O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu: XVIII-XIX asrlar musiqiy madaniy hayot Bajardi: Ilmiy


O’rtа Оsiyodа musikiy nаzаriy tаfаkkurning rivоjlаnishi -



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#152260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-19 asrlarmusiqa madaniiyati

O’rtа Оsiyodа musikiy nаzаriy tаfаkkurning rivоjlаnishi - Sharq musiqa risolalarida kо‘tarilgan masalalar hozirgi zamon boshlang‘ich musiqa nazariyasiga yaqin turadi. Lekin ularda Sharq xalqlari о‘tmish musiqasining amaliy tomonlari bilan bog‘lik bо‘lgan masalalar ham borki, hozirgi zamon musiqa nazariyasida bular umuman uchramaydi. О‘rta asr olimlari kо‘proq musiqa nazariyasi muammolarini hal etishda maqom musiqasi bilan muqoyasa qilganlar. Bunda ular maqomlardagi parda (ton, yarim va chorak tonlar) misolida tahlil etganlar. Musiqa asarlarini tashkil etadigan elementlarning eng kichik birligi ayrim musiqa tovushi (ton) bizgacha yetib kelgan nazariy kitoblarda “nag‘ma” iborasi bilan atalgan. О‘zining baland-pastligi bilan muayyan nuqta (parda) chegarasida ma’lum vaqtgacha chо‘zilib turadigan tovush “nag‘ma” deb ataladi.
Musiqaga oid nazariy risolalardan «nag‘ma» musiqaga bog‘liq bо‘lmagan boshqa xil tovushlardan keskin farq qiladi. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bо‘ladi. Masalan, insonning qо‘pol ovozi, sozlanmagan cholg‘ularning ovozi nag‘ma sanalmaydi.
Musiqada nag‘ma ikki xil bо‘ladi:
Nag‘mai qavliy - ya’ni inson tovushi;
Nag‘mai fe’liy - musiqa asboblaridan chiqadigan sun’iy ovoz.
Baland-pastligi jihatidan turlicha bо‘lgan ikki xil nag‘madan “bо‘d” hosil bо‘ladi. Bо‘d ikki nag‘ma birikmasi va ikki tovush oralig‘ida paydo bо‘ladigan interval ma’nosini beradi. Shunday qilib, sharq musiqa nazariyasida hozirda unchalik qо‘llanilmayotgan turli iboralar mavjuddir. Shunday qilib, saroy va shahar doirasida ommalashgan boy, rivojlangan musiqa san’ati - professionallashdi, xalq musiqa zaminida о‘sdi va rivojlandi, ijod etishning qat’iy qoidalari esa xalq musiqa amaliyotining qо‘shimcha ijodiy qayta ishlashi natijasi bо‘ldi.3
XVI-XIX asrlardagi о‘zaro urushlar, shaharlarning vayronaga aylanishiga, katta feodal davlatning alohida xonliklar Buxoro, Xiva hamda Qо‘qon xonliklariga bо‘linishiga olib keldi. Bunday bо‘linish о‘zbek xalqining musiqa madaniyatida ham aks etdi. О‘zbek xonlari saroyidagi musiqiy hayot asosan temuriylarning Hirot va Samarqand saroylaridagi an’analarini davom ettirardi. Kо‘pgina shoir va musiqachilar Buxorodagi shayboniylar saroyiga, bir qismi esa Xorazmga kо‘chdi. Buxoro va Xorazmning aralash о‘zbek va tojik musiqali poetik an’analari yanada taraqqiy topishi ana shular bilan izohlanadi.
XVI asr shoir va musiqachilari, shuningdek musiqa ilmining bilimdonlaridan Najmiddin Kavkabiy Buxoriy ijodi ilmiy davralarda katta qiziqish uyg‘otadi. Uning "Musiqa haqida risola" si ustoz an’analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdi (Hoji Muhammad, Mavlono Rizo Samarqandiy) uchun musiqali poetik qо‘llanma bо‘lgan edi.
Saroy musiqachisi va nazariyotchisi Darvishali Changiyning risolasi musiqaga oid fikrlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Muallif boshqalardan farqli holda faqatgina musiqa nazariyasi asoslarini bayon qilib qolmay, balki о‘z asarining katta qismini turli davrlarda yashab ijod etgan bir qator musiqachilar faoliyati, shuningdek, saroyda mavjud bо‘lgan musiqa asboblari tavsifiga ham bag‘ishlaydi.

Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə