O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200


QARILIK DAVRIDAGI SHIZOFRENIYANING HUSUSIYATLARI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

QARILIK DAVRIDAGI SHIZOFRENIYANING HUSUSIYATLARI 
       Shizofreniya  50  yoshdan  so’ng  kamdan-kam  uchraydi.  Shizofreniya  formalari 
orasida  paranoid  shizofreniya  ko’proq  uchraydi.  Kamdan  kam  hollarda  xurujsimon 
shizofreniya  uchraydi.  Sust  kechuvchi  va  yomon  sifatli  shizofreniya  yoshi  qarilarda 
deyarli  kuzatilmaydi.  Qarilik  davrida  shizofreniya  uchun  klinik  belgilarni  bilinar-
bilinmasligi, belgilarni atipikligi va nisbatan salbiy kechishi xosdir. 
       Paranoid  shizofreniya  zarar  etkazish,  rashk,  zaharlanish,  ipoxondrik  vasvasalar 
bilan  boradi.  Verbal  gallyutsinatsiyaga  hidlov  va  taktil  gallyutsinatsiyalari  qo’shilib 
ketadi. Ruhiy avtomatizmlardan asosan senestopatik avtomatizmlar kuzatiladi. 


     Xurujsimon shizofreniya uchun uzoq cho’ziladigan vahima, vasvasa va ipoxondrik 
depressiyalar  xosdir.  Kamdan-kam  hollarda  atipik  maniya  kuzatiladi.  Xurujlar 
orlig’ida  affektiv    buzilishlar,  rezidual  vasvasa  g’oyalar  kuzatiladi.  Kech  boshlangan 
shizofreniya  chuqur  ruxiy  defektga  olib  kelmaydi.  Shaxsni  negativ  o’zgarishlari 
yoshga xos ruhiyat o’zgarishlari soyasida bilinmaydi. 
Tashxisot. 
Kasallikni  tashxisoti  asosiy  produktiv  simptomlarini  aniqlanishiga 
asoslangandir. Produktiv belgilar negativ belgilarga qo’shilib keladi va boshqalar bilan 
munosabatlarini  yo’qolishiga  olib  keladi.  Produktiv  belgilar  orasida  fikrlarga 
ta’sirlanish,  harakatlarga  ta’sirlanish,  kayfiyatga  ta’sirlanish  belgilari,  soxta  eshitish 
gallyutsinatsiyalar,  fikrlar  ochiqligi,  fikrlar  uzuq-yuliqligi,  katatonik  harakat 
buzilishlari  kuzatiladi.  Negativ  simptomlarga  energetik  potentsial  reduktsiyasi, 
sovuqlik,  boshqalarga  dushmanlik,  boshqalar  bilan,  munosabatlarni    yo’qolishi 
ijtimoiy  pasayish xosdir. Psixopatologik tekshirishlar  va  irsiy  moyilik borligi tashxisi 
yana birbor tasdiqlaydi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə