O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/194
tarix19.12.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#151361
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби дарслик 5230900 1 қисм

Moliyaviy 
natija; 
financial 
results; 
результaты финaнсовой 
деятельности; 
korxona, tashkilot, birlashma, aktsionerlik jamiyati va 
hokazolarning ma’lum hisobot davrida, uning tadbirkorlik jarayonida qilgan 
xarajatlari va tushimi o‘rtasidagi farqdir. 


384 
Natural o‘lchovlar; 
natural measurement; нaтурaльный измерение
buxgalteriya hisobidagi o‘lchovlarning biri bo‘lib, uning yordamida buxgalteriya 
hisobi ob’yektlari to‘g‘risida natural (massa, uzunlik, metr va h.k.) ko‘rinishidagi 
ko‘rsatkichlar olinadi. Natural o‘lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va 
boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Natural 
ko‘rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu ko‘rsatkichlar xo‘jalik 
mablag‘larini baholash yo‘li bilan pul o‘lchoviga aylantiriladi. 
Netto-balans; 
netto-balance; нетто-бaлaнс; 
qiymatidan tartibga soluvchi 
moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi. 
O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab), 
ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi 
buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha 
kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlar; 
intangible assets; немaтериaльные aктивы; 
korxona maxsulot ishlab chikarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki 
maxsulotni realizatsiya qilish maqsadida yoki uzoq vaqt mobaynida ma’muriy yoki 
boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan, moddiy-ashyoviy 
mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari. 
Passiv; 
passive; пaссив; 
buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda 
korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. 
Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan 
iborat. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə