BAHO O'QUVCHI 0‘ZLASHTIRISHIGA TA’SIR QILADIMI?
Aylana yoki uchburchak... u bolani xafa qilmaydi
Ilmira Hasanova, Sergeli tumanidagi 104- maktabning boshlang'ich sinf
o'qituvchisi:
—Birinchi sinf o'quvchisining har qanday intilishini qadrlash lozim.
Dabdurustdan yomon bahosi bilan maktabga endigina qadam qo'ygan bolaning
orzularini bir zumda yo'qqa chiqarishga hech bir o'qituvchining haqqi yo'q. Shuning
uchun har bir bolaga individual yondashib, o'qish istagidagi barcha harakatlarini
rag'batlantirish zarur. Bu borada joriy qilingan ball sistemasida baholash eng oqilona
yo'ldir. Biroq birinchi sinf o'quvchisiga «1» baho emas, ball deb tushuntirsangiz-da, u
baribir baho deb tushunadi. Shuning uchun har gal birinchi sinfni qabul qilganimda
ularni maktab ta’limiga moslashgunlaricha baholamayman. Balki rag'batlantiraman.
Ya’ni, gul — «5», gulning yaprog'i — «4», shunchaki aylana — «3», uchburchak —
«2»ni anglatadi. Rangli uchburchakni qo'lga kiritgan o'quvchimga bu uchburchak
«ikki»ni anglatadi deb hech qachon izoh bermayman. Har bir predmet ball
hisoblanishini, faqat ular yaxshi yoki sustroq javob berilganiga qarab turlicha
21
bo'lishini tushuntirganman. Shuning uchun turli rangdagi aylana yoki uchburchak
olgan bolalarim ham xafa bo'lishmaydi. Uning o'rniga «gul»ni qo'lga kiritish istagida
yaxshiroq harakat qiladi. 1- sinfda bolani ana shunday rag'bat usuliga o'rgatib,
ikkinchi sinf boshidan raqamli baholashga ko'niktirish, ularning o'qishga bo'lgan ilk
qiziqish va ishtiyoqini so'ndirmaslik uchun xizmat qiladi.
Bu tajribaning kichik o‘quvchi uchun yoqimli va ruhini cho'ktirmaydigan
tomonlari borligiga ota-onalar fikrlari bilan tanishganimda amin bo'ldim.
—
O‘g‘lim birinchi sinfni muvaffaqiyatli boshladi. Harflar tugab, vazifalar
ko'paygani sayin u «ikki», «uch» ball olib keladigan bo'ldi. Natijada uyga berilgan
topshiriqlarni ham bajarishga hafsala qilmay qo'ydi. Bir kuni «dardi»ni aytdi: —
She’rni yaxshi aytib bersam ham baribir ustoz menga «uch» qo'yadi. Yodlamasam,
«ikki» qo'yadi. Farqi nima?
Shundan keyin farzandimning oladigan bahosi bilan bog'liq ruhiy holatlariga
qat’iy e’tibor qaratdim. Vaziyat taqozosi bilan Ilmira Hasanova ishlaydigan maktab
joylashgan tumanga ko'chib keldik va o'g'lim o'qishni shu sinfda davom ettirdi.
Boshida sinf jamoasiga ko'nikishga qiynalgan bo‘lsa-da, o'g'lim deyarli «gul» yoki
«yaproq» olib keladi. Savollarga beradigan javoblarida qat’iylik, o'ziga ishonch
tug'ildi bolamda. Hozir vazifalarni ham mustaqil bajaradi, maktabga avvalgidek
erinib yoki xohlamasdan emas, aksincha, orziqib ketadi. Farzandimning o'quvchilik
taqdirida yuz bergan bunday o'zgarish keyinchalik ham menga saboq bo'ladi, —
deydi Muxtasar Jo'rayeva.
Baho o‘qishga undashi kerak
Yunusobod tumanidagi 302- umumta’lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Sanoat Nurmatova esa boshqacharoq tajribasi bilan o'rtoqlashdi.
—
Darsga tayyorlanmagan bolani yaxshiroq harakat qildirish, mas’uliyatni
chuqurroq his qilishi uchun ham har doim a’lo baho qo'yib bo'lmaydi. Har bir
o'quvchini mehnatiga yarasha baholash kerak. Har qanday vaziyatda ham bola
rag'batlantirib turilsa, tushkunlikka tushmaydi. Uning o'rniga xatolarini
takrorlamaslikka tirishadi. Buning uchun quyidagi usuldan foydalanaman: hafta
mobaynida «to‘rt» olmagan o'quvchiga yulduzcha sovg'a qilaman. Agar bir-ikkita
22
«to‘rt» olsa-da, bolaning intilishlari namunali bo'lsa, uni ham yulduzcha bilan
siylayman. Bir oy oxirida 4ta yulduzcha, ya’ni har haftada yulduzcha olgan bolaga
kitob sovg‘a qilaman. Buni ko‘rgan sinfimdagi yaxshi yoki o'rta o'qiydigan
o'quvchilar ham qiziqadi, havas qiladi va o'zlari ham qatorasiga rag'batlarni qo'lga
kiritishga harakat qiladi. Chunki o'quvchi uchun o'qituvchining e'tibori hamma
narsadan ustun turadi.
—
O'quvchilarim hozirda 4- sinfda o'qiyapti. Baho bolaga u yoki bu tarzda
ta’sir ko'rsatadi. Menimcha, har bir baho o'qituvchi tomonidan izohlanishi kerak.
«Mana bugun juda yaxshi o’qiding, so'zlarni ham burro- burro talaffuz qilding,
shuning uchun «besh» bilan baholanasan», deyilganda o'quvchi o'ziga nisbatan
alohida e’tiborni his qiladi. Xuddi shunday har bir «ikki» izohlanishi kerak. Masalan,
diktantdan «2» olgan bolaga nisbatan «Sunnatilla, sen mana bu so'zlar imlosini
yaxshi bilar eding. Lekin darsda diqqatingni bir joyga jamlamaganing uchunmi,
nimagadir xatolikka yo'l qo'yibsan. Kel, yana bir bor o'tgan mavzulardagi grammatik
qoidalarni yodga olamiz. O'ylaymanki, har bir yo'l qo`yilgan xatoni tuzatasan...» kabi
tadbir tutilganda bola nima uchun past baho olganining isbotini ko'radi va qayta shu
natijani takrorlamaslikka urinadi. Shuningdek, o'tgan mavzularni mustahkamlashga
o'qituvchining e’tibori jalb qilinadi. Yana sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlaridan
o'quvchidagi yaxshi rivojlanmagan malakalarni shakllantirish maqsadida
foydalanaman. Qayta-qayta mashq qildirish natijasida o'quvchining bilim darajasi
oshadi va tabiiyki, baholari ham ko'tariladi”, — deb masalaga yondashadi Mirzo
Ulug'bek tumanidagi 112- maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Muhabbat Umarova.
Baho nisbiy narsami?
Biz o'quvchiga baho nisbiy narsa, olingan bilimlar muhim deya tushuntiramiz.
Biroq boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun kundalikka qo'yilgan baho haqiqiydek
hisoblanadi. Shuning uchunmi sinfdagi «a’lochi» maqomiga ega bolalar ko'p qo‘l
ko'tarib, ko'p javob berib, ko‘p baho olishni istaydi. Bunday vaziyatda olingan
bilimlar mukammal bo'larmikan? Baho yuqori bo‘lsa-yu, bilim sayoz bo‘lsa-chi?
Faol bo‘lmasa-da, berilgan har bir savolga to'g'ri javob beradigan kamtar bolalarga
23
tengdoshlarining o'zidan so'zamolligi tufayli o'zib ketishi malol kelmaydimi? Bu kabi
muammolar xususida Ilmira Hasanova shunday deydi:
—
O'qituvchi har bir darsda imkoni boricha butun sinf jamoasini baholay
olishi kerak. Hech bo'lmaganda, bolaning darsga qanday tayyorgarlik ko'rganini
nazorat qila olishi darkor. Shundagina har bir o'quvchi berilgan vazifaga jiddiy
qaraydi. Yana sinfdagi yetakchi bolalarda o'zlarini ko'rsatish, birinchi bo`lish istagi
yuqori bo`lganligi uchun ham ular topshiriqlarni dars jarayonining o'zidayoq bajarib,
tezda baholanishni xohlaydilar. Biroq bunda o'zlashtirish sayoz bo'lib qolishi
mumkin. Chunki tez qabul qilingan ma’lumotlar inson xotirasidan qisqa muddatda
o'chib ketadi. Shuning uchun, boladagi har bir qilingan harakatni hurmat qilgan holda
unchalik faol bo'lmagan bolalarni ham bahslarga, savol- javoblarga ko'proq jalb qilish
kerak. Ularni ham fikri teran, har qanday vaqtda vazifaga yechim izlaydigan faol
o'quvchiga aylantirishda o'qituvchi ter to'kishiga to'g'ri keladi. Shu mehnat ortidan
esa, albatta, sinf jamoasining ko'rsatkichlari yuqori bo'lishiga erishiladi.
Bola olayotgan har bir bahoda ota-ona omilining o‘rni bo’lishi zarur. Ayniqsa,
har bir qo'yilgan «2» dan ota-ona xabar topishi, kerak bo'lsa, o'qituvchi tomonidan
aytilishi kerak. Bu o'quvchining yo'l qo'yayotgan kamchiligini to'g'rilashga va
ruhining tushib ketmasligiga xizmat qiladi. Ota-onalarning bu o'rinda bolani asossiz
ravishda «nimaga ikki olding?» deb koyiyverishidan hech qanday naf yo'q...
Xuddi shu o'rinda bizga psixolog maslahati yordamga keladi:
—
Boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun tanqid yoqimsiz narsadir. Xuddi shu
kabi «ikki» ham u uchun muvaffaqiyatsizlik, ojizlik belgisidek tuyuladi. Shu bois
birinchi sinf o'quvchisiga «2» baho qo'yilmasa maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoki har
bir past bahoni ham bolaning ko'nglini o'ksitmagan holda, ehtiyotkorlik bilan qo'yish
zarur. Sababi birgina baho o'quvchining umumiy bilim olish darajasiga ta’sir qilmay
qolmaydi. Yoxud matematikadan misol yechishga qobiliyati zo'r bolani she’rni
ifodali o'qib bera olmaslikda ayblab, u fandan «5», bu fandan «2» qo'yilsa,
o'quvchida fanlarni ajratish hissi paydo bo'ladi. Bora-bora shu bola «adabiyotdan
mening iqtidorim yo'q», deb o'ziga- o'zi xulosa chiqarishi mumkin. Bu esa
24
gullamoqchi bo'lgan gulni uzib olish bilan barobardir, — deydi Shayxontohur
tumanidagi 167- maktab psixolog Sevara Anorboyeva.
Turli qarashlar, yondashuvlardan ko'rinadiki, qo'yilayotgan har bir ijobiy va
salbiy bahoning o'quvchiga, uning o'zlashtirishiga ta’siri, albatta, bo'ladi. Shunday
ekan, muhtaram o'qituvchilarimiz bilim olishga qiziqish aynan boshlang'ich sinfdan
boshlanishini nazardan qochirmagan holda har bir bolani munosib taqdirlasalar, shu
bolalar kelajakda ham olgan mukammal bilimlari tufayli munosib mavqelarga
sazovor bo'ladilar, deb umid qilamiz.
Inson borliqning bir bo'lagi sifatida undagi har bir voqelikka o'ziga xos
mulohaza bilan yondashsa, ko'rgan, eshitgan voqealarini ziyraklik bilan mulohaza
qilsa, o'qish qobiliyatiga ega bo'lsa, ijodiy fikrlasa, uning tafakkuri qarashlarida
yangilik, samara bo'lishi muqarrar. Bunday jarayonda mustaqil ta'limdan foydalanish
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ona tili darslarida va darsdan tashqari
mashg'ulotlarda mustaqil ta'limdan foydalanish o'quvchilarda bilim, ko'nikma,
malakalarni shakllanishida juda katta ahamiyatga egadir. O'quvchilaming mustaqil
fikr yuritishi, aqliy va ijodiy faollikka undash, erkin fikr, kasbiy mas'uliyat
elementlarini his qilishga qaratilgan jarayondir.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarini mustaqil ta’lim asosida o'qitish ta'lim
tizimining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim egallashda amal
qilinadigan qonun-qoidalarga aniqlik kiritish lozim bo'ladi. Umumdidaktik prinsiplar
qatorida mustaqil ta'lim tamoyillari quyidagicha ishlab chiqildi. Ular:
- ta'limning insonparvarlik va demokratik ruhda amalga oshirilishi;
-bilim oluvchi shaxsiga yo'naltirilganligi;
- bilimlami o'zlashtirishda individual va jamoaviy yondashuv;
- o'quv materialini modullar asosida o'zlashtirish;
- o'quvchilaming mustaqil ijodiy fikrlashi, og'zaki va yozma nutqini
rivojlantirish;
- o’quvchilar nutqining ifodaliligini oshirib borish;
- oddiydan murakkablik darajasiga borish;
25
- mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirish
kabilarni o'z ichiga oladi.
Mazkur tamoyillar asosida o'quvchilaming mustaqil bilim olishlari har bir
o'quvchi tomonidan
o'zlashtirilgan bilimlarni to'g'ri va foydali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi.
Mustaqil ta'lim o'quvchilaming ona tilini o'qitish sohasidagi bilimlarini
oshirishga, ulami mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Boshlang'ich sinf
o'quvchilariga darsda va darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar
beriladi. Bu esa o'z navbatida ona tilini o'qitish tizimida o'quv-tarbiya jarayonining
muhim shakli sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili bo`yicha bilimlarini kengaytirish va
chuqurlashtirish, hayotga ongli munosabatni shakllantirish, ta'limning tarbiyaviy
tamoyilini kuchaytirish, qiziqishini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatish
aynan mustaqil ta'lim asosida amalga oshiriladi. Bunday ishlar o'z shakli va
mazmuniga ko'ra xilma-xil bo'lib, bevosita asosiy darslarning davomi hisoblanadi.
Shu bilan birga mustaqil ta'limda amalga oshirish qiyin bo'lgan vazifalarni hal
qilishga keng yo'l ochiladi. Ona tili darslarida mustaqil ta'limning turli xil usullaridan,
ya'ni ta'lim texnologiyalaridan foydalanish mumkin.
O'quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo, unga tayyorlash o'qituvchi tomonidan
materiallarni muammoli tarzda bayon etilishi kabi yo'llar bilan hosil qilinadi. Bunda
quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik
asosida o'rganish, namunaviy mustaqil mashqiar, yangi turdagi topshiriqlar,
o'zlashtirilgan usullarni amalda qo'liashga oid vazifalami bajarish, ijodiy ishlami
o'rgatishni o'z ichiga oladi.
O'quvchilar bilan o'qituvchi o'rtasida yo'l qo'yilishi lozim bo'lgan amaliy mashq
usullaridan biri bu yozma bahs usulidir. Bunday usulda muloqot o'matish natijasida
o'quvchilaming erkin tarzda mustaqil fikrini ifodalash imkoniyati kengayadi, yozma
nutqi rivojlanadi. Og'zaki muloqot jarayonida bayon qila olmagan fikriarni bemalol
yozma shaklda bildirish uchun sharoit yaratiladi.
26
Bugungi kunda maktab o'quvchilarining yozma nutqini qoniqarli ahvolda deya
olmaymiz. Ular o'z fikrlarini hamma vaqt ham mantiqiy izchillikda bayon qila
olmaydilar. Ayni bir vaqtning o'zida bu usulni o'quvchilar bilan o'qituvchi hamda bir
guruhdagi o'quvchi bilan o'quvchi orasida qo'llash mumkin. Bu bosqichda o'quvchilar
o'z fikrlarini yozma tarzda bayon qila olishlari lozim. Matnda ulardan o'zlarining
shaxsiy nuqtai nazarlarini aniq ifodalashlari talab etiladi. Matn orqali boshqalaming
fikrlari, nuqtai nazarlariga ijobiy ta'sir ko'rsatishlari kerak.
O'quvchining o'quv faoliyatini individuallashtirish imkoniyati sifatida
quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
a)
matn ustida ishlay olishi; b) o'z fikrini mantiqiy izchillikda bayon eta
bilishi; v) kattalarning nuqtai nazarlariga asoslanib turib ishlay olish ko'nikmasi va
hokazo.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarda faqatgina ona tili darsliklari
bilan cheklanib qolmasdan hamkorlikda o'qitish texnologiyasidan ham fbydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Ona tili fanini chuqur o'zlashtirishda hamkorlikda o'qitish usullari bizga
yaqindan yordam beradi.
Ona tili darsini boshlashdan oldin o'quvchilami bir necha guruhga ajratib, mavzu
bo`yicha tuzilgan o'quv topshiriqlari asosida ularning mustaqil va ijodiy ishlarini
tashkil qilish mumkin. Har bir topshiriq bo'yicha savol-javob o'tkazilib,
o'quvchilaming javoblari tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining guruhlarda o'qitish usulidan foydalanib,
o`tiladigan darsning borishini quyidagicha loyihalash tavsiya etiladi:
1.Tashkiliy qism.
2.O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.
3.O'quvchilami dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
4.Yangi mavzuni o'rganish.
a)o'quvchilarni guruhlarga ajratib, guruh a'zolari tomonidan bdgilangan o'quv
topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish;
b)
o'quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
27
5.Yangi mavzu yuzasidan guruhlar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi o'tkazish.
6.
Mavzu matnida berilgan o'quv mashg'ulotini uyushtirish.
7.Test savollari yordamida o'quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.
8.Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
9.Uyga vazifa berish.
Guruhlar o'rtasidagi o'quv bahsi,
munozara o'quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining
natijasi, yakuni sanaladi.
Masalan: Mavzu: Nutq, gap va so'z.
Darsning maqsadi: a) bilimlarni mustahkamlash, o'quvchilar faolligini oshirish,
mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish; b) hamjihatlikda ishlashga o'rgatish.
Darsning metodi: interfaol.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
O'quvchilar 6 guruhga bo'linadilar. Har qaysi guruhda 5-6 tadan o'quvchi
bo'ladi. Ular quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:
- intizomli bo'lish;
- bir-birlarini hurmat qilish, faollik ko'rsatish, hamkorlikda ishlash;
- do'stining fikrlarini qadrlash;
- vaqtdan unumli foydalanish;
O'quvchilarni guruhlarga bo'lish.
O'quvchilar stoldagi rasmli kartochkalardan xohlaganlarini tanlab oladilar va
o'zlarining qaysi guruhga mansubliklarini rasmlar orqali (ovozsiz) topib oladilar.
1-guruh:
mevalar - olma, nok, uzum, olcha.
2-guruh:
sabzavotlar - sabzi, karam, kartoshka, piyoz.
3-guruh:
don ekinlari - mosh, gurnch, no'xot, loviya, makkajo'xori.
4-guruh:
daraxtlar - terak, tol, chinor, archa, majnuntol.
5-guruh:
poliz ekinlari: - qovun, tarvuz, handalak, qovoq, bodring.
6-guruh:
dorivor o'simliklar - yalpiz, ismaloq, otquloq, isiriq, beda.
O'quvchilar guruhlarini topib, belgilangan joyga doira shaklida o'tiradilar.
|