O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

AXBOROT VA HISOBOTLAR TIZIMI 
 
7.1. Ko„chmas mulk qiymatini baholash jarayonida baholovchi 
tashkilotning axborot va moliyaviy hisobotlari tizimi 
 
O‗zbekiston Respublikasida baholash xizmatlari sohasiga oid zarur 
huquqiy baza shakllantirilgan va ularning faol rivojlanishi uchun 
iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. O‗zbekiston Respublikasida baholash 
faoliyati oxirgi yillarda sezilarli darajada aniq va ahamiyatli natijalarga 
erishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar o‗zgarishsiz 
bo‗lmaydi, baholash faoliyati, mutaxassislik faoliyatining turi sifatida 
olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning joriy talablariga javob berishi 
lozim. Milliy amaliyotimizning joriy va bo‗lgʻusi holati tahlili 
ko‗rsatishicha, yaqin yillarda baholash faoliyatining sifati yanada ortishi 
bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayonlar, ayniqsa, xususiylashtirish 
sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini tartibga solish 
uchun xizmat qiladigan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud va ular 
amaliyotda uzoq yillardan beri qo‗llanib kelinmoqda.
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
- shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmuyi, shu 
jumladan muayyan turdagi (ko‗char yoki ko‗chmas) mol-mulk;
- mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‗lgan 
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
- talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
- xizmatlar, axborot, intellektual mulk obyektlari va qonun 
hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‗lishi mumkinligi belgilangan 
boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
Baholash obyektini baholashdan o‗tkazish uchun o‗ziga xos 
asoslar mavjud. Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‗rtasida 
tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
sud ajrimi baholash obyektini baholashdan o‗tkazish uchun asoslardir. 


177 
Baholash obyektini baholash to‗g‗risidagi shartnomaga oid majburiy 
talablarga ham e‘tibor qaratish lozim. Baholovchi tashkilot va 
buyurtmachi o‗rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga 
muvofiq tuziladi. Shartnomada quyidagilar ko‗rsatilishi kerak va ushbu 
ma‘lumotlar baholovchi uchun baholash jarayonida qo‗shimcha axborot 
manbayi bo‗lib xizmat qiladi:

baholash obyektining nomi;

baholash obyektini baholashning maqsadi;

baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;

baholash obyektini baholashdan o‗tkazish muddati;

baholash obyektini baholashdan o‗tkazgani uchun pul mukofoti 
miqdori. 
10-sonli Mulkni baholash milliy standartida ko‗chmas mulk 
qiymatini baholashda axborotlar manbayi sifatida quyidagilar belgilab 
qo‗yilgan: 

buyurtmachi yoki o‗zga vakolatli shaxs tomonidan taqdim 
etiladigan boshlang‗ich axborot; 

baholovchi baholash obyektini ko‗zdan kechirish jarayonida 
hamda baholash obyekti mulkdori va (yoki) undan foydalanuvchilar 
bilan suhbatlashish natijalariga ko‗ra olgan axborot; 

uchinchi shaxslar va tashkilotlardan olingan, shuningdek, 
ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‗ida e‘lon qilingan 
axborot. 
Boshlang‗ich axborot quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim: 

ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni va u bilan tuzilgan 
bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish to‗g‗risidagi guvohnomani; 

yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni;

hokimiyat organlarining yer uchastkasini berish (ajratish) 
to‗g‗risidagi qarorini; 

binolar va inshootlarga doir kadastr hujjatlarini; 

baholash obyektiga boshqa shaxslarning huquqlarini yuklashlar 
(baholash obyektiga bo‗lgan huquqlarga nisbatan cheklashlar) 
mavjudligi haqidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan hujjatlarni;

baholanayotgan 
yaxshilashlarning 
hajmiy-rejalashtirish 
va 


178 
konstruktiv tavsiflariga doir axborotni o‗z ichiga olgan hujjatlarni; 

baholash obyektidan mavjud foydalanishga doir axborotni; 

ko‗chmas mulk obyektining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi 
haqidagi ma‘lumotlarni; 

baholash obyekti va uning qismlarini rivojlanish rejalari (yangi 
qurilish, rekonstruksiya, ta‘mirlash) haqidagi ma‘lumotlarni; 

yuridik shaxslarga qarashli bo‗lgan obyektlarga nisbatan 
baholash obyektining so‗nggi hisobot sanasidagi balans (qoldiq va 
boshlang‗ich) qiymati to‗g‗risidagi ma‘lumotnomani; 

retrospektiv va prognoz moliyaviy axboroti, shu jumladan 
obyektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy ko‗rsatkichlari 
(xarajatlar moddalari bo‗yicha yillik foydalanish xarajatlari, daromadlar 
manbalari bo‗yicha obyektdan foydalanishdan olingan daromadlar)ni. 
Taqdim etilayotgan boshlang‗ich axborot baholash obyekti 
mulkdorining (agar baholash obyekti yuridik shaxsga qarashli bo‗lsa) 
imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga 
qarab, baholovchi boshlang‗ich axborot ro‗yxatini kengaytirishi yoki 
baholashni amalga oshirish jarayonida kerakli axborotni talab qilib olishi 
mumkin. 
Baholash obyektini ko‗zdan kechirish chog‗ida baholovchi 
yaxshilashlarning tavsiflari va amaldagi holati haqida ma‘lumotlar 
yig‗ish maqsadida obyektni tekshirishni amalga oshiradi. 
Baholovchi quyidagilarni tavsiflovchi bozorga oid axborotni 
qo‗shimcha ravishda yig‗ishi va tahlil qilishi lozim: 

baholash obyektining qiymatiga ta‘sir etuvchi makroiqtisodiy 
(huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa) omillarni aniqlash 
uchun baholash obyekti joylashgan mamlakat va mintaqadagi ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni; 

baholash obyekti joylashgan mintaqadagi ko‗chmas mulk 
bozorini va uning baholash obyekti mansub bo‗lgan segmentini; 

baholash obyekti joylashgan yerni (obyektning yaqin atrofidagi 
muhitning joriy tavsifi, obyekt atrofidagi hududni rivojlantirish rejalari). 


179 
Baholash obyektini baholashdan o‗tkazish natijalari baholash 
to‗g‗risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash to‗g‗risidagi 
hisobotda quyidagilar ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak:

baholash to‗g‗risidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib 
(ro‗yxatdan o‗tkazilganlik) raqami;

baholash obyektini baholashdan o‗tkazish uchun asos;

baholash obyektini baholashning maqsadi;

baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;

baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) 
va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 
litsenziya to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;

baholash obyektini baholashdan o‗tkazgan baholovchining 
(baholovchilarning) malaka sertifikati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;

baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga 
aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek, 
baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;

baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash 
obyektini baholashdan o‗tkazishda foydalanilgan ma‘lumotlarning 
mazkur ma‘lumotlar olingan manbalar ko‗rsatilgan holdagi ro‗yxati;

baholash obyektini baholashdan o‗tkazish izchilligi, shuningdek, 
olingan natijani qo‗llanish chegaralari;

baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;

baholovchi 
tashkilot 
foydalanadigan 
hamda 
baholash 
obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar 
ro‗yxati. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə