O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

mahsulotlar konvergensiyasi
. Audioyozuvlar, vizual mahsulotlar, jurnal 
maqolalari internetda raqamli shakldaligi bois ularni aynan bir turdagi yoki 
muayyan amaliy dasturlar paketi yordamida qayta ishlash mumkin. Ushbu 
mahsulotlarning aynan moddiy nusxasini esa bir nechta texnik vositalar bilan qayta 
ishlash talab etiladi. Shu bois, raqamli formatga o‘tish natijasida mahsulotlar 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning moddiy shakli o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Masalan, 
elektron kataloglarning joriy etilishi natijasida qog‘oz shakldagi kitob kataloglari 
foydalanishdan chiqib ketdi. Raqamli shaklning qulayligi bois an‘anaviy bosma 
shakldagi kitoblar ham shu bosqichda turibdi. 

 jarayonlarning konvergensiyasi
. Elektron shaklga o‘tish turli jarayonlarda 
amalga oshirilgan funksiyalarni aynan bir jarayon yordamida bajarish imkoniyatini 
yaratadi. Masalan, marketing tadqiqotlarini olib borishda ma‘lumotlarni yig‘ish, 
ularni qayta ishlash, iste‘molchilarni guruhlash, bozorni segmentlash, tovarlarni 
tasniflash va boshqa vazifalarni turli shaxslar, bo‘linmalar amalga oshirgan. 
Elektron shaklga o‘tish natijasida birgina operasiya yordamida ishlab chiqarish
marketing, sotish, iste‘mol va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish yagona 
jarayondan iborat bo‘lib qoldi. Bunda marketing, sotish, iste‘mol va sotuvdan 
keyingi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq axborotlarni qidirish, qayta ishlash va 
tarqatish nafaqat uzluksiz, balki parallel ravishda ham amalga oshiriladi. 

infratuzilma konvergensiyasi
. Elektron shaklga o‘tish natijasida telefon 
kompaniyalari, mobil aloqa, sun‘iy yo‘ldoshli antennalar korxonalarning asosiy 
raqiblariga aylandi. 

bozor muhitining konvergensiyasi
. Elektron bozor ilgari alohida bo‘lgan 
mintaqaviy va milliy bozorlar o‘rtasidagi tafovutlarni yo‘qotib yubordi. Natijada 
korxonalarning geografik va tarmoq monopoliyasiga barham berildi, bozorga kirib 
borishdagi to‘siqlar ham o‘z-o‘zidan yo‘qolib bormoqda. 
Mijozlarga yo‘naltirilganlik asosida raqobat ustunligi yaratishni ―servis 
yulduzchasi‖ orqali ifodalash mumkin. Bunda korxona funksional tuzilma va 
mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar majmui sifatida qaraladi (12.3.1-rasm). 
―Servis yulduzchasi‖ korxonalar mijozlarga yo‘naltirilganlik asosida raqobat 
ustunligiga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishlari zarurligini 
ko‘rsatadi: 

xodimlarni motivasiya qilish usullarini keng qo‘llash; 

xodimlarni kasbiy jihatdan sifat menejmenti talablari asosida o‘qitish; 

mijozlar bilan ijobiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish; 

belgilangan sifat darajasidagi mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishi 
uchun samarali boshqarish; 

ma‘lumotlarni axborot logistikasini shakllantirish maqsadida to‘plash va 
algoritmlash. 


199 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə