O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu: XVIII-XIX asrlar musiqiy madaniy hayot Bajardi: Ilmiy


Ma‘rifatparvarlik davri musiqa madaniyati



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə10/11
tarix19.12.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#152260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-19 asrlarmusiqa madaniiyati

2.2 Ma‘rifatparvarlik davri musiqa madaniyati
Musiqa - atamasi lotincha so‘zdan olingan bo’lib, muzalar (ilhom parilari) san’ati degan ma’noni anglatadi. Musiqa - bu ohang san’ati bo‘lib, borliqni tovushlar orqali ifoda etadi. Musiqiy badiiy jarayon tovushli matn (tovush balandligi, cho‘zimi, tembri va jarangdorligi)ga qaratilgan. Tovushli matn - insonni eshitish taassurotlari bilan bogiiq ichki hissiy olamini aks ettiruvchi fikrni o‘ziga xos obrazli talqinidir. Musiqani rivojlanish tarixi bevosita insonni hissiy qobiliyatini o‘sishi (musiqaning estetikasi) hamda o‘zgaruvchan madaniy muhitda tovushli matnni eshitish orqali o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liq.Yevropa musiqa tarixining ilk davri aynan Qadimgi Yunon madaniyati rivoji bilan bevosita bog‘liq. Antik musiqa madaniyati katta tarixiy davmi (miloddan avvalgi V asrdan, to milodning III asrigacha) qamrab oldi. Antik san’atda - hayotga irodalilik va muhabbat, hayotiylik, yerdagi dramatizm hamda garmonik insonni go‘zalligi o‘z ifodasini topadi. Antik san’atning mukammal mavzusi sifatida inson tanasi tanlangan. Antik tragediyalari esa san’atni sinkretik birligini gavdalab beradi. Qadimgi Yunon musiqa madaniyati haqidagi tasavvurlar arxeologik qazilmalardan topilgan buyumlar, qadimgi yozma manbalar, adabiyot yodgorliklari va maxsus musiqiy parchalar tahlilida shakllanib keldi. Qadimgi Yunon musiqasining rivoji taxminan miloddan oldingi ikkinchi ming yillikdan tortib, milodning V asrigacha bo‘lgan davmi qamrab oladi. Qadimgi Yunon musiqasining xalq qo‘shig‘i janrlari haqidagi bir qancha ma’lumotlarmavjud. Xususan “georgiki” - dehqon qo‘shiqlari, “epitalama” va “gimenei” to‘y qo‘shiqlari, “trena” yig‘i qo‘shiqlari, “embateriya” - safar qo‘shiqlari, “skolii” - davra qo‘shiqlari va yana bir qator qo‘shiq turlari rivoj topdi. Bu esa o‘z o ‘mida folklor musiqasi ma’lum darajada rivoj langanining belgisidir. Qadimgi Yunon musiqasida katta o ‘rinni xudolar sharafiga ijro etilgan qo‘shiqlar egallaydi. Masalan, “peana” va “noma” Apallon, “parfenii” va “yupingi” - Artemida, “difiramb”, “iobakx” va “fallik” Dionis, “iula” - Demetra, “metroa” - Kibela va yana bir qator xudolar sharafiga ijro etilgan qo‘shiqlar ham mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi qurbonlik marosimi “spondey” sinkretik janr bo‘lib musiqa va raqs harakatidan tarkib topadi. Ilk bor musiqani yaratgan va ijro etgan san’atkor “aed” bir vaqtning o ‘zida shoir, bastakor, qo‘shiqchi va jo ‘rnavoz (torli musiqa asbobi jo ‘rligida) vazifasini bajargan. Mashhur musiqachilar ijodi Qadimgi Yunon miflarida (Olimp, Orfey, Famirid, Marsiy) va epik poemalarida (Gomerning “Odisseya”sida Demodok va Femiy) bayon etilgan. Qadimgi Yunon musiqasining arxaik davri (miloddan avvalgi VII - VI asrlar) quyidagi mashhur ismlar bilan bog‘lanadi: Terpandr, Arxilox, Arion, Tirtey, Alkman, Stesixor, Sapfo, Alkey, Anakreont, Mimnerm, Ivika, Pindara va Vakxilidlar bilan bog‘liq. Ko‘rilayotgan davrda turli xil janrlar shakllangan. Jumladan, avlodik va kifarodik nomlar (kifara va avlos jo ‘rligidagi qo'shiqlar), avletik va kifaristik nomlar (avlos va kifara yakkasoz cholg‘ular uchun p ’yesalar), elegiya, giporxema (raqs harakati bilan bezatilgan qo‘shiqlar), epinikiya va hokazolar. Qadimgi Yunon musiqasining klassik davri (miloddan avvalgi V - IV asrlar) tragediya va komediya janrlarining rivojini yetuk pallasi hisoblanadi. Buyuk tragiklar Esxil, Sofokl, Yevripid va komediyachi Aristofan o‘z durdonalarida musiqaga muhim dramaturgik vazifani yuklaganlar. Ushbu davrda musiqa tilida novatorlik o'zgarishlar xor lirikasi vakillari va dramaturglari Timofey, Friniya, Kreks, Melanippidalar ijodida ro‘y beradi. Qadimgi Yunon musiqasi ellinistik davrda (miloddan avvalgi IV asming ikkinchi yarmidan boshlab) keng miqyosda O’rtadengiz yerlarida tarqala boshlaydi. Qadimgi- Yunon musiqasida ashula va cholg‘u namunalarini harfiy notalashtirish uslubi qo’llanilgan. Yunon musiqasi bir ovozli turda rivojlangan bo‘lsada, ashula yo‘lini cholg‘u jo ‘rligini chiqarishda garmonik intervallar hosil bo‘lgan. Qadimgi Yunonlaming lad tafakkuri asosi - tetraxodlar edi: tovushlaming musiqiy aloqalari kvartani o‘ziga xos tarkibi qamrovida anglangan. Qadimgi Yunon musiqasi amaliyotida turli xil cholg‘ular keng qo‘llanib kelingan: torli guruhga - lira, kifara, forminga, kinir, barbiton, lirofeniks, sambika, spadiks, psalteriy, magadis, pektida, epigoniy, nabl; damli guruhga - avlos turli xillari (bombiks, borim, kalam, gingr, niglar, yelim), siringlar (bir, ikki va ko‘p trubali) va trub (salpinga, keras); urm a sozlar guruhiga - timpan, sistr, kimval, krotal, psifir, roptr kabi cholg‘ular kirgan. Aleksandriyalik mexanik Ktesibiy (miloddan avvalgi III - II asrlar) birinchi suvli organ - gidravlos asbobini kashf etgani haqida ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Yunonistonda musiqiy nazariya va musiqiy estetika sohalari rivoj topgan. Pifagor va pifagorchilar ilmiy darajada musiqani bir qator akustik qonuniyatlarini izohlab berdilar. Aristoksen ilmiy izlanishlarida interval va tovushqatomi empirik-eshitish hissiyotini o ‘rganib chiqadi. Musiqa nazariya ilmidagi keyingi tadqiqotlami Nikomax, Ptolemey (milodning I - II asrlari), Aristid Kvintilian, Porfiriy, Allipiy (milodning III - IV asrlari). Musiqaning etik Konsepsiyasini bir qator antik olimlar o‘rganib chiqqanlar. Ular ichida Platon va Aristotel izlanishlari alohida e’tiborga molik.
Qadimgi Rim badiiy madaniyatining shakllanishi bevosita an’analar vorisligi (etrus, yunon, ellinistik) va Rim davlatining kengligi (miloddan avvalgi III asr oxiridan, to milodning V asrigacha) bilan bogliq edi. Qadimgi Rim madaniyati nisbatan mustaqil ravishda rivojlangan bo‘lib, musiqaga taalluqli ma’lumotlar juda kam. Bu davrlarda maishiy m usiqiy-shoirona ja n rla r (tantanavor, to‘yona, davra, zikr kabi qo‘shiqlar), harbiy Musiqa (damli cholg‘ular - rog va trubalar-da ijro etilgan) hamda saliye va “arvaliyali aka-ukalar”aytim lari mashhur bo‘lgan.
Miloddan avvalgi V asrdan boshlab Rim davlatining Yunon san’atiga moslashuv harakati kuzatiladi (mifologik mavzulami qo‘llash, ritorik maktablarida yunon tilida darso‘tish, san’at buyumlarini xarid qilish). Yunoniston kabi Rimda ham poetik asarlami (Goratsiy odalari, Vergiliy ekloglari, Ovidiy poemalari) tibiya va kifara cholg‘ulari jo ‘rligida ijro etish san’ati keng targ‘ib qilinadi. Yana bir qator cholg'ular - arfa va lirani xilma-xil turlari, gidravlos, kimval va boshqalar keng qo‘llanildi. Pontamima teatri tarkibida yakkaxon-raqqosga jo ‘r bo‘lgan xor hamda musiqa choIg‘ulaming katta guruhi kelgusida cholg‘u musiqa sohasi rivojida muhim rol o‘ynaydi. Qadimgi Rim madaniyati Yunonga nisbatan o ‘z demokratik rivojidan chetlashib, endilikda tomoshabop-orombaxsh yo‘nalishda (sirk musiqasi, teatr tomoshalari musiqasi, virtuozlar konsertlari, Sharq va Yevropa musiqachilarining konsertlari, milodning I asri yakunida imperator Domitsian - shoirlar, xonanda va sozandalar orasida “kapitoliy musobaqalar”ini tashkil etishi) rivojini davom ettiradi. Musiqaning gedonistik tushunchasiga boigan katta qiziqish Rim zodagonlari ichida havaskorlikni rivoj lanishiga olib keldi (imperator Neron “yunon musobaqalarini” tashkil qiladi va bu yerda o‘zi ham qo‘shiqchi va kifarachi sifatida qatnashadi). Mazkur davrda Rim imperiyasining taniqli musiqachilari- Anaksenor, Tigelliy, M enekrat, Mesomed, Terpniy, Diodorlar samarali ijod qilishgan. Xristian dini o‘zi bilan Rim imperiyasiga yangi madaniyatni olib kirgan. Bu madaniyat “tilparastlar” madaniyatidan tubdan farq qilib, milodning II asridan boshlab Qadimgi Rim musiqasining rivojini ilk xristian musiqasi bilan biriktiradi.
Yunoniston musiqasini badiiy (mas, «Iliada» «Odisseya») va ilmiy (Platon, Aristotel, Pifagor, Aris-toksen) meros hamda tasviriy san'at yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yu.da musiqa san'ati ijti-moiy hayotda muhim o‘rin olib, uni o‘rganish yoshlar tarbiyasi tizimiga ki-ritilgan, qo‘shiqchilik va sozandalik bo‘yicha turli musobaqalar o‘tkazilgan. Turli xalq ko‘shiqdari — georgik (dehqonchilik b-n bog‘liq), epitalama (nikoh to‘ylarida aytiladigan), tre-nos (yig‘i), embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apollon (pean), Dionis (di­firamb, fallik va b. xudolarga ba-g‘ishlangan aytimlar keng urin olgan. Shoir-xonanda (aed, rapsod — Gomer va b.)lar o‘zi yaratgan epik qo‘shikdar va dostonlarni cholg‘u (torli-tirnama forminks va b.)larni chalib ijro et­gan. Musiqaning odamlarga sehrli ta'-siri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va b.) fao-liyatiga doyr bir necha rivoyat va af-sonalar bizgacha yetib kelgan. Olimp avlos chalish yo‘llarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr kifara-ni kashf qilganlar. Olimpning sho-girdi kritlik Talet xor qo‘shiqchili-gini kiritgan. Musiqa, ayniqsa, xor qo‘shiqchiligi katta ijtimoiy ahami-yatga ega bo‘lib, vatanparvarlik ramzi darajasiga ko‘tarilgan. Harbiy (marsh-simon^) kuylari b-n birga lirika yo‘na-lishidagi janrlar (maye, Sapfoning ishqiy qo‘shiqlari, Pindarning gimn va odalari, elegiya) rivoj topgan. Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Gomerning bu asarlari paydo bo’lgunga qadar yunon xalq og’zaki ijodidan ajoyib namunalari qo’shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va masallar yunon adabiyotining haqiqiy poydevorlari edi. Gomerning qahramonlik dostonlari u yashagan (tahminan VII asr) davrdan oldingi er. avv. XI-IX asrlar voqealarini adabiy tasviridir. Er. avv. VIII-VI asrlarda yunon madaniyati taraqqiyotida Qadimgi Sharq madaniyatining ta’siri kuchli bo’ldi. Yunonlar o’zlarining Kichik Osiyodagi shaharlari orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. Bu davrning asosiy madaniy o’choqlari Milet, Lesbos, Samos edi.
Er. avv. VII asrda yashab, ijod qilgan Gisiotning didaktik asarlarida o’zi yashagan davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari aks ettiriladi (“Mehnat va kunlar”). Badiiy adabiyot eng avvalo poeziya janrida rivojlandi. Poeziya siyosat bilan bog’liq edi. Mashhur shoirlar Feognit, Solon, qisman Arxieloy siyosat bilan faol shug’ullangan edilar. Hatto Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan berdilar. Shu davrdagi Ezop masallari adabiyotda demokratik yo’nalishni aks ettirib, ijtimoiy adolatsizlikni qoralaydi.
Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo’lsa, er. avv. V asrda Afina adabiyoti va poetik ijodiyotning markazi bo’lgan birlashma. Attika tragediyasi bilan mashhur bo’lib ketdi. Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”) vinochilik xudosi Dionisning echki terisi kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlarning aytadigan xor qo’shiqlaridan kelib chiqdi. Er.avv. VII asrdayoq butun Yunonistonda shunday “Echkilar xori” yoki satirlar keng tarqalgan edi. Attika Tragediyasining tug’ilishida Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy bayramlarini ta’sis etish bo’ldi. Shoir Fespid xorga aktyorni qo’shdi. Aktyor xorga “javob” berib xor bilan diolog olib borar edi. Shu sababli tragediya dramatik ko’rinishga aylandi, tragediyada boshqa ko’rinish qatnashchilari Dionis to’g’risidagi afsona – miflardan sahna ko’rinishlari o’ynardilar, keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Er. avv. V asr birinchi yarmida Esxil tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni, Sofokl uchinchi aktyorni qo’shdi va natijada qadimgi “Echkilar xori” to’la dramaga aylandi. Attika teatri dionis sharafiga o’tkazilgan bayram vaqtida faqat uch kun tomosha ko’rsatilgan. Birdaniga uch tragediya qo’yilib, keyin “Satirik dramasi”, yana bir mifologiyadan engil quvnoq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko’rinishi ochiq havoda dumaloq maydoncha- orxestrada berilgan. Tomoshabinlar uchun o’tirgichlar Akropolning toshloq qiyaligida yunilgan, yana shu tomosha teatron deb atalgan. Ochiq va katta teatrda aktyorlar mimikasi va kiyimlarini aniq ko’rib bo’lmas edi. Shu boisdan aktiyorlar sahnaga uzun tantanali kiyim va niqoblarda va aktiyor gavdasini baland qilish uchun baland poshnali oyoq kiyim-koturnada chiqar edilar. Teart tomoshalari mart oxiri aprel boshlarida ko’rsatilar edi.
Attika tragediyasining shon-shuhrati er. avv. V asrning buyuk shoirlari- Esxil (er. avv. 525-456-yillar), Sofokl (er, avv. 496-406-yillar) va Yevripid (er. avv. 480-406-yillar) ijodiyoti bilan bog’liq edi. Esxil 80 ga yaqin tragediya yozdi, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Afinani gullab-yashnagan davrida yashagan Sofokl aytishlariga ko’ra 120 tragediya yozgan, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Uchinchi buyuk tragik bo’lgan Yevripid 90 tra tragediya yozgan bo’lib, undan 18 tasi saqlanib qolgan. Esxilning “Forslar”, “Orestiya”, “Zanjirband Prometey”, sofoklning “Antigona”, “Shoh Edip”, “Elektra”, Yevripidning “Medeya”, “Ippollit’, “Vakxankalar”, “Tavridadagi Iffegeniya”, “Fedra”, “Troyalik ayollar” kabi tragediyalari chuqur falsafiy- ahloqiy mazmunga ega bo’lib, yunon fuqarolarining tarbiyasiga va dunyoqarashiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya janri ham keng tarqalgan edi. Bizgacha etib kelgan komediyalarning ko’pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. Aristofonning “Tinchlik”, “Axaryalilar”, “Lisistrat”, “Suvoriylar”, “Qurbaqalar” va “Bulutlar” komediyalarida er. avv. V asr yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari xajv qilinadi. Yu. tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni ba-jargan. Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl, yevripid va b.) kuylarni ham yaratib, dramatik asar-larga xor va raqslar, yakka xonanda-lik shakllarini kiritgan. «Antigona» (Sofokl) tragediyasidagi xor Afina-ning milliy madhiyasiga aylangan. Ellinizm davrida katta cholg‘u ansam­bllar, organ kabi musiqa cholg‘u asbob-lari paydo bo‘lgan. Yu. musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa an'analari ta'sir ettan. Uz navbati-da, Yu. musiqasi hamda musiqa naza-riyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus al-Kotib, Ibn Surayj, Is’hoq al-Mav-siliy, Forobiy, al-Kindiy, Abul-Faraj, Isfahoniy va b.)da rivoj topgan. 9-a.da Bag‘dodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va b.ning ko‘pgina musiqa risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Foro­biy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi platoniklar goyalarini rivojlan-tirgan. Yunoniston musiqa nazariyasi-da qaror topgan tushunchalar (musiqa, melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmo­niya, diatonika va b.) hozirgi musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.6
Xristian cherkоvi antik dunyo madaniyatidan o’zi uchun zarur bo’lgan оzgina narsalarni o’zida saqlagan edi. Buyuk Karl ruxоniylar tayyorlash uchun katta mоnastirlar qоshida maktablar оchishni buyurgan. U o’z davlatida yangi maоrif tizimini yaratadi. Qirоl tоmоnidan 789 yili xalq maktablari jоriy etiladi. Qоnunga binоan maktablar ibоdatxоnalar qоshida tashkil etilib, Ruxоniylarga оddiy xalq farzandlarini bepul o’qitish buyurilgan. Qirоl sarоyida ham maktab tashkil etilib, unda Karlning do’stlari, оlimlar- sarоy akademiyasi a`zоlari dars berishgan. Akademiya deb nоmlangan sarоy оlimlari birlashmasi antik davr mualliflari asarlarini o’rganish va she`rlar yozish bilan mashg’ul bo’lishgan. Bu sarоyda tarixchi, rоxib Eyngard ( zamоndоshlari tоmоnidan mehnatsevar chumоli deya e`tirоf etilgan) va Alkuin kabilar maоrifni rivоjlantirishda katta xizmat qilganlar . Karlning o’zi ham lоtin va yunоn tillarini mukammal egallagan. Diniy maktablarda sakkiz yoshli bоlalar ham, o’smir, yigitlar ham baravar o’qigan; o’quvchilar yoshiga karab sinflarga bo’linmagan. O’quvchilar ko’pdan-ko’p duоlarni yod оlgan, o’qish va yozishni, hisоblash va cher­kоv ashulalarini o’rgangan. Ba`zi diniy bayramlarni xisоblab aniqlash uchungina astrоnоmiyadan fоydalanilgan. Geоmetriyadan cherkоv binоlarini qurish uchun talab qilingan ma`lumоtlar o’rgatilgan. Ellinizm madaniyati ta'sirida rivojlangan. Qadimgi Rim musiqasida tantanavor (galaba b-n bog‘liq), to‘y, ziyofat, diniy-marosim qo‘shiqlari bo‘lgan. Imperiya davrida poytaxtga ko‘p mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqo-salar va h.k.) to‘plangan. R.da puflama sozlardan tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va b., torli sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turla-ridan barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va b., shuningdek, gidravlos bo‘lgan. Qadimgi Rim. cholg‘u musiqasi rivojida teatr janri-pantomima muhim rol o‘ynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari, or-kestrlar jo‘rligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar orkestr-lari bo‘lgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari o‘tkazilgan.
G‘arbiy Yevropa musiqa madaniyatining keng qamrovli va davomli O’rta asr davrini bir yaxlit ko‘rinishda anglab olish juda mushkul. O’rta asrlikning boshlang‘ich nuqtasi G ‘arbiy Rim imperiyasini vayron bo‘lish davridan, ya’ni 476 yil (V asr) hisoblanib kelgan. Shu bilan birga XII asrlarga qadar musiqa san’atining faqatgina bir sohasi xristian cherkovlari musiqasi yozma yodgorliklar qoldiradi. O’rta asrlikning so‘nggi, muhim pallasi - Uyg‘onish davriga o‘tish jarayonidir. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ushbu jarayon bir vaqtda emas, balki turlicha kechgan edi. Jumladan, Italiyada - XV asrda, Fransiyada -XVI asrda Uyg‘onish davrini kuzatish mumkin. Yarim ming yillik davomida G‘arbiy Yevropa musiqa madaniyati cherkov va xalq musiqa sohalari bilan chegaralanadi, ammo XII-XIII asrlarda saroy musiqiy-shoirona ijodiyotining yangi shakllari va cherkov musiqasining yangicha ko‘rinishi bilan boyidi. Yangilanish jarayoni esa o‘z navbatida rivojlangan feodalizm shart-sharoitida sodir bo‘ladi. XVII asrga qadar cherkov musiqasi professionallik markazi bo‘lib xizmat qilgan. Cherkov madaniyati doirasida yuksak badiiy qadriyatlar, turli xil musiqiy janrlar, jumladan, musiqa nazariyasi, notalashtirish va pedagogika rivojlanganligini ko’rish mumkin,. Yevropa madaniyati uchun cherkov va saroy san’atining o’zaro bog‘lashuv jarayoni juda muhim rol o ‘ynagan. Ilk xrestian cherkov musiqasi O’rtayer dengizining bir qator madaniyati (iudey, misr-sirfya, kechki antik) an’analari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Sinagog va xram ibodatlariga antifon va responsorial psalmodiya ildizlari jalb etiladi. Madhiyalarda antik madhiyachilikning ta’siri sezilarlidir. Bibliyadan olingan parchalami xirgoya qilish an’anasi (liturgik rechitativ) ham shakllangan edi. Xristian ibodat marosimining asosiy shakllarmi paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan agapa yoki muhabbat kechalari tashkil qilgan. Ulardan esa liturgiyani kechki shakllari rivoj topadi. Asta-sekin cherkov ibodatining yaxlit, turkumli tizimi shakllanadi: kunlik ibodat (asosiy marosim-obednya), hafita ibodati (markazida yakshanba kunidagi marosim), yillik ibodati (ko‘chiriladigan va ko'chirilmaydigan bayramlar marosimlari). Ilk xristian qo‘shiqchiligi bir ovozli an’anada rivojlangan edi. Uzoq asrlar mobaynida (1 ming yillik oxirigacha) cherkov qo‘shiqchiligida ayollaming ishtirok etishi va musiqiy cholg'ulaming qo’llanilishi ta’qiqlangan. Cherkovni g‘arbiy katolik va sharq pravoslav turlariga bo‘linishi 1054-yili “sxizma” bilan rasmiy tasdiqlangan. G‘arbiy Yevropada bir qator katolizmni mahalliy markazlari, o ‘zlarining liturgiyalari bilan paydo bo‘ladilar, jumladan, rim liturgiyasi, milan liturgiyasi, qadimgi ispan liturgiyasi, qadimgi fransuz liturgiyalarini keltirish mumkin. Asta-sekin rasmiy Rim xorali (Grigorian xorali) barcha mintaqaviy an’analami chetga surdi. Kanonlashgan qo‘shiqchilik ikkita katta guruhga bo‘lingan bo‘lib, messa va offitsiyaga taalluqli bo‘lgan. Yangi kuylami bastalash Trident sobori (1545-1563) davrigacha davom etdi, so‘ngra bir qator diniy qo‘shiqchilik namunalarini ijro etish man qilindi. Masalan, tropa va sekvensiyalami ijro etish ta’qiqlangan. Tropalar liturgik dramaning tayanchiga aylandi. Cherkov ibodatining marosim matnlari va qo‘shiq namunalari maxsus kitoblarni tashkil qildi (Antifonariy, Gradual, Liber usualis). O’rta asr italyan musiqa nazariyachisi Gvido d ’Aretsso (Gvido Aretinskiy, 991-1050. Aretsso, Italiya) benedikt monastirining monarxi edi. U nota yozuvining reformatori bo’lib, 4 yo‘lakli nota yozuvini amaliyotga kiritdi. Shu bilan birga ugeksaxord tizintini nazariy asoslab berdi. IX asrlargacha katolik cherkovining qo‘shiqlari bir ovozli bo‘lib, IX -X III asrlarda ko‘p ovozli shakllar paydo b o ia boshlaydi. Bularga Zamonaviy nota yozuviga asos solgan deb hisoblash mumkin.7
Organum, diskant, gimel va boshqalami keltirish mumkin. Biroq XV-XVI asrlar oxirigacha ko‘p ovozli qo‘shiqchilik bir ovozlikni qayta ishlangan namunasi sifatida qabul qilinar edi. Ars antikua davrining Notr-Dam maktabi amaliyotida o ‘rta asr ko‘p ovozligining asosiy shakl va janrlari rivoj topadi. Cherkov musiqasini organum, motet, rondel, kondukt, klauzula, goket tashkil etadi. Ars nova davri musiqasida ko‘p ovozli messa va izoritmik motet paydo bo‘ldi. Messa va motet XV asrdan - XVI asrga qadar niderland maktabi kompozitor- lari ijodida bosh janr vazifasini bajargan edi. Cherkov ladlari (musiqa pardalari) - cherkov tonlari, grigorian ladlari, o‘rta asr ladlari deb ham amaliyotda nomlanadi. Cherkov ladining tarixiy ildizlari qadimgi yunon ladlariga borib taqaladi. Cherkov ladi bu o‘rta asr cherkov musiqasining quyidagi monodik (ya’ni bir ovozli) ladlar tizimiga ega bo‘lgan: I ton - doriy ladi, II ton - gipodoriy ladi, III ton - frigiy ladi, IV ton - gipofrigiy ladi, V ton - lidiy ladi, VI ton - gipolidiy ladi, VII ton - miksolidiy ladi, VIII ton gipomiksolidiy ladi. Cherkov ladining asosiy kategoriyalari finalis (yakuniy ton), ambitus (aytim hajmi), reperkussa (takror etiluvchi ton, psalmodiyalash). Cherkov ladining har biri o‘ziga xos kuy shakliga ega bo‘lib, psalmodiya uchun ham xarakterlidir. Boshlang‘ich (initsiy), o‘rta kadans (mediatsiya, yoki medianta), yakunlovchi (finalisi, yoki terminatsiya). O’rta asr musiqasida cherkov ladlaridan tashqari boshqa ladlar ham mavjud bo‘lgan, ammo ular musiqa nazariyasi bilan o‘rganib chiqilmadi, faqatgina Glareanning “Dodekaxord” risolasida cherkov ladlari tizimi boshqa ladlar bilan to‘ldirildi: IX ton - eoliy, X ton - gipoeoliy, X I ton - ioniy, XII ton gipoioniy. O’rta asr musiqa san’ati yangi voqeyliklar bilan yanada boyidi. O’rta asr shaharlari yillar o‘tib madaniyat markazlariga aylanadi. Yevropa davlatlarida ilk universitetlar ochiladi (Bolonya va Parijda). Sayohat qiluvchi xalq musiqachilari haqida asosiy ma’lumotlar IX - XIV asrlarga taalluqli. Sayohat qiluvchi san’atkorlar (jonglyorlar, menestrellar, shpilmanlar) turli xil davlatlarda har xil nomga ega bo‘lib saroy musiqa madaniyatining namoyandalari bo‘lishgan. Ko‘p hollarda saroy lirikasining ilk shakl ko'rinishlari aynan ulaming musiqiy amaliyotida shakllanib borgan. Sayohatchilaming o‘zi ham aktyorlik, qo‘shiqchilik, jo ‘mavoz, raqqoslik va bastakorlik ko‘rinishida maydonga chiqishgan. Ular quyidagi musiqiy cholg‘ular - truba, rog, svirel, Pan-fleyta, volinka, arfa, krot, rebab, viyela, fidel kabi musiqiy sozlarda mohirona chalishni bilganlar. Jonglyor va shu kabi artist, akrobat, musiqachi va raqqoslarda o ‘zlarining ma’lum madaniy-tarixiy an’analariga ega bo‘lish ehtimoli imkon qadar kuchli bo‘lganligini Qadimgi Rim sinkretik san’atida kuzatish mumkin. XII - XIII asrlarda G‘arbiy Yevropaning bir necha davlatlarida trubadurlar musiqiy poetik san’atining badiiy ta’siri alohida ahamiyat kasb etgan. O‘rta asr G‘arbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigo-rian xorali, keyinchalik ko‘p ovozli xor va vokal-cholg‘u janrlari-organum, kondukt va b.), dunyoviy (Fransiyada — trubadurlar, truverlar; Ger-maniyada - minnezingerlar san'ati) hamda xalq Musiqasi rivoj topadi. 12-asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), 14-asrda Fransiya va Italiyada «Are nova» uslubi yuzaga kelgan. Gvido d'Aretsso ixtiro etgan to‘rt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nag‘malar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.
Vizantiya dunyoviy professional musiqasida saroy bayram — ibodatlarida tabrik so‘zlari ko‘pchilik tomonidan qiroat b-n aytilishi (akklamatsiya), she'riy parchalar cholg‘ular jo‘rnavozligida jimjimador ohanglarda kuylanishi (evfemiya) hamda tantanali tadbirlarda kupovozli madhiya (polixromiya)larni ijro etish keng tarqalgan. Sozlardan gidravlos (suv organi), truba, simbala, keyinchalik pnevmatik organ kabilar mashhur bo‘lgan. Diniy musiqada Bibliya matnlarini bir ovozda, jo‘rsiz, o‘ziga xos ohang b-n o‘qish (psalmodiya), 4-asrdan boshlab xalq ohanglariga yaqin bo‘lgan badiha (tropar)lar, kuyi rivojlangan falsafiy lirik qo‘shiq (gimn)lar asosiy o‘rin egallagan. 5-6-asrlarda yashagan shoir va musiqachi Roman Xushxon shaklan rivojlangan asar (kondaklar)lar yaratgan. Ioann Damaskin (7-8-asrlar) diniy madhiyalarning eng atoqli muallifidir. 9-asrgacha Yevropada peshqadamlik qilgan Vizantiya musiqasi keyinchalik inqirozga uchragan. So‘nggi davr san'atkorlaridan Ioann Kukuzel (14-15-asrlar) musiqa nazariyotchisi hamda madhiyalar muallifi sifatida mashhur bo‘lgan. Vizantiyaning madaniyati, fani, san'ati, maorifi va adabiyoti Osiyo, Shimoliy Afrika, Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarning madaniy taraqqiyotiga katta ta'sir o‘tkazdi. Shu sababli Vizantiya madaniy merosi olimlar tomonidan hamon o‘rganib kelinmoqda.8

Xulosa
XVIII-XIX asrlarda har bir hududda musiqiy madaniy rivojlanish jaddallashgan desak mubolag’a bo’lmaydi.Lekin ularda Sharq xalqlari о‘tmish musiqasining amaliy tomonlari bilan bog‘lik bо‘lgan masalalar ham borki, hozirgi zamon musiqa nazariyasida bular umuman uchramaydi. О‘rta asr olimlari kо‘proq musiqa nazariyasi muammolarini hal etishda maqom musiqasi bilan muqoyasa qilganlar. Bunda ular maqomlardagi parda (ton, yarim va chorak tonlar) misolida tahlil etganlar. Musiqa asarlarini tashkil etadigan elementlarning eng kichik birligi ayrim musiqa tovushi (ton) bizgacha yetib kelgan nazariy kitoblarda “nag‘ma” iborasi bilan atalgan. 
XIX asrda Markaziy Osiyo shaharlarida ilmiy izlanishlarini olib borgan tarixchi olim G.Vamberi Dashti Qipchoq o’zbeklarining Movarounnahrni bosib olishi bilan bu yerlarda madaniyatning mushkullikka uchraganini yozadi. XVI-XIX asrlardagi Markaziy Osiyo tarixining yirik mutaxassislaridan P.P.Ivanov esa o’zbeklarning hukmronliklari eski madaniy merosni davom ettirdi, ilgarigi madaniy va diniy an’analarni yana ham rivojlantirdi, deb yozadi.
XVI-XIX asrlardagi о‘zaro urushlar, shaharlarning vayronaga aylanishiga, katta feodal davlatning alohida xonliklar Buxoro, Xiva hamda Qо‘qon xonliklariga bо‘linishiga olib keldi. Bunday bо‘linish о‘zbek xalqining musiqa madaniyatida ham aks etdi. О‘zbek xonlari saroyidagi musiqiy hayot asosan temuriylarning Hirot va Samarqand saroylaridagi an’analarini davom ettirardi. Kо‘pgina shoir va musiqachilar Buxorodagi shayboniylar saroyiga, bir qismi esa Xorazmga kо‘chdi. Buxoro va Xorazmning aralash о‘zbek va tojik musiqali poetik an’analari yanada taraqqiy topishi ana shular bilan izohlanadi.
XVIII -XIX asrlarda har tomonlama musiqa madaniy hayot rivojlanadi.Musiqa san’ati aynan shu vaqtlar rivojlanganligi sababli ham o’zida beqiyos manbalarni olib qolgan.



Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə