O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


X-BOB
:
 
MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ
 
 
Maniakal-depressiv  psixoz  (siklofreniya,  sirkulyar  psixoz,  Siklotimiya)  davriy 
kechadigan  ruhiy  kasallik  bo‘lib,  depressiv  va  maniakal  bosqichlari  va  ularning 
orasida  to‘la  sog‘lomlik  davri  —  intermissiya  Bilan  almashinishi  kuzatiladi. 
Psixozning  uzoq  davom  etishiga    va  Ko‘p  marta  takrorlanishiga  qaramasdan 
intermissiya davrida qandaydir ruhiy O‘zgarishlar yoki shaxsning yetishmovchilik 
belgilari kuzatiladi.  
Maniakal-depreseiv  psixoz  (MDP)  yorqin  ifodalangan  turlarni  (siklofreniya) 
hamda yumshoq ifodalangan turlarni (siklotimiya) o‘z ichiga oladi.  
Maniakal-depreseiv  psixozning  Hozirgi  ko‘rinishi  nemis  ruhiyotchi  olimi  E. 
Krepelin (1899, 1913 y.) tasvirlagan. Ungacha bo‘lgan davrda Gippokrat (Buqrot) 
fikricha  alohida  maniya  va  melanxoliya  kabi  mustaqil  kasallik  tushunchasi  hukm 
surib  kelardi.  Fransuz  olimlaridan  Falre  va  Bayarje  (1854  y.)  ishlari  diqqatga 
sazovordir.  Ular  sirkulyar  deb  ataluvchi  va  psixoz  bosqich  bilan  kechuvchi 
maniakal va depressiv  davrlarga bo‘linuvchi kasallikni  bayon etadilar.  Maniakal-
depressiv  psixozni  alohida  nozologik  birlik  sifatida  ta’kidlash  uchun  E.  Krepelin 
bir-biriga  Klinik  ko‘rinishi  qarama-qarshi  bo‘lgan  holatlarni  (depressiv  va 
maniakal buzilishlarning ichki birligini), ularning kelib chiqishi va xususiyatlarini 
solishtirib  (irsiy  umumiy-ligini,  oila  foni  o‘xshashligini),  kechishini  (davriy  — 
bosqichliligini)  va  pirovard-natijani  (shaxsiyat  uchun  so‘nggida  nuqson  hosil 
bo‘lmasligini) sinchkovlik bilan solishtirib ko‘rdi.  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə