O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 110 Kb.
səhifə2/8
tarix26.10.2023
ölçüsü110 Kb.
#132032
1   2   3   4   5   6   7   8
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – o’simliklar qoplami haqida magistrlarda tushuncha uyg’otish, uning floradan farqini anglatish, Markaziy Osiyo o’simlik qoplamining asosiy yirik sintaksonomik birliklarini o’rgatish, hamda o’simliklarning sharoitga moslashish qonuniyatlari, yer yuzida tarqalishi, morfologiyasi, sistematikasi, hayotiy shakllari, kelib chiqishi, ekologik omillarning ta’siri, ularning muayyan sharoitga moslanishidagi biologik xususiyatlarining o’zgarishlari bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – magistrlarga o’simliklarning yer yuzida va Markaziy Osiyoda tarqalishi, ularning ekologiyasi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati orqali ulardan oqilona foydalanish yo’llarini o’rgatishdan iborat.


Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga erishilishiga
qo’yiladigan talablar
“Markaziy Osiyo o’simliklari qoplami” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
- o’simlik tiplarining asosiy xillarini, undagi kichik sintaksonomik birliklarning xillarini, har bir birlikning o’ziga xos ekologik xususiyatlarini, har xil ekologik sharoitda o’sadigan o’simliklarning vegetativ va generativ organlarning tuzilishi va vazifalarini; hayotiy shakllarini; tabiatda tarqalishi va ko’payishi; tashqi sharoitga moslanish qonuniyatlari; sistematik va ekologik guruhlarga ajratish usullarini bilishi kerak.
- magistr formasiya va assosiasiyalarni ajrata olish, ularga ilmiy nom berish, o’simliklarning xususiy va tarixiy taraqqiyotda organlardagi morfologik va anatomik o’zgarishlarni sezish; yuksak o’simliklarning bo’limlarini farqlash; o’simliklarni morfologik belgilariga qarab ajratish; ularni aniqlash; mutaxassislikka oid zamonaviy tadqiqot uslublarini va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- magistr o’simliklar qoplamiga tavsif bera olish, geobotanik blankalarni to’ldirish, gerbariylarni ilmiy asoslangan xolda tayyorlash, tabiiy populyasiyalarni ximoya qilish va ulardan oqilona foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish malakalariga ega bo’lish kerak.



Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə