O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

 
Etiologiyasi va patogenezi. 
Krepelin davridan boshlab maniakal-depressiv psixoz 
endogen  kasalliklarga  kiritiladi.  Hozirgi  davrda  maniakal-depressiv  psixoz 
kasalligining  sababi  va  rivojlanish  mexanizmi  to‘la  aniqlanmagan  bo‘lsa-da, 
kasallik  taraqqiyotida  ishtirok  etuvchi bir qator omillarga  katta  ahamiyat  beriladi. 
Bo‘larga  Bemor  organizmidagi  biokimyoviy  va  boshqa  biologik  o‘zgarishilar 
(katexolaminlar  almashinuvidagi  o‘zgarishlar,  mineral  almashinuvi  buzilishi, 
endokrin  o‘zgarishlarning  ta’siri  va  boshqalar),  irsiy  tomonlari,  Yoshi  va  jinsi 
hamda  konstitutsional  alohidaliklari  shular  jumlasidandir.  Maniakal-depressiv 
psixozning  irsiy  uzatilishi  gumonlardan  yiroqdir.  Buning  tasdiki  bo‘lib  Shu 
Kasallikning  egizaklardan  birida  uchrasa,  ikkinchisining  Ham  moyilligi  yoki 
kasallanishi xizmat qiladi.  
Kallman  (1957  y)  ma’lumoti  bo‘yicha  ikki  zigotali  egizaklarda  kasallanish  xavfi 
20—25% ni tashqil etsa, monozigotali egizaklarda 66—96% ni tashkil etadi. Yana 
ota-onasi  maniakal-depressiv  psixoz  bilan  kasallangan  oilalarda  bolalariga  o‘tish 
nisbatlari ham aniqlanmokda. Qarindoshlar O‘rtasida karindoshlik qanchalik yaqin 
bulsa, kasallikning rivojlanish xavfi shunchalik ko‘payadi. MDP paydo bo‘lishida, 
jinsi,  gavda  tuzilishini,  shaxsning  kasallikdan  oldingi  holati  bilan  aloqasi  bo‘lsa 
kerak — ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq kasallanadi. MDP kasalligining 60—
70% I ayollardir.  
MDP  bo‘lgan  kasallarning  ko‘pchiligini  diqqat  bilan  o‘rganib,  ularning  gavda 
tuzilishi  bo‘yicha  pakana  ekanligi  aniqlandi.  Bemorlarning  kasal  bo‘lishdan 
avvalgi  holatlari  aniqlandi.  Bu  odamlar  affektiv  tebranishlarga  moyil.  Kayfiyati 


sababsiz  o‘zgarib  turadigan,  ba’zan  kayfiyati  ko‘tarilib,  ba’zan  tushib 
turadiganlardir.  MDP  ning  normostenik  yoki  psixoastenik  xususiyatli  odamlarda 
ham paydo bo‘lishi tasvirlantan. Tan olingan fikrlarga binoan

MDP  gipotalamus 
neyronlar  tizimida  va  miya  bazal  qismining  boshqa  ulimlarida  sinaptik 
uzatilishning buzilishi bilan bog‘lik bo‘lib, bu bo‘limlarda asosiy ruhiy reaksiyalar 
uyg‘oklik, kayfiyat, affektlarning shakllanishi kuzatiladi.  
MDP  ning  биокимёвий  gipotezalari  monoaminlar  almashinuvining  buzilishida 
steroid gormon va suv-elektrolit almashinuvining o‘zgarishida deb taxmin qilinadi. 
Eng  ko‘p  tarqalgani  monoamin  almashinuvi    Katexolamin  va  indol  aminlarning 
almashinuvi  buzilishlari  bilan  bog‘lik  deb  biladi.  Katexolamin  gipotezasining 
ma’nosi shundan iboratki, depressiya holatida miyada noradrenalinning funksional 
yetishmovchiligi, miyada esa faollashuvi kuzatiladi. Buyrak usti bezi faoliyatining 
buzilishini  o‘rganish  uchun  deksametazon  testidan  foydalaniladi.  Ko‘pgina 
tekshiruvlarning  
natijasiga  qaraganda  endogen  depressiyasi  bor  bemorlarning  yarmidan  ko‘pida 
deksametazon  testi  patologik  ekanligi  aniqlangan.  MDP  patogenezini  o‘rganish 
Keyingi yillarda osonlashgani psixotrop, xususan antidepressiv dori-darmonlarning 
davolash  mexanizmini  o‘rganish  orqali  biroz  yengillashadi.  Katexolaminlarning 
almashinuvini  o‘rganish  affektiv  buzilishlarda  davolash  mexanizmini  o‘rganish 
orqali  amalga  oshirilayapti.  Litiy  dezaminlash  mahsulotlari  va  katexolaminlarni 
metillash  orasidagi  nisbatni  o‘zgartirar  ekan.  Bundan  tashqari,  litiy  tomonidan 
chaqirilgan o‘zgarishlar katexolaminlar almashinuvi buzilishi gipotezasi bilan suv-
elektrolit  almashinuvi  buzilishlari  orasidagi  bog‘liqlik  borligini  o‘rganish 
imkonimi  beradi.  Ammo  Barcha  taxminlar  tajriba  yo‘qi  bilan  tekshirishni  va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotni talab qiladi.  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə