O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

O’rta  progredientli
 
paranoid  shizofreniya. 
Ko’pincha  25-40  yoshda 
rivojlanadi.Kasallik  juda  sekin  boshlanadi.  Kasallikni  initsial  davri  juda  ko’p  yilarni 
o’z ichiga oladi. Bu davrda bemorlarda qo’rquv, obssesiyalar, senestopatiyalar,challa-
chulpa  vasvasa  g’oyalar  paydo  bo’ladi.  Initsial  davrning  o’zida  shaxsni  negativ 
o’zgarishlari  paydo  bo’ladi.Keyin  kasallikni  manifest  davri  boshlanadi.  Manifest 
davrni borishi odatda bir necha ketma-ket keladigan bosqichlardan iborat: paranoyyal, 
paranoid, parafren. Ko’pincha yana bir bosqich kasallikni ohirgi bosqichi ajratiladi. Bu 
bosqichda  gallyutsinator-paranoid  buzilishlar  yo’q  bo’lib  qo’pol  ruhiy  defekt  paydo 
bo’ladi.  
Paranoyyal  bosqichda  doimiy  yoki  o’tkir  bo’ladigan  tartiblashgan  vasvasa 
g’oyalari (rashk, kuzatilish, sudbozlik, kashfiyotchilik, isxotchilik) paydo bo’lib yillar 
davomida  kuchayib  boradi.  Paranoid  bosqichda  verbal  gallyutsinatsiyalar  kuzatiladi. 
Verbal  gallyutsinatsiyalar  asta  sekinlik  bilan  soxta  gallyutsinatsiyalarga  aylanadi. 
Ruhiy  avtomatizm  va  tasirlanish  vasvasa  g’oyalari  paydo  bo’ladi,  oxir  oqibatda 
Kandinskiy-Klerambo  sindromi  shakillanadi.  Parafren  bosqichda  fantastik  darajadagi 
buyuklik vasvasasi paydo bo’ladi. 
Shaxsni  negativ  o’zgarishlari  xam  parallel  tarzda  kuchayib  boradi.  Ohirgi 
bosqichda negativ buzilishlar chuqur ruhi defekt darajasiga etib keladi. Galyutsinator-
vasvasa  sindromlar  o’z  axamiyatini  yo’qotadi  va  yo’q  bo’lib  ketadi.  Paranoid 
shizofreniyani  ohirgi  davri  apatiko-abulik  simptomakompleks  bilan  xarakterlanadi. 
Galyutsinator  vasvasa  qoldiq  ko’rinishida  qoladi  va  shizofaziyalar  kuzatiladi.  Ba’zi 
hollarda  paranoid  shizofreneya  ijobiy  tugashi  mumkin  va  kasallik  parafren  davrda 
to’xtashi mumkin. Unda shaxs o’zgarishlari juda kuchli bo’lmaydi.  

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə