O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200


Shizofreniyaning kechishi bo’yicha turlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Shizofreniyaning kechishi bo’yicha turlari 
Uzluksiz shizofreniya 
Kasallik bu turi to’xtovsiz kechishi bilan harakterlanadi. Kasallikni progredientlik 
darajasi  juda  keng  bo’lib  xavfli  va  sust  kechishi  mumkin  psixopatologik 
simptomatikani  kuchayishi  va  susayishi  davirlari  kuzatilishi  mumkin.  Ammo  to’liq 
remissiya  kuzatilmaydi.  Lekin  juda  ko’p  yillar  o’tishi  bilan  kasallik  stabillashuvi  
bazan produktiv va negativ simptomlarni qisman reduktsiyasi  bo’lishi mumkin. 
O’ta  progredientli  (xavfli  turi)  shizofreniya. 
Shizofreniya  bilan  kasallangan 
bemorlarni  5-8  %  ni  o’ta  progredientli  shizofreniya  tashkil  etadi.  Odatda  o’smirlik 
davrida  boshlanadi.  Kasallikni  boshlanish  davrida  shaxsni  shizoidlashuvi,  emotsional 
bir  hillik,  aktivlikni  pasayishi,  qiziqishlarni  kamayishi,  odamlar  bilan  muloqotni 
qiyinlashuvi,  xulq  atvorni  g’ayri  oddiyligi  kuzatiladi.  Keyin  psixoz  boshlanadi,  turli 
produktiv  ruxiy  buzilishlar  paydo  bo’ladi  va  kuchayib  boradi:  katatonik,  gebefrenik, 
gallyutsinator-paranoid.  Shaxsni  negativ  o’zgarishlari  ham  paralel  tarzda  kuchayib 
boradi:  apatiya,  energetik  potentsialni  pasayishi,  autizm.  Kasallik  klinikasi  faqat 
polimorfizm,  kasallik  kechish  darajasi  bilan  emas  simptomlarni  sindromal 
etilmaganligi  bilan  harakterlanadi.  O’ta  progredientli  shizofreniyani  katatonik 
gebefrenik, paranoid va oddiy formalari bor.  
Katatonik  shakli  lyutsid  katatoniya  (ongni  oneyroid  buzilishisiz)  ko’rinishida 
bo’lib substupor holatda bo’ladi va vaqti-vaqti bilan katatonik qo’zg’alish kuzatiladi. 
Ikkinchi o’rinda gallyutsinator-paranoid buzilishlar bo’ladi. 
       Gebefrenik  shakli  bema’ni  ahmoqona  hulq-atvor,  eyforiya,  qo’pol  hazillar, 
g’ayritabiy  qiliqlar,  aftni  burushtirish,  isliqi,  qiyshanqi  ko’rinishida  bo’ladi.  Vaqti-
vaqti bilan katatonik va gallyutsinator-paranoid buzilishlar kuztilib turadi.  
        Paranoid  shakliga  tartiblashmagan  vasvasa  g’oyalar  (kuzatish,  ta’sirlanish, 
buyuklik)  doimiy  bo’lmagan  verbal  soxta  gallyutsinatsiyalar,  ruhiy  avtomatizmlar 
xarakterli.  Bu  simptomlarga  vaqti-vaqti  bilan  katatoniya  qo’shilib  turishi  mumkin. 
O’ta  progredientli
 
shizofreniya  bilan  og’rigan  bemorlarda  vasvasa  g’oyalar 
rivojlanishida  paranoyyal,  paranoid,  parafren  sindromlar  ketma-ketligini  kuzatib 
bo’lmaydi. 
Oddiy  shaklda  negativ  simptomlarni  doimiy  kuchayib  borishi  kuzatiladi. 
Emotsional  qashshokqlashish, xafsalasizlik, nutqning uzuq-yuluqligi  kuzatiladi. Og’ir 
apatiko-abulik  sindrom  shakllanadi.  Katatonik  va  gallyutsinator-paranoid  buzilishlar 
vaqtincha bo’lishi mumkin.  


       O’ta  progredientli
 
shizofreniyani  dinamikasi  fojiali  bo’lib  2-5  yil  ichida  ohirgi 
bosqichiga  etib  keladi  va  o’ziga  hos  shizofrenik  aql  pastligi,  emotsional  bo’shlik, 
nutqni  qo’pol  buzilishi,  iroda  va  hulq-atvorni  buzilishi  paydo  bo’ladi.  Chuqur 
emotsional-irodaviy  defekti  paydo  bo’ladi  va  qoldiq  katatoniya,  gallyutsinator-
paranoid simptomlar kuzatilib turadi.Bu holatlar butun umr saqlanib qoladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə