O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Rekurrent (davriy) shizofreniya 
Shizofreniyani bu turi produktiv ruhiy buzilishlar xurujlari kurinishida kechadi 
va  sust  kechuvchi  shizofreniyaga  uxshab  shaxsni  chuqur  bo’lmagan  o’zgarishlariga 
olib keladi. 
Rekurrent shizofreniya xurujlari turli strukturaga ega bo’ladi. Affektiv xurujlar 
turli darajadagi yoki maniya ko’rinishida bo’ladi. Affektiv-paranoid xurujlar ham ikki 
hil  ko’rinishda  bo’ladi:  depressiv-paranoid,  maniakal-paranoid.  Kayfiyat  buzilishlari 
ta’sirlanish, buyuklik, sahnalashtirilgan, antagonistik vasvasalari, ruhiy avtomatizmlar, 
verbal  soxta  gallyutsinatsiyalar  bilan  keladi.  Oneyroid  –  katatonik  xurujlarda  stupor 
yoki substupor katatonik qo’zg’alish epizodlari bilan ongni xiralashuvi orqali bo’ladi. 
Ba’zan rekurrent shizofreniya xurujlari bir necha kun davom etishi mumkin, ko’pincha 
bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etadi. Xurujlar soni xam turlichadir. Ba’zi 
bemorlarda  butun  umri  davomida  bir  marta  xuruj  bo’lsa,  ba’zilarida  bir  nechta  va 
ayrimlarida  o’ntadan  ortiq  bo’lishi  mumkin.  Ayrim  bemorlarda  barcha  xurujlar  bir 
biriga o’xshash klinikaga ega. Ayrim bemorlarda esa klinikasi xar xil bo’lgan xurujlar 
kuzatiladi.  Bunda    oneyroid  –  katatonik  xurujlar  affektiv  vasvasa  xurujlari  bilan 
almashinadi, ba’zan buni teskarisini kuzatish mumkin. 
Rekurrent  shizofreniyani  maxsus  turi  tsirkulyar  shizofreniya  xam  bor.  Bunda 
faqat affektiv (maniakal va depressiv) xurujlar kuzatiladi. Rekurrent shizofreniyani bu 
turini dapressiv psixozdan ajratish juda qiyin.  
Birinchi va ikkinchi xurujlardan so’ng shaxs o’zgarishlarini aniqlash qiyindir. 
Faqat  keyingi  bo’ladigan  xurujlarda  shaxsni  engil  negativ  o’zgarishlarini  aniqlash 
mumkin. Bunday shaxs o’zgarishlari har bir xurujdan so’ng kuchayib borishi mumkin, 
lekin chuqur ruhiy defekt darajasiga etib kelmaydi. Ba’zi bemorlarda bir ikki xurujdan 
so’ng  uzoq  davom  etuvchi  intermissiya  kuzatilishi  mumkin.  Bu  davrda  o’tkazilgan 


psixozni hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Bunday intermissiyalar deyarli sog’ayish 
deb hisoblanadi.  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə