O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

uslubiy ko„rsatmalar
berilgan. 
Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o‗tilgan me‘yoriy-qonuniy 
hujjatlar va huquqiy aktlar hamda O‗zbekiston Respublikasi Mulkni 
baholash milliy standarti (10-son MBMS) ―Ko‗chmas mulk qiymatini 
baholash‖ ham ko‗chmas mulk qiymatini baholash faoliyatini tashkil 
etishda, ham ko‗chmas mulk qiymatini baholovchi mutaxassislarni 
tayyorlashda asosiy negiz bo‗lib xizmat qiladi. 
 
6.2. Ko„chmas mulk qiymatini baholashning xalqaro standartlari va 
ularni baholash obyekti turlari bo„yicha qo„llanish xususiyatlari 
 
Mulkni baholash standartlari Xalqaro qo‗mitasi (MBAXQ) 1981-
yilda tashkil etilib, 1985-yilda BMT reestriga kiritilgan edi. Moliya 
hisobida foydalanish uchun mulkni baholash tadbiri bo‗yicha Standartlar 
va amaliy tavsiyalarni jamiyat manfaatlari maqsadida qo‗llash va e‘lon 
qilish MBAXQning asosiy vazifalariga kiradi. Ushbu tashkilot 
homiyligida Xalqaro baholash standartlari (XBA) yaratilgan bo‗lib, ular 
mulkni baholashning asosiy ta‘riflarini belgilaydi va voqea-hodisalarga 
boy o‗zgaruvchan dunyoda faoliyat yuritishning asosiy tamoyillarini 
taklif etadi. 
Mamlakatimizda mulk qiymatini baholashda qo‗llaniladigan 
O‗zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standartlari bu sohada 
yetarlicha tajriba to‗plangan Baholashning xalqaro standartlari asosida 
ishlab chiqilgan. Baholashning xalqaro standartlari baholash standartlari 
bo‗yicha xalqaro qo‗mita (International Valuation Standards Committee 
– IVSC) tomonidan ishlab chiqiladi, bu xalqaro tashkilot jahonning 50 


170 
dan 
ortiq 
mamlakatning 
baholovchilar 
kasbiy 
tashkilotlarini 
birlashtiradi. 
AQShda ham, Yevropada ham ―me‘yorlar‖ yoki ―andozalar‖ga 
qonunlarning muttasil to‗plami sifatida qaralmaydi. Shuning uchun 
IVSC a‘zolari bo‗lgan 50 ga yaqin davlatning umumiy fikrini ifodalaydi. 
Baholashning xalqaro standartlari siyosiy qarashlarga bog‗liq 
bo‗lmagan iqtisodiy tamoyillarning yagonaligini aks ettiruvchi 
mustahkam asosga ega. 
2000-yil 1-iyulda IVSC Xalqaro baholash standartlarining yangi 
tahririni qabul qildi (MBS – 2000), unga kiritilgan hujjatlarning soni 
ilgari amal qilgan MBS hujjatlaridan deyarli ikka marta ko‗p bo‗ldi. 
2001-yil 26-iyulda esa MBSning 2001-yilgi tahriri qabul qilindi (MBS - 
2001). Bu nashr MBS – 2000 nashri qoidalarini rivojlantiradi va 
chuqurlashtiradi hamda baholash xizmatlari bozoridagi dolzarb 
o‗zgarishlarni aks ettiradi. MBS – 2001 ga moliyaviy hisobotlar 
maqsadlari uchun baholash bo‗yicha xalqaro qo‗mita (IVSC) ishtirokida 
mukammallashtirilgan tavsiyalar kiritilgan.
Baholash usullari va amaliy tadbirlarni o‗z ichiga oluvchi bilimlar 
sohasining yakuniy muhokamasi standartlar oldida turgan vazifalar 
doirasiga kirmaydi. Biroq turli kasbiy fanlar o‗rtasidagi muvofiqlikni 
ta‘minlash va til to‗siqlari bilan bog‗liq qiyinchiliklarni kamaytirish 
uchun 
standartlar 
baholashning 
umumiy 
tushunchalariga 
va 
tamoyillariga bag‗ishlangan kirish bo‗limini o‗z ichiga oladi, u har bir 
standart uchun xos bo‗lib xizmat qiladi. Bozor qiymati va undan farq 
qiluvchi bazalar tegishlicha 1- va 2-standartlarda ko‗rib chiqiladi. 
MBS – 2001 standartlarini qo‗llash bo‗yicha ikkita tavsiyani o‗zida 
mujassamlashtirgan. Qaysiki, ular standartlarni moliyaviy hisobot 
maqsadlarida va garov ostida kreditlash maqsadlarida qo‗llashning 
o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rib chiqadi. 
MBS – 2001 ko‗chmas mulk, ijara huquqlari, mashinalar va 
jihozlar, nomoddiy aktivlar, biznesni baholash, shuningdek, baholash 
chog‗ida zaharli ifloslanishni hisobga olish masalalariga bag‗ishlangan 
yana yettita uslubiy qo‗llanmani o‗z ichiga oladi. MBSga Izohlarda (1-3) 
rivojlanayotgan bozorlarda baholash, jamiyat (davlat) sektori aktivlarini 


171 
baholashni o‗tkazishning o‗ziga xos xususiyatlari, shuningdek, bank 
nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasining (Basel committee of banking 
supervision) talablariga muvofiq aktivlarni baholash bilan bog‗liq 
masalalar ko‗rib chiqilgan. Standart foydalaniladigan atamalarning 
mufassal glossariysi bilan ta‘minlangan. 
Baholashning Yevropa standartlarini ishlab chiqishda Yevropa 
asosiy fondlar baholovchilari guruhi (TEGOVOFA) muhim rol 
o‗ynaydi, u 1977-yilda G‗arbiy Yevropa mamlakatlari baholovchilari 
milliy tashkilotlarining notijorat uyushmasi sifatida tashkil etilgan edi. 
Shunga o‗xshash tashkilot EUROVAL bilan qo‗shilganidan keyin, 
ushbu guruh hozirda ―Yevropa baholovchilar uyushmalarining guruhi‖ 
deb nomlanadi (The European Group of Valuers Associations – 
TEGoVA). Mazkur tashkilotni tashkil etishda asosiy maqsadlardan biri 
– Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlaridagi professional 
tashkilotlarning qarashlarini namoyon etuvchi baholashning umumiy 
standartlarini yaratish va baholash amaliyotiga joriy etishdan iborat.
Hozirgi vaqtda Yevropa ittifoqining professional baholash 
tashkilotlari TEGoVA a‘zolari hisoblanishadi, unda Markaziy va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Chexiya Respublikasi, 
Vengriya, Polsha, Bolgariya, Ruminiya va Albaniya faol ishtirok 
etmoqda. TEGoVA baholash bo‗yicha Xalqaro qo‗mita bilan uzviy 
hamkorlikda ishlaydi. 
Yevropa baholash standartlari (YEBS)ning asosiy xususiyatlaridan 
biri qabul qilingan Yevropa qonunchiligiga muvofiq moliyaviy 
buxgalteriya hisobotlarini tuzish maqsadida bajariladigan baholashga 
yo‗naltirish hisoblanadi.
Standartlar baholovchining maqomi va malakasi, baholashni 
amalga oshirish shartnomasi va baholash haqidagi hisobotlarning 
mazmuni, shuningdek, muayyan vaziyatlarda baholashga nisbatan 
uslubiy yondashuvlar bilan shartlangan baholashni bajarish sifatining 
eng kam yo‗l qo‗yiladigan darajasini belgilab beruvchi mo‗ljal 
hisoblanadi. Yevropa baholash standartlari tashkilot a‘zolari uchun 
majburiy xususiyatga ega emas, lekin Yevropa ittifoqining (YEI) 
tegishli me‘yoriy hujjatlariga kiritish uchun ishlab chiqilgan eng yaxshi 


172 
tajribani namoyon etuvchi va YEI mamlakatlarining tegishli milliy 
standartlarini qabul qilishga turtki beruvchi standartlar sifatida qabul 
qilish uchun tavsiya etiladi. YEBSning maqsadlari quyidagilarni 
ta‘minlashdan iborat:
-
aniq tavsiyalar berish yo‗li bilan baholovchilarga ularning 
mijozlari uchun kelishilgan hisobotlarni tayyorlashda yordam berish; 
-
bozor qiymatini standart asosida aniqlash va baholashga nisbatan 
yondashuvlardan foydalanish yo‗li bilan kelishilgan baholarni belgilash; 
-
umumiy qabul qilingan malaka darajasini tasdiqlash yordamida 
sifat standartlariga ega bo‗lish; 
-
yer va qurilish resurslaridan samarali foydalanishni iqtisodiy 
tahlil qilish uchun aniq asoslar; 
-
baholovchi rolini tushunishni oshirish; 
-
milliy qonunchilik hamda baholash va buxgalteriya hisobining 
xalqaro standartlariga muvofiq qiymatning aniq, bir xil aniqlanishini 
ta‘minlovchi tadbirlarni belgilash. 
Yevropa baholash standartlari batafsil bayon etilishi bilan ajralib 
turadi, ularda MBSda ko‗rib chiqilmaydigan, biroq o‗zining asosiy 
tamoyillariga ko‗ra MBSga o‗xshash bo‗lgan qo‗shimcha masalalar ham 
yoritiladi. 
Yevropa baholash standartlari (―Zangori kitob‖)ning so‗nggi 
tahriri 2000-yilda qilingan edi. Mazkur hujjat 9 ta standart va 13 ta 
uslubiy tavsiyani o‗z ichiga oladi. Bunda 1-3 standartlarda ushbu 
standartlarning Xalqaro baholash standartlariga mos kelishi bilan bog‗liq 
masalalar, shuningdek, baholovchining malakasi va uning kasbiy etikasi 
bilan bog‗liq masalalar ko‗rib chiqiladi.
Baholashning asosiy tamoyillari va baholash haqidagi hisobotni 
tuzishga nisbatan asosiy yondashuvlar 4-standartda berilgan. Mazkur 
standart baholashning asosiy maqsadlari va baholash asoslarini 
aniqlashni, shuningdek, bozor qiymati, ijara huquqlari qiymati, YEI 
qonunchiligiga muvofiq baholash qiymati, adolatli qiymat, mavjud 
foydalanishdagi qiymat, eskirishni hisobga olgan holda o‗rin bosish 
qiymati kabi turli xildagi qiymatlarni aniqlashni o‗z ichiga oladi.


173 
Moliyaviy hisobot maqsadlari uchun baholash bilan bog‗liq 
masalalar 5-standart bilan reglamentlanadi. Unda aktivlar tavsifi va unga 
asoslangan baholash asosini tanlash berilgan. Standart yana bir bo‗limni 
o‗z ichiga oladi. Unda asosiy ta‘riflar berilgan, baholash 
metodologiyasining masalalari, yer, binolar hamda maxsus obyektlarni 
baholashning o‗ziga xos xususiyatlari yoritiladi.
Garov sifatida ko‗chmas mulkni, shuningdek, ipoteka kreditlashi 
chog‗idagi boshqa predmetlarni baholash muammolariga 6-standart 
bag‗ishlangan. Ushbu standartda garov qiymati, majburiyatlarning 
maxsus qiymati kabi tushunchalarning ta‘rifi berilgan, shuningdek, 
baholovchiga nisbatan alohida talablar, ya‘ni uning mustaqilligi, 
javobgarligi va maxsus bilimlarga ega bo‗lishi belgilangan. 
Bo‗lajak sanada ko‗rsatilayotgan qiymat bilan bog‗liq baholash 
masalalarini tartibga solish, unda investitsiya qiymati, kelajak yoki 
o‗tgan sanaga baholash, bo‗lajak qiymatni oldindan aytib berish kabi 
tushunchalar 7-standartda ochib berilgan. 
Investitsiya va sug‗urta kompaniyalari hamda pensiya fondlarining 
qimmatli qog‗ozlariga investitsiyalar qilish masalalarini 8-standart 
qamrab olgan. Standartda YEI ko‗rsatmalariga muvofiq bozor qiymatini 
aniqlash bilan bog‗liq masalalar hamda baholash metodologiyasi, 
baholovchining malakasiga doir masalalar ko‗rib chiqilgan. 
Baholash natijalarini taqdim etish bilan bog‗liq masalalar va 
baholash sertifikatining shakllari 9-standartda ko‗rib chiqilgan. Mazkur 
hujjat baholash bo‗yicha quyidagi 13 ta uslubiy tavsiyalarni o‗z ichiga 
oladi: 

qiymatga ta‘sir etuvchi omillar; 

maxsus obyektlarni baholash; 

investitsiyalar uchun mo‗ljallangan aktivlarni baholash; 

qishloq xo‗jaligi obyektlarini baholash; 

ko‗chmas mulk indekslarini baholash; 

xalqaro baholash; 

qo‗shma korxonalar va mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarni 
baholash; 

yer va binolar o‗rtasidagi qiymatlarni taqsimlash;


174 

turli mamlakatlardagi baholashning o‗ziga xos xususiyatlari. 
EBSga 
baholovchilarni 
sertifikatlash, 
baholash 
haqidagi 
hisobotlarni taqriz qilish, baholovchining etikasiga taalluqli ilovada 
berilgan.
Mulkka soliq solish va uni majburiy begonalashtirish maqsadlarida 
baholash Yevropa baholash standartlarining predmeti hisoblanmaydi. 
Biroq unda bayon etilgan umumiy tamoyillar qandaydir boshqa ma‘lum 
bir qo‗llanma mavjud bo‗lmagan hollarda ishlatilishi mumkin.
EBSdagi tavsiyalardan har qanday ko‗rinishda chetga chiqish 
tijorat yoki huquqiy jazo choralarini keltirib chiqarishi mumkin. Va 
aksincha, standartlarga muvofiqlik ehtiyotsizlik bo‗yicha sud da‘vosini 
ko‗rib chiqishda qarshi tomon foydasiga dalillar bo‗lmaganda amaliy 
huquqiy himoyaning bir qismi bo‗lishi mumkin.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə