O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Depressiv bosqichi
. Depressiv bosqich uchta belgi bilan tavsiflanadi:  
1. Tushkunlik-qayg‘uli kayfiyat bilan.  
2. Tafakkurning sustlashuvi bilan.  
3. Harakat sustligi bilan.  
 
Depressiv  holat  ko‘pincha  asta-sekinlik  bilan  boshlanadi  va  kasallikning  asosiy 
klinik ko‘rinishi hisoblanadi.  
Depressiyaning boshlang‘ich davrida O‘zini noxush sezishdan boshlanadi, barcha 
kechinmalarda  qayg‘uli  fon  bo‘lib,  umumiy  hayotga  qiziqish  susayadi,  astenik 
buzilish kuzatiladi, qo‘li ishga bormaydi. Tushkun kayfiyat fonida uyqu buziladi, 
ishtaxa  susayadi,  ish  qobiliyati  va  ish  unumdorligi  kamayadi.  Lanj  bo‘ladi, 
bo‘shashadi,  ertalablari  urnidan  qiyinchilik  bilan  turadi.  Kasallar  o‘z  ishlarini 
tashlab  qo‘yadilar,  uy  va  xizmat  ishlarini  bazo‘r  bajaradilar,  bemor  o‘ziga-o‘zi 
qiyinchilik  bilan  qaraydi  va  «dangasalikdan»  azob  chekadi.  Bemorlarning 
kayfiyatlari  barqaror  bo‘lib,  xursandchilik  va  quvnoqlik  chekinadi,  atrof-muhit 
ko‘zga  qorong‘u  ko‘rinadi  va  unga  qiziqish  susayadi.  Bu  bosqichda  sub’yektiv 
buzilishlar kuchayadi va shu vaqtning o‘zida depressiyaning alomatlari sust bo‘ladi 
va kasallikni aniqlashni qiyinlashtiradi.  
Keyinchalik  kasallik  og‘irlashishi  bilan  depressiya  kuchayadi,  ifoda  o‘ziga  xos 
ko‘rinishni  oladi,  xastalik  aniq  ko‘zga  tashlanadi,  bu  bemorning  o‘zini  tutishida 
bilinib  qoladi.  Bemorlikning  bu  bosqichida  ilojsiz  qayg‘u-alam  holatiga  yetadi, 
serxavotir  bo‘lib  qoladi.  Bemor  uchun  bir  lahzalik  bo‘lsa-da,  quvonch  hislari 
begonadir  (masalan,  hatto  qizi  institutga  kirsa  ham),  Doimo  qalbida  jismoniy 
og‘rik  sezadi,  ko‘pincha  yuragi  siqilayotganini,  «yurak  qayg‘usini»  sezadi. 
Depressiya  bemor  tashqi  ko‘rinishida  aniq  sezilib  turadi,  yuzida  qayg‘u  qotib 
qolganday,  harakatlari  juda  sustlashadi,  ko‘zlari  quruq  nami  yo‘q,  ko‘z 
pirpiratmaydi.  Bemor  o‘zida  Verogutta  burmasi  —  ustki  qovoq  terisining 
salqilanib qolishi, yuziga qayg‘uli ko‘rinishni berishi kuzatiladi. Gavdasi bukilgan, 
qo‘llari  yoniga  osilgan,  o‘zlari  bo‘shashgan,  atrofdagilar  bilan  ishi  yo‘q, 
qimirlamay  yotadilar  yoki  utiradilar.  Diqqatlari  bir  nuqtaga  tiqilgan  —  qayg‘uli 
qadalgan, o‘zining sog‘lig‘ini, kelajagini, yaqinlarining holatlarini juda pessimistik 
gumon  aralash  baholaydi.  Ular  hozirga,  kelajakka  ishonchni  yo‘qotadilar, 
kuvonchli onlarni hech sezmaydilar, o‘zlarini boshi berk ko‘chaga kirib qolganday 
sezadilar, onglaridan o‘zlari ilojsiz holatga tushib qolganliklari chiqmaydi, oilada, 


hayotda,  xizmatda  mutlaqo  yaroqsiz  deb  sezadilar  va  o‘zlarini  dardi  bedavo  deb 
baholaydilar, kelajak butunlay azobli bo‘lib tuyuladi.  
Bemorlar o‘zlarini berk ko‘chaga kirib qolganday sezadilar va undan faqat bir iloj 
qilib o‘zini o‘ldirib qutulish  mumkin,  deb  hisoblaydilar, shuning uchun  bemorlar 
depressiya  holatida  suitsidal  harakatlari  bilan  xavflidirlar.  O‘zini-o‘zi  uldirishga 
qaratilgan  harakat  depressiyasi  har  qanday  holatda  ifodalanishi  mumkin.  Ba’zi 
hollarda o‘zini-o‘zi xalok qilishi to‘satdan impulsiv bo‘ladi, boshqa hollarda unga 
yaxshilab taiyorlanadi va o‘z rejasi haqida hech kim bilan maslahatlashmaydi. O‘z-
o‘zini  o‘ldirish  harakatlari,  xarakat  sustlashishi  kam  ifodalangan  vaqtlarda 
depressiyaning boshlanishi yoki tugashiga yaqin vaqtlarda ko‘proq uchraydi.  
Depressiyaning bundan keyingi chuqurlashuvi avval o‘ta baholangan, pirovardida 
buzilgani vasvasalar bilan o‘zini ayblash, gunohkorliq o‘zini kamsitish, ipoxondrik 
holatlar  bilan  kuzatiladi,  boshqa  bemorlarni  ham  o‘zini-o‘zi  uldirishga  undaydi. 
Eski,  ilgari  davrda  yo‘q  qo‘ygan  xatosi  bemorlar  ongida  o‘sib,  ulg‘ayib 
kattalashadi,  jinoyat  qilgandek  tuyuladi.  Endi  qilgiligiga  atayin  jazolanishi  kerak 
degan  ishonch  hosil  bo‘ladi.  Shunday  bemorlar  atayin  ovqatlanmaydilar, 
ovqatlanishga  haqqim  yo‘q,  deb  hisoblaydilar,  o‘zlarini  hayotga  noloyiq  deb 
hisoblab, boshqalar ularni halok qilishini talab qiladilar.  
Depressiya  fazasidagi  bemorlar  uchun  xos  bo‘lgan  belgilardan  biri  hissizlikni 
boshidan  og‘ir  kechirishi  —  anestetik  depressiyadir.  Bemorlar  bunda 
xursandchilikni  bilmaymiz,  tunda  befarq  bo‘lib  qoldiq  deb  shikoyat  qiladilar. 
YAqinlariga,  bolalariga  samimiylikni,  odamiylikni  yo‘qotib,  Xuddi  yuraksiz 
robotga o‘xshab qoldiq deydilar.  
Ko‘pincha  depressiya  xavotirlik  (tashvishli  depressiya)  vahima,  notinchlik  bilan 
kechadi,  bemorlar  ingraydi,  yig‘laydi,  qo‘llarini  qarsillatadi,  o‘zini  qo‘ygani  joy 
topolmaydi,  ko‘pincha  bu  holatlar  melanxolik  raptus  holatiga  yetib,  vaqti-vaqti 
bilan o‘zini-o‘zi jarohatlashga va o‘ldirishga harakat qiladi.  
Ko‘p  hollarda  atrofini  va  o‘zini  idrok  qilish  o‘zgaradi,  derealizatsiya  va 
depersonalizatsiya  bo‘ladi.  Bu  turdagi  depressiyada  uning  atrofida  hamma  narsa 
xira, qotib qolgan, jonsiz bo‘lib ko‘rinadi.  
Ba’zida  bemorlar  depressiv  mazmunli  gallyutsinatsiyalar    o‘z  bolalarining 
yig‘isini,  baqirig‘ini,  yaqinlarining  ingrashini,  motam  kuy-qushiqlarini  eshitadi

G‘am-tashvish  oshgan  sari  o‘ziga  mos  fikrlashning  susayishi  oshib  boradi. 
Bemorlar  kamgap  bo‘lib  qoladilar,  savollarga  sekin,  kamgaplik  bilan,  bir  so‘z 
bilan,  ko‘p  to‘xtab-to‘xtab, qayta-qayta iltimosdan  so‘ng  javob  beradilar.  Chuqur 
depressiv  holati  kuzatiladi.  Ba’zida  kasallar  kaltabinlik,  esi  pastroqlikdan,  esidan 
chiqarib  qo‘yish,  fikrlashi  sekinlashganligi,  savollarga  javob  berishga  fikr 
topolmasligi, boshining bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolganligidan shikoyat qiladilar.  
Harakatning  sustlashuvi  depressiya  fazasining  uchinchi  belgisidir.  Tuzukroq 
hollarda harakatlarning sekin va chaqqonmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Harakatni 
sezish  yo‘qoladi,  bemorlar  harakatni  anglamasligidan  shikoyat  qiladilar. 
Depressiyaning  oshishi  bilan  harakat  aktlarining  sekinlashuvi  bog‘liqligi  shu 
darajagacha boradiki, natijada harakat to‘la to‘xtaydi va so‘zlash ham to‘xtaydi — 
yani depressiv stupor vujudga keladi. Shunday hollarda bemor bilan muloqot qilish 
deyarli  mumkin  emas,  kasal  o‘rnida  yetadi  yoki  qimirlamay  yarim  qayg‘uli  yoki 


qayg‘udan  kuchlangan  ko‘rinishda,  chuqur-chuqur  ho‘rsinib  nafas  oladi.  Terisi, 
yuzi oqargan, xira yashil-kulrang, ko‘z ostida to‘qrok halqalar, lablarining chetlari 
osilgan va lablari quruq yopishgan, og‘izdan ochlikda bo‘ladigan hid chiqib turadi, 
aftida burma va ajinlari o‘ta sezilarli, bemorlar shalviralgan va qarimsiq ko‘rinadi. 
Iroda faolligi depressiya holatida o‘ta pastlashgan. Doim ikkilanadi, gumon qiladi, 
hech  narsani  hal  qilolmaydi,  juda  dangasa  bo‘lib  qolganga  o‘xshaydi.  Kichik  bir 
ishni  ham  zo‘RG‘a  bajaradi.  Bunday  o‘zgarishlar  bemorda  o‘zini  ayblashga  olib 
keladi.  O‘zidan  norozi  bo‘ladi,  xohish,  iroda,  qiziqishlar  pasaygan,  ishtaha, 
chanqash, shahvoniy sezgi yo‘qoladi, hatto o‘zini saqlash instinkti ham susaygan.  
Depressiya  fazasida  kun  buyi  o‘zini  xis  qilishi  va  kayfiyati  o‘zgarib  turadi. 
Ayniqsa  ertalablari  o‘zini  yomon  his  qiladi.  Kechga  yaqin  holati  bir  oz 
yaxshilanadi, ilojsiz qolganligi, tushkunligi yumshaydi.  
Maniakal-depressiv  psixozda  niqoblangan  depressiyalar  yuzaga  kelishi  mumkin. 
Bunda  birinchi  o‘ringa  somatik  shikoyatlar,  kardialgiyalar,gastralgiyalar,  kuchli 
bosh  og‘riklari  chiqib,  shu  vaqtning  o‘zida  depressiya  belgilari  bir  ozgina 
kamayadi,  ish  qobiliyati  susayadi.  Bunday  harakatlarni  eng  avvalo  somatik 
kasalliklardan ajrata bilish lozim.  
Maniakal  bosqichi.  Maniakal  fazaning  asosiy  klinik  ko‘rinishlari  simptomlar 
uchligi  bilan  ifodalanadi:  I)  kayfiyatning  ko‘tarinqiligi  bilan;  2)  tafakkurning 
tezligi  bilan;  3)  harakat  qo‘zg‘olganligi  bilan.  Ular  turli  darajada  ifodalangan 
bo‘lishi mumkin.  
Shunga  binoan  maniakal  faza  yengil  gipomaniya,  ifodalangan  (Tipik  sirkulyar 
maniya) va og‘ir (ulug‘vorlik vasvasasi) maniyalarga bo‘linadi.  
Maniakal  faza  boshlanish  davrida  o‘zini  ko‘tarinki  ruh,  yaxshi  va  optimistik 
kayfiyatda  dadil  sezadi.  Faoliyat  ko‘rsatishga  ko‘tarinki  iptilish  naydo  bo‘ladi, 
kasallar uy ishlarini, ishxonada, ham o‘qishda osonlik bilan bajaradilar. Jamoalar 
to‘zishga  intiladi,  unda  xursandchilik  qiladi,  xazillashadi  va  askiya  qiladi. 
Ko‘tarinki kayfiyatga o‘zini ortiqcha baholash sabab bo‘ladi. Ko‘p kuch yo‘oqtsa-
da,  charchash  nimaligini  bilmaydi,  kam  uxlaydi,  ishtahasi  chakki  bo‘lmaydi. 
Maniyaning keyingi fazasida  sof maniakal fazada maniyaning barcha ko‘rinishlari 
yaqqol  ifodalangan  bo‘ladi.  Yuqori  ko‘tarinki  kayfiyat  quvnoqlik  chegarasidan 
chiqib  ketadi.  Kasallar  doimo  o‘ta  yaxshi  kayfiyatda  bo‘ladi,juda  xursand,  qattiq 
kuladilar,  yo‘l-yo‘lakay  birdaniga  ter  to‘kib  ishlaydilar,  o‘zlari  qoniqqan  holda 
o‘qiydilar,  o‘zlarini  baxtiyor  his  qiladilar.  Doimo  ko‘tarinki  holda  o‘zlarini  juda 
yetuk deb hisoblaydilar, o‘zlariga mahliyo bo‘lib qoladilar  ular o‘zlarini iste’dodli 
deb,  chet  tillardan  bir  nechtasini  biladigan  deb  hisoblaydilar,  birdaniga  uchta 
institutga  kirmoqchi  bo‘lib  тайёргарлик  ko‘ra  boshlaydilar,  o‘zlarini  mashhur 
artist, qo‘shiqchi, shoir deb biladilar, katta ilmiy yoki siyosiy muammolarni yecha 
oladigandek deb hisoblaydilar. Bu o‘ta qimmatbaho g‘oyalar ba’zida ulugg‘vorlik 
vasvasasiga  aylanadi,  mavzuning  bir  xilligi  bilan  ajralib  turadi  va  depressiya 
fazasiga o‘xshab bemorlarning hulqini juda ham aniqlaydi. Maniakal sindromning 
tashqi  ko‘rinishlari  ham  yaqqol  bo‘ladi:  tashqaridan  jonli,  xursand  ko‘rinadi, 
arzimagan  narsaga  qah-qaha  otib  kuladi,  telbalarcha  tez  yugurib  keladilar,  ular 
bilan  gaplashishlarini  suraydilar,  moda  ketidan  quvadilar,  ko‘zga  tashlaiadigan 


ochiq  rangli  kiyim  kiyadilar,  taqinchoqlarni  yaxshi  ko‘radilar,  kosmetikani  o‘ta 
ko‘p ishlatadilar.  
Beg‘ubor  quvnoq  kayfiyat  ba’zan  jahl  chiqishi  bilan,  g‘azab,  tajovuz  bilan 
odatdagi hohishlarga to‘siq paydo bo‘lganda almashinadi. Odatda bu holat tez o‘tib 
ketadi.  
Fikrlash  jarayonining  tezlashuvi  gapdonlikda  namoyon  bo‘ladi:  bemorlar  ko‘p, 
baland  ovozda  va  tez  gapiradilar.  Doimo  ko‘p  gapirganlari  uchun  tovushlari 
bo‘g‘ilgan  bo‘ladi.  Fikrlashning  o‘ta  tezlashuvi,  g‘oyalarning  sakrashi  deb 
nomlanib,  og‘ir  hollarda  tashqi  voqyealarga  bog‘liq  bo‘lib,  xayol  hardamlik  na 
hatto  chalg‘itishgacha  yetib  boradi.  Bunday  holatlarda  gapdan  chalg‘ish  bo‘ladi. 
Shifokorning savollariga to‘g‘ri javob bera boshlagani holda bemor shu zahotiyoq 
savoldan chalg‘ib qoladi va miyasida yangi hosil bo‘lgan fikrlar to‘zonida chalg‘ib, 
qiziqib  qoladi.  Bemorlar  o‘zlarini  to‘ta  olmaydilar,  qo‘zg‘alib,  to‘xtamasdan 
bog’liq tovush bilan gapiradilar, ashula aytadilar, she’r o‘qiydilar, so‘zlarni juftlab 
aytishni  yaxshi  kuradilar,  shifokorlarni,  talabalarni,  xodimlarni  ko‘tarinqilikda 
qutlaydilar,  salomlashadilar,  atrofda  bo‘layotgan  voqyealarni  ko‘tarinki  ruh  bilan 
tushuntiradilar,  bo‘limdagi  har  bir  ishga  aralashadilar,  maslahat  beradilar, 
Qo‘zg‘alganlik  ba’zida  shiddatli  tajovuzgacha  borib  yetadi.  Harakat 
ko‘zg‘aluvchanligi  hatto  og‘ir  holatlarda  ham  ma’nisiz,  maqsadsiz  bo‘lmaydi, 
balki  hamma  vaqt  bemorning  bir  faoliyatga  intilgani  holda  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi.  Bemorlar  odatda  o‘ta  faol,  harakatchan,  charchamasdirlar.  Shunga 
qaramasdan  harakat  faolligi  harakatlarning  tugamasligini  bildiradi.  Biror  ishni 
bajarishga  kirishar  ekan,  bemorlar  tezda  uni  tashlab,  yangisini  boshlaydilar, 
boshlagan ishlarini oxirigacha yetkazmaydilar, qayerga borib qolsalar o‘z atrofida 
to‘polon  va  tartibsizlik  chiqaradilar,  hamma  yoqqa  «burnilarini»  tiqadilar, 
hammaga  ko‘rsatma  berib,  ogohlantiradilar  va  bu  bilan  atrofdagilarni  holdan 
toydiradilar. Emotsional holatga qarab tashqi ko‘rinishi ham mos bo‘ladi. O‘zlarini 
tik  va  dadil  tutadilar,  yuzlari  xursand,  ko‘zlari  yaltiraydi,  yanoqlari  qizargan,  yuz 
harakatlari  jonli  va  ifodali,  bemorlar  xuddi  yoshargandek  va  ruhan  tetik 
ko‘rinadilar.  
Maniakal  bemorlarning  o‘zlarini  tutishlari  buzilishi  giperreaktivligi  va 
qiziqishlarining, ayniqsa shahvoniy hissiyotlarinig kuchayishidandir. Bemorlarning 
ishtaxasi  yuqori  bo‘ladi,  ammo  ular  o‘zlari  ozib  ketadilar,  ko‘pincha  ko‘pol 
shahvoniy  qiliqlar  qilib  qo‘yadilar,  uyatsizlik  qiladilar,  erotik  mazmunda  ko‘p 
gapiradilar.  Ayollar  tannozlik  qiladilar,  ko‘pincha  xohish  bilan  yechinadilar, 
ko‘pincha  isrofgarchilikka  moyillik  paydo  bo‘ladi,  bemorlar  kerak  bo‘lmagan 
qimmatbaho, nokerak qimmat narsalarni sotib oladilar, ko‘p pul sarf qiladilar, ko‘p 
yillar  davomida  yig‘ganlarini  sochadilar,  narsalar  ularning  jahlini  chiqaradi, 
besabab  ishdan  bo‘shab  ketadilar,  uylarini  almashtiradilar,  birdan  ajrab  ketadilar, 
osongina  tanishadilar,  tasodifan  jinsiy  aloqaga  moyil  bo‘ladilar,  xastalik 
tuzalayotganda  ko‘p  jiddiy  tazarru  qiladilar.  Maniakal  ҳолатдан  chiqqanlaridan 
so‘ng аstenik holat сезадилар.  
Maniyaning  Atipik  shakllari  Ham  farqlanadi  (bemorning  xulqiga,  psixopatik 
simptomlarining intensivligiga qarab).  


Quvnoq maniyalar eyforiya bilan kechadi, o‘z-o‘zini оrtiqchа baholab yuboradi va 
o‘zini g’oyatda yaxshi хis qiladi.  
Ekspansiv  maniyalar,  birinchi  o‘ringa  ruhiy  jarayonlarning  tezlashuvi  bilan  o‘ta 
qimmatli  g‘oyalar  qo‘shilishi  chiqib,  faoliyatga  intilish  namoyon  bo‘ladi. 
Maniyaning boshqa belgilari ozgina ifodalanadi.  
3.  G‘azabli  maniyalar  —  jahlining  chiqib  ketishi,  g‘azabnoklik  bilan  agressiv 
harakatlarga, bo‘lar-bo‘lmasga tirnoqdan kir qidirishga tushib qoladilar.  
Ko‘pincha maniakal-depressiv psixozda maniakal sindromni depressiv sindromga 
qarama-qarshi  qo‘yiladi.  Ayni  vaqtda,  depressiv  faza  energetik  quvvatning 
kamayishi  bilan,  kayfiyat,  ruhiy  жараёнларнинг  tezligi,  hayotiy  lazzatlar, 
qo‘zg‘olish,  qiziqishlarningsusayishi  bilan  tavsiflanadi,  maniakal  bosqichda  esa 
ularning  o‘ta  kuchayishi,  vegetativ  faoliyat  va  umumiy  jismoniy  tonuslarning 
oshishi kuzatiladi.  
Siklotimiya  —  yumshoqroq  kechuvchi  maniakal-depressiv  psixozlarning 
ko‘rinishidir.  Xuddi  maniakal-depressiv  psixozlardagi  kabi  kasallik  bosqichlar 
shaklida  (subdepressiv  va  gipomaniakal  namoyon  bo‘ladi)  ularning  orasida 
yaxshigina  yorug’  sog‘lom  oraliq  bo‘ladi,  bu  intermissiya  deyiladi.  Ba’zi 
holatlarda  siklotimiya  kayfiyatning  bir  oz  o‘zgarishi  bilan  kechadi.  Siklotimiya 
uchun holatlarning o‘zgarishi — bir tomondan o‘zini yaxshi his qilish, quvvat va 
ish  qobiliyatining  oshishi,  boshqa  tomondan,  kayfiyatning  susayishi,  g‘amnok 
bo‘lib qolishi, harakat susaymagan holatdaligi bilan tavsiflanadi. Qisqa vaqt davom 
etadigan xurujlar shifoxonaga yotkizishni taqozo etmaydi, bemorlar tomonidan esa 
kayfiyatning  o‘zgarib  turishi  deb  baholanadi.  Siklotimiya  bemorlarda  kasallik 
og‘irlashib,  maniakal-depressiv  psixozning  ifodalangan  bosqichlariga  aylanishi 
mumkin,  bu  esa  kasallikning  Maniakal-depressiv  psixozga  tegishli  ekanligini 
tasdiqlaydi.  
Maniakal-depressiv  psixozdagi  somato-vegetativ  o‘zgarishlar  bosqichlar  sifatida 
va xurujlar orasidagi davr bilan ta’riflanadi. V. T. Protopopov va uning xodimlari 
ishlaridan  ma’lum  bo‘ladiki,  psixoz  xuruji  somatik  o‘zgarishlardan  boshlanadi, 
chunki somatik o‘zgarishlar ruhiy xastalik belgilaridan oldinroq namoyon bo‘ladi. 
Ham  Maniakal,  ham  depressiv  bosqichlarda  somatovegetativ  o‘zgarishlar  bir  xil 
ko‘rinishga ega bo‘ladi va bu simpatik nerv tizimi tonusi oshganligini ko‘rsatadi: 
ishtaha  yo‘qoladi,  ozadi,  og‘zi  quriydi,  qabziyat  bo‘ladi,  yuragi  tez-tez  uradi, 
qorachig‘i  kengayadi,  uyqusi  buziladi,  qon  bosimi  o‘zgaradi,  terining  tonusi 
tushadi,  amenoreya  va  libido  o‘zgarishi  ro‘y  beradi.  Intermissiya  boshlanguncha 
vegeto-somatik olam me’yeriga kelib qoladi.  
Depressiya  holatida  bosqichning  tezda  tugashidan  darak  beradigan  xushnud 
etuvchi alomat  bu bemorni semira boshlashi hisoblanadi, ya’ni yo‘qotgan og‘irligi 
tiklana boshlaydi.  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə