O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Dasturining maqsadi va vazifalari



Yüklə 263,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix23.05.2022
ölçüsü263,49 Kb.
#87784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
9) 5A140104-Biotexnologiya

 
Dasturining maqsadi va vazifalari 
5140100- Biologiya (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A140104-Biotexnologiya 
mutaxassisligi dasturining maqsadi va vazifasi.
-
Biotexnologiyani maqsadi hozirgi zamon biologiyasi va chegaradosh fanlar yutuqlariga asoslangan, 
yangi texnologik jarayonlar yaratish va texnologiya nazariyasi asoslaridan bilim berishdan iboratdir. 
Hozirgi kunda biotexnologiya yunalishini jadal sur’atda rivojlanishi natijasida, zamon talabiga 
javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash talab etilmoqda. Shu sababli bakalavr yunalishidagi 
talabalarga biotexnologiya asoslari fanidan umumiy bilim berish maqsadga muvofiqdir. 



-
Genetik nuqtai nazardan yetuk va barkamol mutaxassis yetishib chiqishiga erishsh. Ushbu maqsad 
yo’lida ta’lim oluvchi genetik tushunchalarni to’liq egallashi va genetik tadqiqotlarni to’g’ri 
bajaraolishga erishishni shakllantirishdir. 
-
Biokimyo organizmda kechadigan hayotiy jarayonlarni kimyoviy mushohada qilib zamonaviy fizik-
kimyoviy usullar bilan tadqiq qilish uslubiyatini o’rgatishdan iborat. Biokimyo fani umumiy 
biologiya, organik kimyo va fizika fanlarining g’oyalariga asoslanib, ularning uslubiyoti asosida va 
xalq ho’jaligining umumbiologik muammolari va tibbiyotning ayrim soxalariga tegishli masalalarni 
yechishda ilmiy izlanish yo’llarini o’rgatadi. 
-
Mikrobiologiya
 
hozirgi zamon biologiyasi va chegaradosh fanlar yutuqlariga asoslangan yangi fan
yo’nalishlari yaratish va uning nazariy asoslaridan bilim berishdan iborat. Mikroskopik organizmlar 
olami juda keng va rang-barangdir. Ular ichida prokariot mikroorganizmlar ayrim o’rin tutadi va 
ayrim olamni tashkil qiladi. Biolog talabalar mikroorganizmlar olamining xilma-xilligi va asosiy 
prokariotlar vakillari bilan tanishishlari, ularni tabiiy jarayonlarida qatnashishlari va odam
xayotidagi buyuk ahamiyatlari xakida tassavurga ega bo’lishlari kerak.
-
Biofizika tirik hujayrani molekulyar darajada o’rganib, umumiy biologik muammolarni 
makromolekulalar va hujayra asosida mantiqan yechimini taffakkur qila olishni talabadan talab 
qiladi. Ko’rsatilgan mantiq asosida mazkur soha biologiya bir butun fan ekanligini, har xil 
jonzotlardagi biofizikaviy jarayonlar bir xil sodir bo’lishini isbotlovchi fizik–kimyoviy yo’nalish 
ekanligini talabalarga tushuntirishdan iborat.

Yüklə 263,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə