O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t
Rekurrent (davriy) shizofreniya Shizofreniyani bu turi produktiv ruhiy buzilishlar xurujlari kurinishida kechadi
va sust kechuvchi shizofreniyaga uxshab shaxsni chuqur bo’lmagan o’zgarishlariga
olib keladi.
Rekurrent shizofreniya xurujlari turli strukturaga ega bo’ladi. Affektiv xurujlar
turli darajadagi yoki maniya ko’rinishida bo’ladi. Affektiv-paranoid xurujlar ham ikki
hil ko’rinishda bo’ladi: depressiv-paranoid, maniakal-paranoid. Kayfiyat buzilishlari
ta’sirlanish, buyuklik, sahnalashtirilgan, antagonistik vasvasalari, ruhiy avtomatizmlar,
verbal soxta gallyutsinatsiyalar bilan keladi. Oneyroid – katatonik xurujlarda stupor
yoki substupor katatonik qo’zg’alish epizodlari bilan ongni xiralashuvi orqali bo’ladi.
Ba’zan rekurrent shizofreniya xurujlari bir necha kun davom etishi mumkin, ko’pincha
bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etadi. Xurujlar soni xam turlichadir. Ba’zi
bemorlarda butun umri davomida bir marta xuruj bo’lsa, ba’zilarida bir nechta va
ayrimlarida o’ntadan ortiq bo’lishi mumkin. Ayrim bemorlarda barcha xurujlar bir
biriga o’xshash klinikaga ega. Ayrim bemorlarda esa klinikasi xar xil bo’lgan xurujlar
kuzatiladi. Bunda oneyroid – katatonik xurujlar affektiv vasvasa xurujlari bilan
almashinadi, ba’zan buni teskarisini kuzatish mumkin.
Rekurrent shizofreniyani maxsus turi tsirkulyar shizofreniya xam bor. Bunda
faqat affektiv (maniakal va depressiv) xurujlar kuzatiladi. Rekurrent shizofreniyani bu
turini dapressiv psixozdan ajratish juda qiyin.
Birinchi va ikkinchi xurujlardan so’ng shaxs o’zgarishlarini aniqlash qiyindir.
Faqat keyingi bo’ladigan xurujlarda shaxsni engil negativ o’zgarishlarini aniqlash
mumkin. Bunday shaxs o’zgarishlari har bir xurujdan so’ng kuchayib borishi mumkin,
lekin chuqur ruhiy defekt darajasiga etib kelmaydi. Ba’zi bemorlarda bir ikki xurujdan
so’ng uzoq davom etuvchi intermissiya kuzatilishi mumkin. Bu davrda o’tkazilgan
psixozni hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Bunday intermissiyalar deyarli sog’ayish
deb hisoblanadi.