O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

BOLALARDA VA O’SMIRLARDAGI  
SHIZOFRENIYANING XUSUSIYATLARI 
Shizofreniya bolalar va o’smirlarda kattalarga nisbatan kam uchraydi. Bolalar va 
o’smirlarda  kasallikni  boshlanishi  bolalarni  ruhiy  rivojlanish  jarayoni  va  endogen  
jarayonlarni qo’shilish hamda ontogenezni o’zgarishi bilan boradi.  
Bolalar  va  qisman  o’smirlar  shizofreniyasi  uchun  klinik  belgilarni 
rudimentarligi,  bilinmasligi  va  etilmaganligi  xosdir.  Negativ  simptomlar  bolalarda 
emotsional kashshoklik va bo’shlik, faollikni pasayishi, autizm, ruhiy rivojlanishni har 
hil darajada ekanligi bilan harakterlanadi.  
Deffekt  holatlar  esa  oligofreniyaga  o’xshash  bo’ladi.  Shizofreniya  pubertat 
davrida boshlansa shaxsni negativ o’zgarishiga disgarmonik ruhiy infantilizm belgilari 
kiradi.  
    Produktiv  simptomlarga  diffuz  sababsiz  qo’rquv,  harakatlarni  tormozlanish 
sindromi, patologik xayolparastlik kiradi.  
Bolalar  va  o’smirlar  shizofreniyasini  barcha  ko’rinishlarini  quydagi  to’rtta 
psixopatologik guruhlarga birlashtirish mumkin.  
1.
 
Patologik  xayolparastlik
.  Asosan  maktab  yoshigacha  bo’lgan  bolalarda 
kuzatiladi.  Patologik  xayolparastlik  boshlanish  davrida  sog’lom  bolalar 
xayolparastligidan  deyarli  farq  qilmaydi.  Lekin  keyinchalik  real  hayotdan  ajraladi, 
bola  o’zini  fantastik  dunyosida  yashay  boshlaydi.  O’zini  fantastik  dunyosida  ularga 
hama  narsa  mumkin  bo’ladi.  Bola  o’z  olamidagi  o’yinlar  bilan  yashaydi  va  real 
hayotga  qarama–qarshi  bo’ladi.  Real  hayotda  amalga  oshirib  bo’lmaydigan  hayollar 
bilan  yashaydi.  Kuch  qudrat,  yangi  mamlakatlarni  ochish  haqida  orzu  qiladi. 


Kashfiyotchilikka  qiziqishni  boshlaydi,  falsafa  muamolarmi,  hayot,  vaqt,  odamlar 
haqida  o’ylay  boshlaydi.  O’zini  quyon  yoki  ot  deb  hisoblay  boshlaydi  va  oddiy 
ovqatlardan  bosh  tortadi  hamda  unga  sabzi,  o’t,  don  berishlarini  talab  qilishni 
boshlaydi.  
2.
 
Abuliya
. Maktab yoshidagi bolalarda abuliya nisbatan kuchli bo’ladi. Bola sust 
bo’ladi,  oldin  qiziqib  qilgan  ishlariga  qiziqmay  qo’yadi,  atrofdagilarga  tushunarsiz 
bo’lib qoladi. Uzoq muddatli bekorchi hayotga moyilik, ruhiy faoliyatni pasayishi, ish 
qobiliyatni keskin tushishi, surinkali charchashga o’xshaydi, lekin bular shizofreniyani 
birlamchi  alomatlari  hisoblanadi.  Ota-onalar  va  pedagoglar  ko’pincha  abuliyani 
ayyorlik  deb  o’ylashadi.  Aslida  esa  bu  shizofrenik  jarayonni  boshlanishidir.  Vaqt 
o’tishi bilan aktivlikni pasayishi kuchayib boradi, bola o’z majburiyatlarini bajarmay 
qo’yadi,  hech  narsaga  qiziqmaydi,  maqsadsiz  uy  ichida  burchakdan-burchakga  
yuraveradi,  soatlab  yotadi,  hech  qanday  xoxish  va  qiziqishlari  bo’lmaydi.  Mayl 
buzilishlari  bilan  birga  aqlga  sig’maydigan  impulsiv  harakatlar  qilishi  mumkin. 
O’zidan-o’zi  baqirishi,  kattalarni  urib  qolishi  yoki  begona  odamni  o’pishi,  haqoratli 
so’zlarni  aytishi  mumkin.  Bu  holatlarga  ko’pincha  ipohondrik  vasvasa  g’oyalar, 
ta’sirlanish  vasvasasi  va  gallyutsinatsiyalar  qo’shilishi  mumkin.  Ko’pchilik  hollarda 
ular turg’un bo’lmaydi.  
3.
 
Emotsional  to’mtoqlik
.  Bu  shizofreniyaga  xarakterli  doimiy  belgilaridan 
biridir. Emotsialarni doimiy so’nib borishi natijasida bola atrofdagilar bilan aloqa qila 
olmaydi, oldin qiziqqan narsalariga qiziqmay qo’yadi, yaqinlari va do’stlariga befarq 
bo’lib  qoladi.  Bola  qo’pol,  tap  tortmas  jaxli  tez  bo’ladi.  Sal  narsaga  o’rishib  ketadi, 
lekin kuchli ta’sirlarga hech qanday e’tibor qilmaydi. Bolani kechinmalari xiralashadi, 
hech  narsaga  qiziqmaydi,  hech  narsadan  xursand  va  xafa  bo’lmaydi,  yig’lamaydi. 
Kasallik  kuchayib  borishi  bilan  hamma  narsaga  befarq  va  emotsional  to’mtoq  bo’lib 
qoladi.  
4.
 
Fikrlashni uzuq-yuluqligi
. Shizofreniyani har qranday  shakli  uchun xarakterli 
belgidir.  Keraksiz  aqlli  fikrlarni  gapira  boshlaydi,  fikrlash  real  borliqdan  ajralgan 
bo’ladi. Ayrim bolalar juda ko’p gapiradi, ayrimlari umuman gapirmay qo’yadi yoki 
ba’zi  so’zlarni  joylarini  almashtirib  takrorlab  gapiradi.  Ularni  nutqida  oddiy  hayotda 
ishlatilmaydigan  yangi  so’zlar  ko’payadi.  Bunday  bolalar  yozuvi  ham  o’zgargan 
bo’ladi.  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə