107
qo‘l
panjasining geometrik shakli;
yuzning shakli va o‘lchamlari;
ovoz xususiyatlari;
ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali
xarakterlanadi:
xatolik inkorlar koeffitsiyenti FRR (false-reject rate);
xatolik tasdiqlar koeffitsiyenti FAR (false-alarm rate).
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo bo‘ladi (odatda
FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy
foydalanuvchi
shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi).
Bu ikkala koeffitsiyent bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsiyentining har biriga ma’lum
xatolik tasdiq koeffitsiyenti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda
ikkala xatolikning ikkala
parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski,
biometrik tizim ideal emas,
shu sababli nimanidur
qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar
koeffitsiyentini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsiyentiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: