O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Klinikasi
.  Nozologik  jixatdan  qaraganda  bunday  o’zgarishlarni  Rekurrent 
paranoid  shizofreniyaga  ham  affektiv  psixozlarni  atipik  variantiga  ham  kiritish 
mumkin.  
Shizoaffektiv  buzilishlar  o’tkinchi  endogen  funktsional  buzilishlar  bo’lib 
o’zidan  so’ng  hech  qanday  defekt  qoldirmaydi  va  affektiv  buzilishlar  uzoq  davom 
etadi. Xurujlar yuqori polimorfizm bilan ajralib turadi. Xurujlar strukturasi  depressiv-
paranoid va maniakal-paranoid  ko’rinishida bo’ladi.  
Depressiv-paranoid    xurujlari  kayfiyatni  pasayishi  bilan  boshlanadi. 
Keyirchalik  ularga  o’z-o’zini  ayblash,  o’zini  zaxarlash,  tuzalmas  kasalliklar  (OITS, 
o’smalar)  bilan og’rish vasvasalari  qo’shiladi.  Xurujlarni  cho’qisida depressiv stupor 
yoki  depressiv  oneroid  kuzatilishi  mumkin.  Shizofreniya  uchun  xarakterli  birlamchi 
simptomlar  (fikrlar  ochiqligi,  buyuruvchi  eshituv  gallyutsinatsiyalari)  paydo  bo’lishi 
mumkin.  Butun  olamni  yo’q  bo’lishi  g’oyalari  (Qotar  vasvasasi,  nigilistik  vasvasa), 
umrbod  gunohkorlik  vasvasasi  (Agasfer  sindromi),  ipohondrik  vasvasa  depressiya 
bilan tugashi mumkin.  
Maniakal-paranoid xurujlar ekspanssiv yoki maniakal affekt bilan boshlanadi. 
Uyquni  kamayishi,  to’htovsiz  xursandlik,  buyuklik  g’oyalari,  gipnotik  g’oyalar  bilan 
davom  etadi.  Fikrlar,  xulq  atvor  va  sezgiga  har  hil  uskunalar  bilan  ta’sirlanish  hisi 
paydo bo’ladi. Psixoz cho’qqisida kosmik tuzilishga ega oneyroid, magik vasvasa va 
vaqtni o’zgarishi hislari paydo bo’ladi. Psixozdan chiqish gipomaniya bilan boradi.  
Aralash  xurujlarda  affektni  o’zgarishi  gipomaniakal  va  maniakaldan 
depressivgacha  bo’lishi  mumkin.  Bunda  ijobiy  va  salbiy  kuchlarni  kurashishi 
kuzatiladi,  xamda  ularga  mos  tarzda  pozitiv  va  negativ  eshituv  gallyutsinatsiyalari 
kuzatiladi.  Aralash  xurujlarda  depressiv-paranoid  va  maniakal-paranoid    buzilishlar 
almashinib kelishi mumkin. 
Psixozni  davomiyligi  ikki  xaftadan  ortiqdir.  Intermissiya  davrida  emotsional-
irodaviy  doirasida  defekt  kuzatilmaydi.  Lekin  o’tkir  psixozdan  so’ng  ma’lum 
vaqtgacha shizofrenik yoki affektiv simptomlar saqlanib qolishi mumkin. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə