O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi



Yüklə 110 Kb.
səhifə3/8
tarix26.10.2023
ölçüsü110 Kb.
#132032
1   2   3   4   5   6   7   8
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Markaziy Osiyo o’simliklari qoplami fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanib,1-2-semestrda o’qitiladi. O’quv rejasida rejalashtirilgan umummetodologik va mutaxassislik hamda tanlov fanlarini o’zlashtirishda ushbu fandan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.


Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni

Markaziy Osiyo xududi juda keng va xilma - xil ekologik sharoitlardan tashkil topgan. Shuning uchun xam ushbu xududda o’simlik tiplari va formasiyalarining rang-barangligini ko’rish mumkin. Cho’l mintaqasidan tortib to yuqori yaylovgacha bo’lgan turli xil sharoitlarda o’ziga xos o’simliklar qoplami shakllangan va ularning xar birida xalq xo’jaligida ishlatiladigan turlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ushbu o’simliklardan unumli va oqilona foydalanish uchun ularning tarqalish xususiyatlarini, o’simlik qoplamidagi o’rnini bilish zarurdir. Shuning uchun bu o’simliklarning tabiiy zahiralarini aniqlash, ko’paytirish, va ulardan oqilona foydalanishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’inidir.




Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Magistrlar mazkur fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylardan foydalaniladi. Fanning o’qitish turlari dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar – “Klaster”, “Bumerang”, “Muammoli” tarzida o’tish ham ko’zda tutilgandir. Ma’lumotlar ko’rgazmali o’quv qurollari, kodoskop, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yordamida olib boriladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.



Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə