O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
 
O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Milliy iqtisodiyotda inson kapitali rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari 
qaysilar? 
2.
Inson rivojlanishining salohiyatini tushuntirib bering? 
3.
Insonni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari qaysilar? 
4.
Iqtisodiy faol aholi raqobatbardoshligini oshirishning omillari qaysilar? 
5.
Iqtisodiy faol aholining raqobatbardoshligini izohlang. 
6.
Iqtisodiy faol aholining raqobatbardoshligini izohlab bering. 
7.
Mehnat resurslari nuqtai nazaridan raqobatbardoshlikni izohlab bering? 
8.
Inson resurslari raqobatbardoshligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar qaysilar? 
9.
Iqtisodiy faol aholining raqobatbardoshligini tavsiflovchi yondashuvlar 
qaysilar? 
10.
Xodim raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlari qaysilar? 


108 
7-BOB: NARX SHAKLLANISHI MILLIY IQTISODIYOT 
RAQOBATBARDOSHLIGINING ASOSIY OMILI SIFATIDA 
Reja: 
7.1. Narx shakllanishining makro va mikroiqtisodiy shart sharoitlari 
7.2. Narxli raqobat (oligopoliya) sharoitida bozordagi iqtisodiy 
muvozanat va uning tahlili 
7.3. Davlatning narx siyosati raqobatli narx shakllanishining asosi 
sifatida 
 
 
7.1. Narx shakllanishining makro va mikroiqtisodiy shart sharoitlari 
Bozor munosabatlari korxonalarning samarali faoliyat yuritishlari, bozorda 
yetakchi mavqyega erishishlari, raqobat kurashida ustunlikka ega bo‘lishi uchun 
murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bozorda hukmronlikka erishgan firma menejerlari 
uchun bu erkin raqobat sharoitidagidan ham murakkab vaziyatdir. Chunki narx har 
doim raqobat kurashining asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi. Erkin raqobat 
sharoitida firmalar narxning shakllanishiga hyech qanday ta‘sir ko‘rsata 
olmaydilar. Ularning asosiy vazifasi ishlab chiqarish xarajatlarini tartibga solishga 
qaratiladi. Monopol korxonalar narxni belgilab berishiga qaramasdan, ular uchun 
talabning tebranib turishiga va xususiyatining o‘zgarib ketishi katta xatardir
61

Iqtisodiyotda bozor narxiga sezilarli ta‘sir ko‘rsata oladigan yetakchi firmalar 
va unga nisbatan o‘z narxini belgilaydigan raqobatchi firma-autsayderlar 
tushunchasi mavjud. Firmalar strategik ustunliklaridan foydalana olgan va 
bozorning katta ulushiga ega bo‘lgan taqdirda hukmron mavqyega ega bo‘ladi. 
Bunday firmalarga ―Kodak‖ (65%), IBM (68%), ―Djeneral Elektrik‖ (53%), 
―Boing‖ (60%), ―Djeneral Motors‖ (46%) kabilarni kiritish mumkin. Bozorda 
hukmronlikka ega bo‘lishning asosiy sabablari quyidagilar:
1.Harajatlar bo’yicha peshqadamlik.
Ayrim korxonalar mahsulot birligiga 
to‘g‘ri keladigan xarajatlarning pastligi bilan raqib korxonalar oldida ustunlikka 
ega bo‘ladi. Bu yetakchi korxonaning samarali va zamonaviy texnologiyalardan 
yoki eng sifatli xomashyodan foydalanishi; yetakchi firmada raqib korxonalarga 
nisbatan to‘plangan ilg‘or tajribaning mavjudligi hamda ishlab chiqarish miqyosi 
bilan amalga oshadi. 
2. Yetakchi korxonaning autsayderlarga nisbatan sifati yuqoriroq mahsulot 
ishlab chiqarishi
. Yuqori sifat har doim mahsulotning iste‘mol xususiyati bilan 
belgilanmaydi. Bunda samarali marketing, reklama, korxona nufuziga ham bog‘liq 
bo‘lib, iste‘molchilar ongida ijobiy tasavvur uyg‘ota olgan korxonalar ustunlikka 
erishadi. 
3. Ikki va undan ortiq korxonalarning o’zaro kartel tuzishi
. Korxonalar 
faoliyatini tartibga solish xuddi yirik korxona tomonidan narxni tartibga solish kabi 
amalga oshadi. Agarda tarmoqdagi korxonalarning barchasi kartel kelishuvida 
61
Пиндайк Р., Рабинфельд Д.Микроэкономика. / Пер. с англ. — СПб.: Питер, 2002. — 608 с. 338-407 б


109 
ishtirok etsa, ularning faoliyati monopoliyaga xos bo‘ladi va bozorda yetakchi 
korxona modeliga bo‘ysunadi. 
Narx bo‘yicha peshqadamlikning muhim jihati shundan iboratki, yetakchi 
korxona tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga naxni belgilaydi, raqobatchi 
korxonalar shunga asoslanib o‘z narxlarini o‘rnatadilar. Yetakchi korxona o‘z 
raqiblariga mahsulotlarni o‘zlari uchun nafli bo‘lgan narxda sotish imkoniyatini 
berganligi uchun narxni pasaytirish uchun hyech kim manfaatdor emas. Aksincha 
raqobatchi korxonalar narxni oshirgudek bo‘lsalar bozor ulushini yo‘qotadi. Bu 
shuni ham anglatadiki, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot yuqori darajada 
standartlashganligi bilan ham ajralib turadi. Raqobatchi korxonalar mahsulotining 
sifati bir muncha past bo‘lsada, yetakchi korxona hisobiga bozor ulushiga ega 
bo‘ladi. Bu kabi strategiyadan ko‘pgina koreya, gonkong firmalari taniqli yevropa 
va yaponiya brendlari nomidan foydalanish orqali qo‘llaydi.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə