O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Kechishi  va  natijasi. 
Maniakal-depressiv  psixozning  kechishi  turlicha  bo‘lishi 
mumkin.  Kechish  turi  kasalik  bosqichlari,  soni,  davomiyligi  bilan  belgilanadi. 
MDPning  bipolyar  (depressiv  va  maniakal  xurujlarning  almashinuvi)  va 
monopolyar (faqat depressiv yoki faqat maniakal xurujlar) shaklida kechishi ko‘p 
tekshiruvchilar tomonidan tan olingan.  


Kontinual  (davomli)  tarzda  kechishi  mumkin.  Bunda  depressiv  holat  yorug’ 
oraliqsiz  (intermissiyasiz)  Maniakal  xolatga  o‘tadi,  xurujlar  bir  necha  kundan 
yarim  yilgacha davom  etishi  mumkin, ba’zida bir  yil va undan ham  ortiq davom 
etadi.  O‘rta  yoshdagi  bemorlarda  xurujlar  2  oydan  b  oygacha  davom  etishi 
mumkin. Yoshi ulg‘aygan kishilarda kasallikning xurujlari o‘zoqroq davom etadi, 
yorug’  kunlar  qisqaradi.  Bundan  tashqari,  bu  yoshda  kasallik  o‘ziga  xos 
ko‘rinishga ega bo‘ladi, asosan Vasvasa g‘oyalari kuzatib yurish, ipoxondrik holat 
(depressiv bosqichda) gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lish hisobiga vujudga keladi.  
Vasvasa,  gallyutsinatsiya,  ongning  xiralashuvi  bilan  kechuvchi  depressiv  faza 
fantastik  melanholiya  deyiladi.  Maniakal  qo‘zg‘olish  cho‘qqisida  ongning 
xiralashuvi  chalkash  maniyalar  haqida  fikr  yuritishga  imkon  beradi.  MDP  ning 
atipik  ko‘rinishlarini  tushuntirishda  bir  qator  holatlarga,  konstitutsional  omilga, 
aralash  irsiyatga,  hamroh  bo‘lgan  somatik  kasalliklarga,  neyroendokrin 
buzilishlarga, gipertireozga va xafaqon kasalliklariga e’tibor beriladi.  
MDP  kechishining  boshqa  ko‘rsatkichi  intermissiyaning  davomiyligi  ham  keng 
chegaralarda  o‘zgarib  turadi.  1.  Augst  va  mualliflari  bergan  ma’lumotlarga 
qaraganda  (1970)  54%  hollarda  bemorlar  o‘z  xayotida  o‘rtacha  7  bosqichni 
kechirar ekanlar. Ko‘pincha bemor хаётида bir yoki ikki kasallik davrini 10—20 
yil oraliq bilan kechirishi mumkin. Bir holatda boskichlar to‘g‘ri alma-shinadi va 
bir  yilning  bir  faslida  va  vaqgida  (ko‘pincha  bahor  va  ko‘zda)  kaytalanadi.  Shu 
bilan  birga  maniakal-depressiv  psixoz  kechishida  shunday  davrlar  ham  bo‘ladiki, 
unda  yorug’  oraliq  amaliy  jihatdan  bo‘lmaydi  va  bosqichlar  birining  ketidan  biri 
qaytarila beradi.  
MDP  uchun  xurujlar  orasida  ruhiy  sog‘ligining  to‘la  tiklanishi  xos.  Bemorlar 
psixozdan to‘la chiqadi (sog‘lomlashadi), Kasallikka qadar qanday bo‘lsa, shunday 
bo‘lib qoladi. Bunday holatlarni intermissiya deb nomlash qabul qilingan.  
Har bir xuruj holatining oqibati yaxshidir. Depressiya yoki maniakal holatlar og‘ir 
kechishiga  qaramasdan  ular  to‘la  qaytadi  va  o‘zidan  so‘ng  asorat  qoldirmaydi. 
Kasallikka  nisbatan  bir  butun  qilib  olinganda  oqibati  haqida  ehtiyot  bo‘lib 
gapirmoq lozimdir. Bosqichlar kaytarilib turadi, ёш oshib borgan sayin davomliroq 
va  og‘irroq  kechadi,  ba’zida  murakkab  klinik  ko‘rinishlar  kuzatiladi.  Depressiya 
holatida  bemorlar  o‘ziga-o‘zi  suiqasd  qilib  o‘ldiradilar.  Barcha  ruhiy  bemorlar 
orasida o‘ziga suiqasd qiluvchi MDP kasallar 11% ni tashqil etadi. (R. G. Lipanov, 
1970).  Kasallikning  xurujlari  depressiya  holatida  ovqat  yemasliklari,  og‘ir  tan 
jarohatlari  hosil  bo‘lishi  bilan,  ayniqsa  kariyalarda  xavflidir.  Yo‘qdosh  bo‘lgan 
kasalliklar ahvolni yanada mushqo‘llashtirishi mumkin.  
Ko‘pgina  olimlar  maniakal-depressiv  psixozlarning  Atipik  ko‘rinishlari  borligini 
axtaradilar.  Atipik  ko‘rinishlar  bo‘lishini  premorbid  kasalliklar  va  boshqa 
omillarga bog‘laydilar. 
Kasallikning  atipik  ko‘rinishi  uning  klinik  alomatlaridan  biri  bo‘lishi  mumkin. 
MDP  ga  xos  bo‘lmagan  elementlar  qo‘shilishidai  ёки  boshqa  ruhiy  kasallikning 
belgisi bo‘lishi mumkin. O‘zga hollarda kasallik boshidan boshlab atipik kechadi, 
bu  esa  tashxisning  to‘g‘riligiga  jiddiy  gumon  tug‘diradi.  Yana  boshqa  holarda 
o‘ziga xos klinik ko‘rinishi rivojlanuncha orada atipik kechadi. Kechishi bo‘yicha 
attik  holat  og‘ir  kechayotgan,  Bosqichlarning  oraliq  davrida  yerug‘  kunlar 


bo‘lmaydigan,  avalgi  mualliflar  bo‘yicha  Surunkali  maniyalar  deb  nomlanuvchi 
uzun  fazali  kasallik  hisoblanadi.  Bosqichlar  atipiyasi  psixopatologik  alomat 
ko‘rinishlariga  vasvasa  g‘oyalari,  gallyutsinatsiyalar,  yopishqoq  holatlarning 
qo‘shilishidan bo‘lib, MDP klinikasini og‘irlashtirib yuboradi. 
Ko‘pincha  qo‘yidagi  atipik  fazalar  uchraydi.  Senestoipoxondrik  depressiya  – 
depressiyaning  tananing  turli  qismlarida  uchraydigan  senestopatik  sezgilar  bilan 
qo‘shilishi.  
Klinik ko‘rinishi bo‘yicha bularga depressiv ipoxondrik-o‘ta qimmatli ipoxondriya 
shaklidagi  depressiya  yaqinlashib  keladi.  Ipoxondriya  g‘oyalarining  mazmuni 
shundan  iboratki,  bemor  o‘zining  sog‘lig‘i  haqida  o‘ta  qayg‘uradi,  ba’zida  ichki 
a’zolari  yuq  degan  darajagacha  boradi,  o‘lib  qolishi  mumkin  emas,  abadiy 
qiynoqqa mahkum etilgandek g‘oyalariga borib yetadi. Sindrom yanada rivojlansa, 
Kotar tomonidan tasvirlangan ulug‘vorlik vasvasiga tushib qolishi mumkin. 
Gallyutsinatsiya,  vasvasa  ,ongning  sayozlashuvi  Bilan  kuzatiladigan  depressiya 
хаёлий  melanxoliya  deyiladi.  Yopishqoqlik  paydo  bo‘ladi  va  bu  og‘ir  kechadi  . 
Ko‘pgina  holtlarda  yopishqoqlik  kontrast  tavsifga  ega  bo‘lib,bemor  vaziyatlariga 
qarama  –qarshi  bo‘ladi  yoki  uning  ruhiy  kechinma  va  dunyoqarashlariga  teskari 
bo‘ladi. Bir bemor o‘zi qo‘rqadi, qizini ko‘rsa bo‘g‘ib qo‘yishi yeki qiziga pichoq 
tig‘i Bilan urish xohishi paydo bo‘ladi .Yopishqoqlik yopishqoq esdaliklar sifatida 
paydo  bo‘lishi,  odatda  ,bemor  uchun  noqulay  yeki  yuzaki  voqyealar  ko‘rinishida 
bo‘lib,xatto  suitsidal  fikrlar  ham  hayoliga  keladi  .Bu  holat  ayniqsa  bmorlar 
tomonidan  ertalablari  kuchli  qichima  hosil  qiladi  va  qechqurunga  borib  biroz 
kamayadi  .  Yopishqoqlikning  paydo  bo‘lishi  bosqichlarning  klinik  ko‘rinishini 
og‘irlashtiradi  ,uzoq  davom  etishga  moyillik  va  davolashga  rezistentlik 
(chidamlilikni ) paydo qiladi .  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə