 

har bir segment uchun aniq mezonlar tizimini ishlab chiqish lozim. 
Bozorning segmentiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar: 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə