O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

13.2. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va 
antimonopol qonunchilik 
13.3. Antimonopol qonunchilik va uning asosiy xususiyatlari 
 
 
13.1. Raqobat to’g’risidagi qonunchilik konsepsiyasi va tamoyillari 
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik savdo munosabatlari singari qadimiy 
hisoblanadi.Ushbu qonunlar to‘g‘risidagi yozuvlar qadimiy Vavilon davriga borib 
taqaladi. Hammurapi Kodeksi (er.av XVIII asr), Qadimgi Hind yodgorliklaridagi 
yozuvlar (er.av 200 yil), Rim bug‘doy qonuni (er.av 50 y), Zeno Konstitusiyasi 
(483 y.), va Ozodlik Xartiyasi (1861 y)da ko‘rish mumkin. 
Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida xorijiy mamlakatlar bilan 
munosabatda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham diqqat-e‘tibor qaratilgan. Yevropa 
qirollari bilan olib borilgan va bizgacha yetib kelgan yozishmalarning barchasida 
har ikki mamlakat o‘rtasida savdo alokalarini yo‘lga qo‘yish, savdogarlar katnovi 
uchun imkoniyatlar yaratish masalalari ko‘tariladi. Bu ularning o‘z davlati 
xududida amalga oshirgan raqobat uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan 
tadbirlari, savdo munosabatlariga kilgan e‘tibori va xorij hukmdorlari bilan 
yozishmalarida savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish kabi takliflaridan ko‘rinib 
turadi. 
Iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun huquqiy 
poydevorning mavjudligi muham rol uynaydi. Raqobat qonunchiligi dunyodagi 
mavjud iqtisodiy-huquqiy sohalar ichida kam o‘rganilgan yangi soha hisoblanadi. 
Hozirgi kundagi raqobat bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi zamonaviy 
qonunchilikka asos bo‘lgan qonun 1890 yilda AQShda qabul qilingan ―Sherman 
qonuni‖dir. Ushbu qonun dunyodagi bir qator mamlakatlar (Kanada va Yevropa 
ittifoqi mamlakatlari) ning monopoliyaga qarshi qonunchiligi uchun asos bo‘lib 
xizmat qilgan. 
Albatta bu qonun ham tom ma‘noda mukammal bo‘lmaganligi, ya‘ni ushbu 
qonunda ayrim tushuncha va tamoyillar e‘tibordan chetda kolganligi sababli, 
Amerikada 1914 yilda ―Kleyton‖ va ―Federal Savdo Komissiyasi to‘g‘risida‖gi 
qonunlar qabul qilingan. 1936 yilda kichik biznes subyektlarini yirik firmalar 
tomonidan kamsitilishi va ustunlik mavqyeini suiiste‘mol qilishlarini oldini 
oluvchi Robinson-Petman qonuni qabul qilingan bo‘lsa, 1938 yilda qabul qilingan 
Uiller-Li qonuniga asosan ommani chalg‘itishga olib keladigan yolg‘on, noto‘g‘ri 
reklamalarni ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi ustidan nazorat olib 
borilishi ham belgilab qo‘yildi. 


201 
1950 yilda qabul qilingan Seller-Kevofer
118
qonuni esa bir firma tomonidan 
bozordagi raqobatga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa firmaning ashyoviy 
elementlarini sotib olishni taqiqladi. 
Dastlabki monopoliya va nosog‘lom raqobatga qarshi kurashuvchi 
amerikacha qonunchilik tizimiga asosan raqobatga ta‘sir etishi yoki ta‘sir 
etmasligiga qaramasdan monopol hatti-harakatlarning aniq belgilangan turlari 
qonunga zid deb hisoblanadi. 
Shu bilan birgalikda 1982 yilda qabul qilingan ―Eksport savdo 
kompaniyalari to‘g‘risida‖gi qonun halqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 
xo‘jalik subyektlariga nisbatan antitrest qonunchiligi talablarini birmuncha 
liberallashuviga olib keldi. 
Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi 
qonunchilikning Yevropacha tizimi ham mavjud bo‘lib, unga G‘arbiy Yevropa, 
Avstraliya va Janubiy Afrika respublikalarining milliy monopoliyaga qarshi 
qonunchiliklari hamda Yevropa Ittifoqining qonunchilik majmuasi kiradi. 
G‘arbiy Yevropa monopoliyaga qarshi qonunlari turli nomlar bilan atalib 
kelinadi. Germaniya, Shvesariya, Avstriyada bu qonunchilik antikartel 
qonunchiligi deb atalsa, Fransiya va Angliyada bu qonunchilik chegaralangan 
ishbilarmonlik amaliyoti deb ataladi. 
Yevropadagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklar orasida eng mashxurlari 
bu Buyuk Britaniyaning 1948 yildagi ―Monopoliyalar va cheklangan amaliyot 
nazorati to‘g‘risida‖gi, Germaniyaning 1957 yildagi ―Raqobatni chegaralash 
to‘g‘risida‖gi, Fransiyaning 1986 yildagi ―Narxlarni belgilash va raqobat 
mustaqilligi to‘g‘risida‖gi qonunlaridir. 
O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilikning paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, Respublikamiz Prezidenti 
I.A.Karimovning tashabbuslari bilan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq 
respublikada raqobat qonunchiligiga asos solindi va mamlakatda sog‘lom raqobat 
muhitini yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. 
Sobik Ittifoq doirasida iqtisodiy munosabatlarning buzilishi natijasida tovar 
bozorlarida turli xil tanglik va yetishmovchilik holatlari hamda iqtisodiyotning 
aksar tarmoqlarida mavjud bo‘lganyakkaxokimlik kabi salbiy oqibatlarni bartaraf 
etish uchun davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu - monopoliyaga 
qarshi qonunchilik bazasini yaratishdan iborat edi. 
Shu sababli, 1992 yil 2 iyulda ―Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda ilk bor monopoliyaga 
qarshi qonunchilikka asos solindi. 
Keyinchalik 
mamalakatimizda 
iqtisodiyotning 
rivojlanishi, 
amalga 
oshirilayotgan isloxotlar davrida raqobat qonunchiligini amalda qo‘llashda yuzaga 
kelgan muammolar, monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini 
118
Seller-Kefover Akti (Celler-Kefauver antimerger act) 

1950 yilda AQShda qabul qilingan antitrest qonunchilik 
xujjati, Kleyton aktiga qo‘shimcha sifatida kiritilgan bo‘libkorxonalarning nafaqat aksiyalarni xarid qilish orqali, 
balki har qanday yo‘l bilan birlashishini ta‘qiqlovchi akt.



202 
shakllantirishning o‘ta dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglash va 
monopoliyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish ehtiyojini keltirib chiqardi. 
Shu sababli, ushbu qonun takomillashtirilib, 1996 yil 27 dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ―Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 
cheklash va raqobat to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. 
Mustaqilllik yillarida ushbu qonun bilan birgalikda ―Reklama to‘g‘risida‖gi 
O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 1997 yil 27 aprelda O‘zbekiston 
Respublikasining 
―Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida‖gi qonuni, Vazirlar 
Mahkamasining 1997 yil 31 martdagi 165-sonli, 1997 yil 25 iyundagi 321-sonli, 
2000 yil 2 avgustdagi 300-sonli va 2000 yil 21 sentyabrdagi 364-sonli, Vazirlar 
Mahkamasining 2014 yil 10 maydagi ―Monopoliyaga qarshi organning tabiiy 
monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi 
to‘g‘risida‖gi 118-sonli qarori, 2013 yil 20 avgustdagi ―Tovar va moliya 
bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida‖gi 230-son qarori, ―Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan 
narxlar (tariflar)ni deklarasiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli 
qarorlari qabul qilindi hamda amaldagi monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini 
takomillashtirish borasida bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 
2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan ―Raqobat to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunining yangi tahriri mustaqillik yillarida monopoliyadan 
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning mustahkam huquqiy 
poydevorini yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida monopoliyaga qarshi siyosat yuritish va 
sog‘lom raqobatni shakllantirish yosh, mustaqil O‘zbekiston uchun yangilik 
bo‘lgan bo‘lsa-da, Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 
monopoliyaga qarshi siyosatni olib borishdagi okilona yondshuvi bu boradagi 
muvoffaqiyatlarning garovi bo‘lib xizmat qildi. 
Respublikamiz Prezidenti tomonidan monopoliyaga qarshi choralarni 
ko‘rish, mahsulot yetishtiruvchining iste‘molchi ustidan xukmronlik qilishiga 
barham berish iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga, bozorning tovarlar va 
xizmatlar bilan to‘lishi vazifasiga javob berishi, ayrim korxonalar va tijorat 
tuzilmalarining yakkaxonlik mavqyeini tugatish narxlarning sun‘iy ravishda 
oshirib yuborilishi, monopol yuqori daromadlar olinishiga qarshi turuvchi sog‘lom 
raqobat muhitini shakllantirish imkonini berishi alohida ta‘kidlab o‘tilgan edi
119

Bundan tashqari, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, ishlab 
chiqaruvchilarning 
iste‘molchi ustidan tazyiqini tugatish iqtisodiyotning 
muvaffakiyatli rivojlanishiga, raqobat muhiti shakllanishiga, bozorning tovarlar va 
xizmatlar bilan boyishiga olib kelishi kerakligi, ayrim korxonalarning monopol 
mavqyeini tugatish, ularning bozorga tazyiq ko‘rsatish sohasini taqsimlab olish 
bo‘yicha kelishuvlariga yo‘l qo‘ymaslik sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga 
ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi, narx-navolarning sun‘iy ravishda kutarilishiga, 
119
Каримов И.А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. -Т.: Ўзбекистон, 1996. -71 бет. 


203 
monopoliya yo‘li bilan ustama foyda olishga qarshi omil bo‘lib xizmat qilishi 
ko‘rsatib berildi
120

Mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy yirik korxonalar va mulk 
davlatning qo‘lida edi. Iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini yaratishning eng 
muhim sharti bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat 
ixtiyoridagi korxonalarni xususiylashtirish bo‘lib, buning uchun mulkdorlar sinfini 
shakllantirish lozim bo‘ldi. 
Shu sababli, Respublikamizda dastlab kichik miqyosdagi davlat korxonalari 
xususiylashtirilib boshlangan bo‘lsa, keyinchalik yirik davlat raqobatchi bo‘lgan 
yangi xususiy va mulkchilikning boshqa ko‘rinishidagi korxonalar tashkil qilindi. 
Shu bilan birgalikda, ilgari mamlakatda amal qilgan iqtisodiyotni 
markazlashtirilgan tartibda boshqarib kelgan davlat tuzilmalari (Davlat narx 
qo‘mitasi, Davlat ta‘minot qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi kabi) tugatilib, 
bugungi sharoitida faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan yangi tizimlar barpo qilindi. 
Respublikada narx siyosatini yuritish maqsadida Moliya vazirligi xuzuridagi 
monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish boshqarmasi tashkil qilingan 
bo‘lsa, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish, 2005 yilda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va 
tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash, 
2013 
yildan 
e‘tiboran 
O‘zbekiston 
Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. 
Iste‘mol mollari, masalan, choy, gugurt, tamaki mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan korxonalar, ulgurji savdo tashkilotlari va xatto aholiga xizmat 
ko‘rsatuvchi korxonalar ham monopolist bo‘lib turgan bir paytda ushbu 
Qo‘mitaning tashkil qilinishi bilan Respublikada monopolist korxonalar va 
ularning narxlari nazorat ostiga olindi
121

Respublikamizda islohatlarni amalga oshirish jarayonida asosiy e‘tibor o‘rta 
mulkdorlar sinfini shakllantirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishga qaratildi. 
Bundan tashqari, 2005 yilga kelib, respublikada raqobatni rivojlantirish masalasi 
deyarli hal qilindi va keyingi bosqich raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
ekanligi e‘tirof etila boshlandi hamda davlat tomonidan korxonalarni moliyaviy 
sog‘lomlashtirish, iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha dastur 
tayyorlash va uni amalga oshirish, Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va 
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga iqtisodiyotimizda 
yuqori va barqaror o‘sish sur‘atlarini saqlab qolishni, makroiqtisodiy barqarorlikni 
yanada mustahkamlashni, shuningdek, iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy 
o‘zgartirish va diversifikasiya jarayonlarini chuqurlashtirish, yangi, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, mavjud 
quvvatlarni modernizasiya qilish va texnologik jihatdan yangilash jarayonini 
jadallashtirish hisobidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshliligini 
120
Каримов И.А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. -Т.: Ўзбекистон, 1996. -308-бет. 
121
«Обозначения договорных (свободных) розничных цен на товарах народного потребления, реализуемых в 
Республике Узбекистан» временный порядок от 7 сентября 1995 г. Регистрационный № 170. 


204 
oshirishni taminlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga 
oshirish masalalariga ko‘proq e‘tibor qaratildi
122

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish va 
monopoliyadan chiqarish ishlarida erishilayotgan muvaffaqiyatlar Respublika 
xukumati tomonidan aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi bilan 
ahamiyatlidir. 
Xususan, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy 
yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi ―2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil 
bo‘ladi‖ mavzusidagi ma‘ruzasida ta‘kidlagan fikrlari bunga yaqqol misol bo‘la 
oladi. Xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o‘z mahsulotini sotish 
uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha boshlangan 
ishlarni davom ettirish, birja va auksion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi 
va hajmini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish, markazlashtirilgan 
taksimot tizimiga kaytishga bo‘lgan har qanday o‘rinishlarga barham berish 
muhim ahamiyatga ega
123

Raqobat to‘g‘risidagi xozirgi qonunning ajdodi sifatida butun dunyo 
miqyosida AQShning monopoliyaga qarshi qonuni amaldagisi sifatida esa, 1890 
yilda AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan Shermanning trestlarga qarshi 
qonuni hisoblanadi
124
. Biroq, Amerikaning raqobat to‘g‘risidagi qonuni Sherman 
qonuni bilan cheklanib qolmagan va raqobat to‘g‘risida bir qator qonunlarni qabul 
qilish orqali rivojlanib kelgan. Keyinchalik, ushbu qonuning g‘oyalari va maqsadi 
bir qator kapitalistik mamlakatlarga taqlid qilish uchun misol bo‘ldi. Shu 
munosabat bilan, iqtisodiy fikr nazariyasini rivojlanishi bilan yanada takomillashib 
borgan Amerikaning raqobat to‘g‘risidagi qonuni evolyusiyasi tarixini ko‘rib 
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
1980 yilda Sherman qonuni qabul qilinishidan oldin, Amerika sudlari 
Umumiy Huquqni qo‘llaganlar. Umumiy Huquq raqobatga ko‘rsatadigan samarasi 
va asoslanganligiga qaramasdan, raqobatchilar o‘rtasidagi barcha kelishuvlarni 
(kontraktlar) umuman taqiqlaganlar. Ular, jamiyat manfaatlariga zid bo‘lgan, va 
monopollashish yoki tovarlarni olib qo‘yishda namoyon bo‘ladigan trestlarni man 
qilishga harakat qilganlar. XIX- asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy vaziyat, shuningdek Umumiy Huquqqa binoan trestlarning maqomi va 
ushbu trestlarni neft, po‘lat va shakar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayovsiz 
faoliyati kichik ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarni yirik tijorat manfaatlariga 
nisbatan noroziligiga sabab bo‘lgan. 1890 yilda AQSh Kongressi Sherman 
(qonunni ko‘rib chiqish uchun kiritgan kongressmenning nomidan olingan) 
Qonunini qabul qildi. Ushbu qonun ―bir nechta shtatlar, yoki xorijiy millatlar 
122
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda 
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖ 
mavzusidagi ma‘ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot. - 2012. – 282 bet –492 betlar. 
123
Каримов И.А. Узбекистон демократик тараққиѐтнинг янги босқичида. -Т., Ўзбекистон, 2005. -Б. 71. 
124
1890 yilda AQShda qabul qilingan monopoliyaga qarshi qonun. Raqobat va erkin savdoni cheklaydigan har 
qanday faoliyatning jinoyat deb topilishi bilan izohlanadi.


205 
o‘rtasida har xil kelishish (kontrakt), trest shaklida birlashish yoki o‘zaro savdo-
sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida kelishib olishlari‖ni taqiqlaydi. Sherman 
qonuni uni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni va zarar ko‘rgan shaxslarga uch 
barobar miqdorda kompensasiya to‘lashni taxmin qilgan. Sherman qonunini qabul 
qilgan Amerika qonunshunoslari iste‘molchilarni manfaatlariga qaraganda ko‘proq 
raqobatchilarni manfaatlarini ko‘zlaganlar. Kichik korxonalarga salbiy ta‘sir 
ko‘rsatadigan bitimlarni keng ko‘lamda qabul qilinishini man qilish maqsadida, 
Kongress savdo-sotiqni tartibga soluvchi norma sifatida emas, balki konstitusiya 
moddasi sifatida o‘qiladigan qonunni qabul qildi. Sherman qonunini keng talqin 
qilish imkoniyati sudlarga tobora o‘zgarib borayotgan siyosiy va iqtisodiy 
nazariyaga javob sifatida qo‘llash va shu bilan Kongressni dastlabki maqsadiga 
kam e‘tibor ajratish imkonini yaratdi. 20 asrning dastlabki dekadalarida sudlar 
Sherman qonunini mayda raqobatchilarni yirik hamkorlar tomonidan insofsiz 
raqobatlashuvidan noaniq himoyalovchi sifatida tushunganlar. 
Chuqur Turg‘unlik (depsinishlar) sodir bo‘lgunga qadar, sudlar iqtisodiy 
tafakkurni klassik va neoklassik nazariyalariga muvofiq, ko‘pchilik mayda firmalar 
o‘rtasida atomistik raqobatni afzal ko‘rganlar. Shu vaqtni o‘zida, ―to‘g‘ri 
yondashish qoidasi‖ tug‘ildi, unga muvofiq faqat savdo-sotiqni asossiz cheklashi 
mumkin bo‘lgan hatti-harakatlar qoralangan. Xuddi shunday, atomistik raqobatga 
nisbatan hayrixohlik va iqtisodiy hukmronlikni xolding kompaniyalari qo‘lida 
jamlanishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risdagi fikrlar 1914 yilda Kleyton 
Qonunini qabul qilinishi bilan yakunlandi
125
. Ushbu qonun monopolistik faoliyatni, 
kamsituvchi shartlar, eksklyuziv dilerlik va boshqalar xillarini taqiqlaydi. (Kleyton 
Qonunining 3- moddasi). 
Eng sezilarli natijalar Kleyton Qonunini 7-moddasini qo‘llash jarayonida 
yuzaga keladi. Ushbu modda bir korporasiyani boshqa korporasiyaning 
aksiyalarini sotib olish va shu bilan sotib oluvchi va sotuvchi tomonlar o‘rtasidagi 
raqobatni kamaytirishi nuqtai nazaridan man qilgan. Bundan tashqari, sudlar 7-
moddani ta‘rifini endigina paydo bo‘lish bosqichida qo‘shilib ketishlar raqobatga 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan zararni, Sherman Qonuniga binoan ishlarni ko‘rib 
chiqishda raqobatga yetadigan sezilarli zararni mavjudligini isbotlash kerakligi 
to‘g‘risida sudlarni ta‘kidlashlaridan farqli tarzda birmuncha kengaytirdilar. 
1914 yilda qabul qilingan yana bitta trestlarga qarshi qonun – Federal Savdo 
Komissiyasi (FSK) AQSh Hukumatiga bo‘ysunmaydigan, mustaqil vakolatli 
organni tuzdi. U erkin va insofli savdo-sotiqni ilgari surishga javob bergan. FSK 
to‘g‘risidagi Qonunning 5 moddasi raqobatni insofsiz usullarini qonundan tashqari 
deb e‘lon qilgan. Ushbu modda ta‘siriga tushadigan hatti-harakatlar bir necha o‘n 
yilliklar mobaynida kengayib borgan. Kongress atayin ushbu qonundagi 
tushunchaga ta‘rif keltirmagan, buning sababi FSK ushbu hatti-harakatlarni ko‘rib 
chiqishida kengroq vakolatlarga ega bo‘lishi va ularga nisbatan tez chora ko‘rishi 
uchun shunday qilingan. 
125
1914 yil AQShda qabul qilingan trestlarga qarshi federal qonun. Narx diskriminasiyasini cheklash va federal 
savdo komissiyasi tuzilishni ko‘zda tutadi. 


206 
1927 yilda Oliy Sud ―per se‖
126
doktrinasini kiritilishi haqida e‘lon qildi. 
Ushbu qoidaga binoan, sudlar ―per se‖ qoidasiga binoan chora ko‘riladigan hatti-
harakatlar toifalarini kengaytirib borganlar, ya‘ni mazkur hatti-harakat raqobatga 
zarar yetkazadimi yoki yetkazdimi qat‘iy nazar ko‘rib chiqmasdan hukm 
chiqarganlar. Ushbu tendensiya Keynsian iqtisodiyotini keyingi vaqtlarda keng 
tarqalishi va iqtisodiyotni neoklassik nazariyasidan voz kechish bilan bog‘liqdir. 
Ushbu davrda sudlar ―per se‖ ta‘siriga tushmaydigan bitimlar va harakatlarni 
raqobatga ko‘rsatadigan ta‘sirini iqtisodiy tahlil qilishga unchalik chuqur 
yondashmaganlar. 
1936 yilda Kongress Robinson-Petman Qonunini qabul qildi, ushbu qonun 
ma‘lum sharoitlarda narx sohasida kamsitishni taqiqlagan. Ushbu qonunning ta‘siri 
―faqat Amerika Qo‘shma Shtatlarida sotiladigan, iste‘mol qilinadigan yohud qayta 
sotiladigan‖ tovarlar yoki mahsulotlarga taalluqli bo‘lgan bitimlarga tegishli 
bo‘lgan. 
1970 yillar Xart-Skott-Rodino Trestlarga qarshi O‘zgartirishlar to‘g‘risida 
qonunni qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qonun agar bitim tomonlar hajmi va 
bitim hajmi sinov shartlarini qondirsa, u holda ushbu bitim to‘g‘risida oldindan 
ma‘lum qilish tartibini belgiladi. Bitim to‘g‘risida ma‘lum axborotni ilova qilgan 
qolda tuzilgan bildirishnoma (buyurtmanoma) FSK yoki Yustisiya Departamentini 
Trestlarga qarshi Boshqarmasiga topshiriladi. Trestlarga qarshi O‘zgartirishlar 
to‘g‘risida qonun shuningdek, Kleyton Qonunini 7-moddasiga binoan ko‘rib 
chiqiladigan qo‘shilib ketishlar to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha da‘volar sonini 
keskin kamaytirgan. 
Trestlarga qarshi O‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun keyinchalik ko‘p sonli 
mamlakatlar tomonidan qabul qilingan qonunlarda qo‘shilib ketishlar to‘g‘risida 
oldindan xabardor qilish to‘g‘risidagi tartiblarni kiritishiga sabab bo‘ldi. 
XX asrning 70-yillari iqtisodiy nazariyaning Chikago maktabi keng 
tarqalgan davr bo‘ldi. Ushbu maktab namoyondalari trestlarga qarshi 
qonunchilikni 
maqsadi 
iste‘molchilarni manfaatlarini ko‘zlagan holda 
raqobatchilarni emas, balki raqobatni himoya qilish deb ishonganlar. Yangi 
iqtisodiy tafakkurni paydo bo‘lishi natijasida sudlar raqobat bilan bog‘liq masalalar 
va xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan ma‘lum tartib-qoidalarni qayta ko‘rib chiqa 
boshlaganlar. Masalan, sudlar ―per se‖ doktrinasi ta‘siriga tushadigan hatti-
harakatlar ro‘yxatini qisqartira boshladilar va ularni iqtisodiy tahlil qilishni 
boshladilar. Lekin narxlarni gorizontal cheklash yoki savdo-sotiqdagi insofsizliklar 
―per se‖ noqonuniy tarzda (yashirincha) qolgan. 
Bozorlarni iqtisodiy tahlil qilishga boshqa yondashuvlar 1990 yillarda paydo 
bo‘ldi. Ular yangicha iqtisodiy usullarni taklif qildilar va Chikago maktabi 
tomonidan taklif qilingan an‘anaviy usullarni inkor qildi. Qisqasi, yangi tafakkur 
samaradorlikni oldinga surilishiga qarshi emas, lekin bozorlarni tahlil qilishda 
avval qo‘llanilmagan emperik jihatlarni kiritadi. 
126
Морятова, О. В. ―Правило разумности‖ и доктрина "Per se" в антимонопольной политике США и России 
[/О. В. Морятова.//Модернизация государства. -Пенза : ИИЦ ПГУ,2005. -С. 236 - 240 


207 
Iqtisodiy nazariyani butun dunyo miqyosida tarqalishi va rivojlanishiga 
qaramasdan, AQShning siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi butun jahon miqyosida 
eng rivojlangan, noyob hisoblangan trestlarga qarshi yurisprudensiyani vujudga 
keltirdi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə