|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidanBiometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimiTermiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi
Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan
foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay,
autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy
sabab barmoq izlari bo‘yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan
dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro‘yxatga
olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga
oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir–biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna,
«pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida
xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar»
bilan taqqoslanadi.
Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy
element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo,
daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli
qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan
autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan
elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining sig‘im
qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-
o‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor
ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri
vazifasini o‘taydi (2-rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir
plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va
pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va
pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.
|
|
|