O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

SHIZOFRENIYANI DAVOLASh 
Medikamentoz  davolash. 
Shizofreniyani  davolash  va  xurujlar  profilaktikasida 
neyroleptiklar  40  yildan  ko’proq  vaqt  davomida  qo’llanib  kelmoqda.    Bu  vaqt 
oralig’ida bu dori vositalarini samaradorligi ishonchli tarzda isbotlandi. Neyroleptiklar 
fikrlash  buzilishlarini,  vaxima,  vasvasa,  gallyutsinatsiya  va  boshqa  shizofreniyani 
belgilarini yo’qotadi. Shuning bilan birga bu dori vositalari negativ simptomlarga har 
doim ham samara bermaydi. 
 
Neyroleptiklarning ta’siri. 
1.
 
Global antipsixotik ta’siri
. Psixozni turli ko’rinishlarini to’xtatish kasallikni 
progredientligini  kamaytirish.  Bunday  ta’sirni  shok  metodlariga  o’xshatish  mumkin. 
Neyroleptiklarni bunday ta’siri emotsiotrop ta’sir bilan bog’liq bo’lib kuchli affektlarni 
(qo’rquv,  vahima,  ishonchsizlik,  maniya,  depressiya)  kamaytirishga  qaratilgan. 
Psixotik  simptomlar  (vasvasa,  gallyutsinatsiya  )  bir  necha  kun  yoki  xaftadan  so’ng 
yo’qolib boradi. Psixozga qarshi ta’sir bilan birga nojo’ya ta’sirlar (rigidlik, ikkilamchi 
sedatatsiya) paydo bo’la boshlaydi. Neyroleptiklarni global antipsixotik ta’sirini ularni 
kamaytirishi bilan bog’lashadi. 
2.
 
Birlamchi  sedativ  ta’siri
.  Gallyutsinatsiyalar  vasvasa  yoki  manikal 
qo’zg’algan bemorlarga tez tinchlantiruvti ta’sir ko’rsatadi. Psixomotor tormozlovchi 
ta’sirdan  tashqari  tashqari  bradipsixizm,  diqatni  kamaytiruvchi,  gipnotik,  vigilitetni 
pasaytiruvchi  ta’sir  ham  ko’rsatadi.  Davolashning  birinchi  xaftasi  davomida  bu 
simptomlar odatda kamayib boradi. Shuning bilan birga ayrim neyroleptiklar o’zgacha 
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday ta’sir preparat dozasi oshirilganda yoki xolikolitilar 
qo’llanganda  kuzatiladi.  Birlamchi  yoki  spetsefik  bo’lmagan  sedativ  ta’sirni 


ikkilamchi  spetsefik  ta’sirdanfarqlash  kerak.  Ikkilamchi  sedatatsiya  faqat  neyroleptik 
terapiya uchun xos bo’lib, global antipsixotik ta’sirni bir qismi hisoblanadi. Ikkilamchi 
sedatatsiya  affektiv  indeferentligi,  emotsional  reaktsiyalarni  neytralligi  va  uzoq  payt 
qo’langanda ham  yo’qolmasligi bilan xarakterlanadi.  Neyroleptiklarni bunday  effekti 
tufayli nevrozsimon va psixopatsimon sindromlarda yaxshi samara beradi. 
3.
 
Selektiv antipsixotik ta’siri
. Neyroleptiklarni alohida simptomlarga masalan, 
vasvasa,  gallyutsinatsiya,  fikrlash  buzilishi,xulq-atvor  buzilishiga  ko’proq  ta’sir 
etishi.bu  ta’sirlar  ikkilamchi  bo’lib,  global  antipsixotik  va  sedativ  ta’sirdan  so’ng 
paydo  bo’ladi.  Shuning  uchun  bu  ta’sirni  paydo  bo’lishi  uchun  uzoq  muddat 
neyroleptiklar qabul qilish lozim.  
4.
 
Faollashtiruvchi ta’siri
 (dezingibirlovchi, antiautistik). Bu ta’sir sekin paydo 
bo’lib  boradi  va  katatonikbelgilarni,  autistik  buzilishlarni  kamayishi  bilan 
bog’liqdir.ruhan  aktivlovchi  ta’sir  negativ  simptomlar  bor  bemorlarda  ayniqsa 
namoyon  bo’ladi.  Ularda  apatik-abulik  simptomlar  nisbtan  kamayadi.  Bemorlarni 
initsiativligi  oshadi,  muloqotga  kirishuvchanligi  yaxshilanadi,  psixoterapiya, 
reabilitatsiyaga  kirishuvchanligi  oshadi.  Aktivlovchi  ta’sir  davolashni  birinchi 
bosqichlarini  o’zida  bilina  boshlaydi.  Ayniqsa  kuchli  global  antipsixotik  ta’sirga  ega 
neyroleptiklar  qo’llanilganda.  Bu  ta’sir  akataziya  va  tasikineziya  bilan  birga  keladi. 
Hozirgi  paytda  dezingibirlovchi  va  antiaustik  ta’siri  birinchi  o’rinda  bo’lgan 
nevroleptiklar  gurihi  paydo  bo’ladi.  Masalan,  sulpirid,  karpipramin,  amisulpirid, 
ritakserin,  klokapramin.  Ba’zi  avtorlar  antidefitsitlar  ta’siri  deb  ham  ko’rsatishadi. 
Dezingibirlovchi  neyroleptiklarni  uzoq  muddat  qo’laganda  dofamin  retseptorlarini 
sezuvchanligi  oshib  ketishi  va  psixotik  simptomlarni  qaytalanishimumkin.  Hozirgi 
paytda  bunday  ta’sirlardan  xoli  bo’lgan  atipik  neyroleptiklar  (rosperidon,seranvel, 
sertindol,  olanzapin)  paydo  bo’ldi.  Bunday  neyroleptiklar  antidefitsitar  ta’sir  bilan 
birga sezilarli darajada psixozga qarshi ta’sirga xam ega. 
5.
 
Depressogen  ta’siri
.  Neyroleptiklarni  uzoq  muddat  qo’llaganda  o’ziga  xos 
neyroleptik  depressiya  chaqirishi.  Neyroleptikni  turiga  qarab  depressiya  depressiya 
ham  xar  xil  bo’ladi.  Sedativ  neyroleptiklar  ta’siri  da  sust  apatik  depressiya  kuyali 
antipsixotik neyroleptiklar ta’sirida geperventil depressiya paydo bo’ladi.  
6.
 
Neyrotrop  ta’siri
.  Bu  ta’sir  ekstrapiramid  nerv  sistemasida  dofamini 
blklanishi  bilan  bog’liq  bo’lib,  turli  nevroligik  buzilishlar  bilan  namoyon  bo’ladi. 
O’tkir paroksizmlardan to surunkali qaytmas o’zgarishlar ham kuzatilishi mumkin. 
7.
 
Somatotrop  ta’siri
.  Neyroleptiklarni  neyro-vegetativ  va  endokrin  nojo’ya 
ta’siri hisoblanib, qon bosimini tushishi kuzatiladi.  Neyroleptiklarni tanlashda asosiy 
e’tibor global antipsixotik va birlamchi sedativ ta’sirlarga qaratiladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə