O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi masofaviy II – bosqich bhtm-1 guruh talabasi Suyunov Xumoyunning Falsafa fanidan “


Alohidalik, xususiylik va umumiylik



Yüklə 195,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü195,28 Kb.
#154085
1   2   3   4
4-mavzu

Alohidalik, xususiylik va umumiylik
– narsa va hodisalarning bir-biriga 
о‘
xshash va 
farq qiluvchi tomonlarini ifodalaydigan kategoriyalardir. Ular olamga xos munosabat va 
aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik shakllariga,
har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda 
о‘
zaro birlikni ifodalovchi umumiy 
tomonlarini ifodalaydigan tushunchalardir. 
Alohidalik kategoriyasi olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo’lgan aniq, yagona, 
takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydi. Mazkur kategoriya tabiat va ijtimoiy 
hayotdagi narsa, alohida hodisa, juz’iy fakt va yagona voqea haqidagi tushunchalarni ham 
bildiradi. Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an’ana, milliy xarakter, 
psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va 
mazmunda boshqa xalqlarda takrorlanishi mumkin 
b
о‘
lmagan ayrimlikdir. Shuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi - yurak-tomir kasalliklari 
sistemasida 
о‘
ziga xos belgi va xususiyatlariga ko’ra ayrimlikni ifodalaydi. Alohidalik 
kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir tomonini ifodalaydi, 
xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga xos belgilar bilan, ayni 
paytda materiyaning konkret kо‘rinishlari, predmet voqea va hodisalarigaо‘
xshash, aynan 
tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud. 
Umumiylik kategoriyasi narsa, hodisa, jarayonlarga xos asosiy, doimiy takrorlanadigan 
belgilar va xususiyatlar yig’indisini bildiradi. Bu kategoriya narsalarning kelib chiqishi jihatidan 
umumiy ekanligi, ular taraqqiyot umumiy zanjirining uzviy bog’liq halqalari ekanligi, bir hil 
qonuniyatlarga bo’ysunishi mumkinligini anglatadi. Masalan, har qanday 
о‘
tish davri eski 
jamiyatdan yangisiga o’tish muammolarining hal etilish shakli b
о‘lib, uning mazmuni mavjud 
ijtimoiy, iqtisodiy munosabat, tartiblarni tubdan 
о‘zgartirishdan iborat. Misol uchun,


О‘zbekistondagi hozirgi o’tish davrida ana shunday о‘zgarish amalga oshmoq
da, ammo bu 
jarayonda faqat bizning mamlakatimizga xos xususiyatlar ham bor. Xullas, umumiylik ayrimlikka 
nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa, hodisa va jarayonlarga xos bo’lgan ichki qonuniyatni, 
umumiy asosni, 
о‘
xshashlikni anglatadi. 
Alohidalik va umumiylikni bo
g‘
lovchi halqa xususiylik kategoriyasidir. U alohidalik 
mazmunini anglatadigan kategoriyadir. Masalan: vodorod – alohidalik, gaz – xususiylik, kimyoviy 
element – umumiylikni ifodalaydi. Alohidalik, xususiylik, umumiylik 
о‘rtasidagi munosabat 
dialektik xarakterga ega b
о‘lib, ularning tafovuti nisbiydir. Dunyoda va bilish jarayonida mazkur
tushunchalar aniq shart-sharoitga k
о‘
ra bir-biriga 
о‘
tishi, 
о‘
rin almashishi ham mumkin. Ammo 
falsafada yana bir qator umumiy tushunchalar ham borki, ular nihoyatda keng mazmunni 
ifodalaganligi sababli xususiylik kategoriyasiga misol bo’lishi mumkin emas. 
Masalan, "olam", 
"harakat", "makon", "zamon" va h.k.
Alohidalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari voqelikdagi aniq narsa, hodisa, 
jarayonlar orqali mavjuddir. Olamdan ajralgan alohida yoki umumiy tushuncha bo’lishini tasavvur 
qilish qiyin. Mazkur kategoriyalar 
о‘rtasidagi о‘
zaro munosabat masalasini faylasuflar turlicha 
izohlaganlar. Gegel fikricha, umumiylik aniq narsalarga bo
g‘
liq b
о‘
lmagan holda, qandaydir 
mustaqil shaklda mavjud b
о‘lib, alohidalikdan avval vujudga keladi va uni belgilaydi: "umumi
ylik 
ayrimlikning negizi va zaminidir, tomiri va substansiyasidir». Alohidalik umumiylikka nisbatan 
mazmunan boy b
о‘lib, o’zida umumiylikka xos belgilardan tashqari yana muayyan belgilarni 
ifodalaydi. Umumiylik esa alohidalikning muhim, asosiy, ichki belgisi, munosabatlarini 
k
о‘
rsatadi. Alohidalik va umumiylik olam taraqqiyotining bosqichlari va ifodalanish shakllari 
sifatida ichki aloqadorlik munosabatida namoyon b
о‘ladi. Alohidalik
umumiyliksiz yashashi 
mumkin bo`lmaganidek, umumiylik ham alohidaliksiz mavjud bo`lmaydi. Demak, olamdagi har 
bir aniq narsa, hodisa umumiylik, xususiylik va alohidalikning birligi sifatida mavjud va namoyon 
b
о‘ladi. Ushbu kategoriyalarning mohiyati va о‘
zaro bo
g‘
liqligini ilmiy asosda tushunish fan va 
amaliyot uchun nihoyatda muhim. Mazkur kategoriyalar bilish jarayonining bosqichlari sifatida 
ham namoyon b
о‘ladi. Hissiy bilish (alohidalik)
va abstrakt, mantiqiy bilish (umumiylik) 
о‘rtasidagi alo
qadorlik bilishning oddiy, alohida shaklidan umumiylikka qarab borishini k
о‘
rsatadi 
va ushbu jarayonni t
о‘g‘ri tushunishga imkon yaratadi. Masalan, shifokor bemorni davolashga 
kirishishdan avval undagi kasallikning belgilari (alohidalik)ni 
о‘
rganadi, bu belgilardan qaysi biri 
qanday kasalliklarga taalluqli ekanligini (xususiylik), ayni vaziyatda ulardan qaysi biri muhim, 
ichki qonuniyat (umumiylik) ekanligini aniqlagach, mazkur kasallikni davolashga kirishishi 
mumkin. Alohidalik, xususiylik va umumiylik 
о‘rtasidagi о‘
zaro bo
g‘
liqlikni t
о‘g‘ri tushunish 
narsa va hodisalarning muhim belgilarini ochish orqali amalga oshadi. Bu kategoriyalar 
rivojlanishning asosiy 
yо‘l
va y
о‘nalishlarini belgilab olish, vo
qelikning u yoki bu jihati haqida 
ilmiy xulosalar chiqarish uchun imkon beradi.
Demak, alohidalik, xususiylik va umumiylik 
kategoriyalari olamda amal qiluvchi qonuniy jarayon va shu jarayonning inson tafakkuridagi 
intiqosi b
о‘lib u olamga xos yashash va r
ivojlanish jarayonining muhim tomonlaridan birini t
о‘g‘ri 
tushunishga imkoniyat yaratadi. Butun va qism kategoriyalarini 
о‘
rganishda quyidagilarga e’tibor 
qaratish lozim:
Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashgan va 
о‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina 
о‘
z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalikdir. 


Ushbu tushunchalarning umumlashishi ob`ektiv olamdagi xilma-xillikning mohiyatan 
yaxlitligi bilan ifodalanadi. Biroq ular alohida-alohida holatda ham voqelikdagi biron-bir reallikni 
idrok etishga imkon tu
g‘
diradi. Ob`
ektiv olam bepoyon bо‘
lgani va u juda k
о‘p nisbiy 
butunliklardan tashk
il topgani uchun butun boshqa butunlikning 
qismi b
о‘
lishi, qismi esa boshqa 
elementlarga nisbatan butun vazifasini 
о‘
tashi ham mumkin. Masalan, yer shari o’zi butunlik 
b
о‘lib, bu makondagi boshqa barcha n
arsa, hodisa, jarayonlar uning qismlaridir. 
Q
uyosh 
sistemasiga nisbatan yerqism b
о‘
lsa, galaktikaning esa bir zarrasi – elementidir. Yer sharidagi jonli 
va jonsiz jismlar uni tashkil etgan qism ekanligi haqida fikr yuritilganda, ularni kontekst (matn)dan 
ajratgan holda talqin etish jiddiy xatoliklarni
g‘
ayriilmiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. 
Chunonchi, odamzod tirik tabiatdagi yagona bir tur, ya’ni bir butunlikdir. Uning milliy (etnik), 
irqiy, sinfiy, diniy va boshqa tafovutlari shu sotsial butunlikning turlicha namoyon bo’lishi, 
binobarin, ular ham biologik, ham sotsial mavjudot b
о‘
lgan odamzod turiga nisbatan qismlardir. 
Butun va sistema, qism va element tushunchalaridagi umumiylik bilan birga tafovutni ham anglash 
muhimdir. Butun hajm jihatidan sistema tushunchasiga teng. Biroq, sistema 
о‘
z tarkibida nisbatan 
mustaqil butunliklarni ham qamrab oladi. So’ngra "butun" de
ganda sistemali tashkillanishdagi 
о‘ziga xos birlikka urg’u berilsa, "sistema"da xilma
-xillikdagi birlik tushuniladi. Agar butun 
q
ismlardan tashkil topsa, sistemaga struktura va elementlar xosdir. Qism o’z holicha faqat butun 
doirasidagina ma’lum ma’no kasb etadi, u butunning sifat muayyanligi belgilarini 
о‘
zida aks 
ettiradi va mustaqil ravishda mavjud b
о‘la olmaydi. Element esa qismdan far
qli o’laroq harqanday 
sistemaning muayyan tarkibiy qismi b
о‘lib, materiya rivoji tashkillanish darajasining navbatdagi 
nisbatan quyiroq darajasiga 
о‘
tish chegarasini anglatadi. Element sistemaga nisbatan har doim 
boshqa sifatdagi ob`ekt ham b
о‘la oladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi davlat tuzilishi 
sistemasi nisbatan mustaqil harakat qiluvchi to’rt element (hokimiyat)dan tashki
l topadi: qonun 
chiqaruvchi, ijroiya, sud organi va ommaviy axborot vositalari. Davlat sistemasi doirasida, bir-
birining ishlariga aralashmay, faqat 
о‘
ziga xos funksiyalarni bajarganlari taqdirdagina bunday 
davlat sistemasi hayotiy, ta’sirli va qudratli b
о‘ladi. Agarda, о‘
sha to’rt elementga bir butunning 
tarkibiy qismlari sifatida q
aralsa va munosabat bildirilsa, ularning samarali ishlashiga jiddiy putur 
yetadi. "Butun
-
qism" munosabatlaridagi elementlarni tahlil etganda, elementlarning
ikki turi 
borligini nazarda tutish lozim. Zero, miqdoriy jihatdan butun qismlar yigindisidan kattarokhajmga 
ega. Boshqacha aytganda, qism butunsiz, butun esa qismsiz b
о‘
lmaydi. Ularni dialektik birlikda 
olib qarash va munosabat bildirilgandagina t
о‘g‘ri x
ulosalarga kelish mumkin. Zaruriyat va tasodif 
— voqealar rivojida va davomida sodir b
о‘ladigan hodisalarni tavsiflaydigan, obyektiv olamdagi 
aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyadir. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari 
zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala 
о‘
tgan k
о‘plab 
faylasuflarning e’tiborini 
о‘
ziga jalb etgan edi. Ba’zi faylasuflar voqelikdagi narsa, hodisalar 
muayyan sabablar asosida sodir b
о‘lar ekan, demak, olamda tasodif bо‘
lmaydi, har qanday hodisa 
ma’lum sabablar tufayli yuzaga keladigan zaruriyatdir, deb qaraganlar. Dunyoda tasodifga 
о‘
rin 
yо‘q
, mavjudlik va taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar. qadimgi dunyo 
falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari, yangi zamon falsafasining Golbax, Spinoza kabi 
namoyon
dalari metafizik determinizm pozitsiyasida turganlari 
holda ana shunday qarashni ilgari 
surdilar. Levkipp biron
-bir buyum sababsiz yuzaga kelmaydi, ammo u ma’lum zamin, zaruriyat 
tufayli tug‘iladi, degan edi.
Demokrit va Golbax nazarida ham barcha hodisalar zaruriy b
о‘lib, 
kishilar tabiat q
onunlaridagi sababiy bog‘lanishlarning turini tо‘
la bilmaganliklari uchun 
tasodiflarga o`
rin beradilar, hodisalar sababi bilingan hamono tasodifiylik barham topadi, 
binobarin u sub`ektiv mazmundagi kategoriyadir, deb hisoblaganlar. Olam, undagi 
о‘
zaro 
munosabat, alokadorlikni, sababiyatni inkor etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamda 


zaruriyat 
yо‘q
, zaruriyat – aqliy faoliyatning shakli (I. Kant), tafakkurga xos tushuncha (YE. Max, 
K. Pirson), kishilar iroda va istagining namoyon bo`lish natijasidir, deb hisoblaydilar. 
Ma’lum sharoit mavjud bo’lgan taqdirda albatta yuz beradigan hodisa yokivoqea zaruriyat 
deb ataladi. Zaruriyat rivojlanuvchi hodisaning mohiyatidan, ichki tabiatidan kelib chiqadi. 
Zaruriyat muayyan hodisa uchun doimiy va barqarordir. Zaruriyatdan farqli ravishda, tasodifning 
sodir b
о‘lishi shart emas. U muayyan predmetning mohi
yatidan kelib chiqmaydi. Tasodif beqaror 
va vaqtinchadir, ammo u sababsiz yuz bermaydi. Shu bilan birga zaruriyat va tasodif dialektik 
tarzda 
о‘
zaro bo
g‘
liq: voqea bir jihatdan zaruriyat b
о‘
lsa, boshqa jihatdan tasodifdir. Zaruriyat va 
tasodif bir-biriga aylanishi ham mumkin: bir sharoitda zaruriyat bo’lgan narsa boshqa bir sharoitda 
tasodif b
о‘
lishi mumkin va aksincha. Tasodif zaruriyatni t
о‘
ldiradi, uning namoyon b
о‘
lish shakli 
hisoblanadi. K
о‘p tasodiflar orqasida hamisha ob
`ektiv zaruriyat yashiringan b
о‘ladi. 
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar dialektikasini 
tasniflovchi va ayni paytda tara
qqiyot jarayonidagi turli hodisa, jarayonlar nisbatini ifodalovchi 
о‘
zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir. Atrofga nazar tashlar ekanmiz, tabiiyki, bir 
qarashda hodisalar tizmasidagi qaysi bir hodisa zaruriy, qaysi biri tasodifiy ekanligini ajratish 
qiyin. Kuzatish, amaliy tajriba asosida hodisalarning ichki va tashqi, muhim va muhim b
о‘
lmagan 
belgilarini aniqlash tufayli zaruriyat va tasodifni umumiy aloqadorlik holatining 
о‘
ziga xos 
shakllari sifatida bilish va farqlay olish mumkin. 
Zaruriyat bu hodisa ichki elementlarining mohiyati bilan bo
g‘
liq, sababi va zamini o’zida 
b
о‘
lgan voqealar rivoji jarayonida qonuniy va mukarrar tarzda ro`y beradigan hodisadir. Jumladan, 
tabiatda tirik organizmlarning modda almashinish jarayoni hayvon va 
о‘
simliklarning hayot 
kechirishini belgilovchi zaruriyatdir. 
Tasodif esa rivojlanishning tadrijiy jarayoni bilan bo
g‘
liq b
о‘
lmagan, asosi va kelib chiqish 
sababi mazkur hodisaning ichki mohiyati, muhimtomoni bilan emas, balki tashqi jarayon va aloqa, 
omillar bilan belgilanadigan hodisadir. Masalan, biror 
о‘
simlik uru
g‘
ining shu turdagi 
о‘
simlik 
uru
g‘
i b
о‘
lmagan joyga tushib qolishi va uning yangi sharoitda unib-
о‘
sishi tasodifiydir. Chunki, 
uru
g‘
ni bir joydan ikkinchi joyga eltib qo’yilganligi, uni avvalgiga qaraganda boshqacharoq 
sharoitga tushib qolganligining sababi uru
g‘
ning 
о‘
zida ham emas, shuningdek, uning ichki 
mohiyati bilan ham belgilanmaydi. Yana misol: muayyan hududdagi hosilning do`l yog

ishi 
tufayli nobud bo’lishi, qur
g‘
oqchilik sababli alohida xo`jalikda ro`y beradigan hosilsizlik 
umumiylikni anglatmaydigan tasodif, ayrimlikdir. Binobarin, zaruriyat rivojlanish jarayonida 
qat’iy izchillikda, muayyan tartib va shaklda voqea b
о‘lad
i. Tasodif esa ayni sharoitda ro`y berishi 
ham, r
о‘
y bermasligi ham mumkin.
Shu sababli, siz ushbu kategoriyalarning mazmunini chuqur bilishingiz zarur. 
3.Imkoniyat va voqelik 
– olamdagi narsa, hodisa va jarayonlar taraqqiyotining 
davomiyligini, ularning bir-biriga o`tib turishini anglatadigan falsafiy kategoriyalar. Taraqqiyot va 
rivojlanish deganda, biz asosiy va muhim xususiyati b
о‘
lgan olamdagi 
о‘zgarishni, yangilanishni, 
bir shakldagi narsalarning ikkinchisi bilan almashinishini, quyi organizmlarning, jism va oddiy 
hodisalarning murakkabroq shakl va mazmundagilariga aylanish jarayonini tushunamiz. Tabiiyki, 
bu jarayonlar 
о‘
z-
о‘
zicha, mexanik tarzda sodir b
о‘lavermaydi, balki muayyan zaruriyat, 
qonuniyat asosida ro`yobga chiqadi. 


Shunga e’tibor beringki, falsafaning sabab va oqibat, mazmun va shakl, zaruriyat va 
tasodif, mohiyat va hodisa singari kategoriyalari voqelikdagi 
о‘zgarish, yangilanish holatlarining 
muh
im tomonlari, bog‘lanish holatlari va asosiy tamoyillarini ifodalasa, imkoniyat bilan voqelik 
uzluksiz rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil bosqichi, davri, holatini hamda bu 
davrlar 
о‘rtasidagi о‘
zaro munosabatni ifodalaydi. 
Imkoniyat va voqelikning boshqa kategoriyalar bilan umumiyligi shundaki, bular ham 
mazkur kategoriyalar singari dunyoni aks ettiradi va umumiy tarzda amal qiladi. Ammo farqli 
tomoni bu – voqelikdagi rivojlanish va 
о‘zgarish jarayonining umumiy, mu
him, ayrim tomon va 
tendensiyalarini ifodalabgina qolmay, balki rivojlanish jarayonining ichki jihatini k
о‘
rsatadi va bir 
butunligini ochib, rivojlanishning quyi va yuqori bosqichlari 
о‘rtasidagi dialektik munosabatni 
ifodalab beradi. 
Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini ifodalovchi muayyan shart-
sharoit va vaziyat majmuidir. Narsa hamda hodisaning ichki tabiatiga kо‘
ra zaruriy ravishda 
reallashishi lozim b
о‘
lgan, ammo hali yuzaga chiqmagan voqelikdir. 
Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi b
о‘lib, real holat va mavjud bо‘lib turgan 
hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir. Voqelik tushunchasi 
о‘
z mazmuniga k
о‘
ra, fan va 
falsafada ikki ma’noni anglatadi: birinchidan, olamdagi barcha mavjud narsalar reallikdan iborat, 
ikkinchidan, ayrim narsa yoki hodisalarning ro`yobga chiqishini anglatuvchi imkoniyatning 
yuzaga chiqmaganligi ma’nosini anglatadi. Ikkinchi ma’nodagi voqelik umumiy olamning bir 
b
о‘lagi sifatida konkret narsa va hodisalar tarzida namoyon bo’lishi bilan birga inson ongidagi 
ifodasi hamdir. Demak, voqelik olam qonunlarining zaruriyat asosida ro`yobga chiqqan 
imkoniyatini, mavjud b
о‘lib turgan narsa va hodisalarni bildiradi.
Imkoniyat va voqelik qarama-qarshi tomonlarning birligi sifatida dialektik munosabat, 
о‘
zaro bo
g‘
liqlikda mavjud b
о‘ladi, ular bir
-birini ham taqozo qiladi, ham istisno etadi. Agar 
voqelik amalga oshgunga qadar imkoniyat b
о‘lib tursa, unda yangi imkoniyat eski vo
qelik 
ba
g‘
rida aniq sharoitda yuzaga keladi. 
Imkoniyatlar konkret vaziyat, shart-sharoit, omillar bilan bo
g‘
liq b
о‘lib, turli shakllarda 
ro`yobga chiqishi, ya’ni voqelikka aylanishi mumkin. Shunisi ham borki, bir xil imkoniyat aniq 
bir shaklda voqea b
о‘ladi deb qarash noto`g‘ri. Masalan, bir xil ekin maydoniga, bir xil ishlov 
berib, bir xil uru
g‘
lik ekilishiga qaramay, boshqa-boshqa x
о‘
jaliklarda turlicha hosil olinishi 
mumkin. Yoki organizmning quvvatiga bo
g‘
liq ravishda bir xil kasallik turli bemorlarda turlicha 
kechishi mumkin. Demak, misollardan k
о‘
rinib turibdiki, imkoniyatning voqelikka aylanishi xar 
xil omillarga bo
g‘
liq ekan. 
Voqelik taraqqiyot davomida amalga oshgan imkoniyat b
о‘lib, u о‘
z navbatida yangidan 
yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradigan chek-chegarasiz jarayondir. Imkoniyat va voqelik 
narsa, hodisa voqealar rivojining ikki izchil darajasi, sababning oqibatga tomon harakati, tabiat, 
jamiyat, inson tafakkurining sababli aloqalari namoyon b
о‘
lishining ikki muqarrar bosqichidir. 
Voqelik keng va tor ma’nolarda tushuniladi. Keng ma’noda obektiv olamning 
о‘
zida mavjud 
b
о‘
lgan barcha turli-tuman narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar yi
g‘
indisi tushunilsa, tor 
ma’noda ayrim muayyan narsa, hodisaning muayyan vaqt va sharoitdagi holati tushuniladi. Keng 
ma’nodagi voqelik abadiy b
о‘
lsa, tor ma’nodagi voqelik 
о‘
tkinchi, vaqtinchalikdir. Voqelik 
borliqning mavjud holati b
о‘
lsa, imkoniyat ehtimollik bilan muqarrarlik orali
g‘
idagi holatidir, 
ya’ni ular hali aniq-ravshan voqealikka aylanmagan, ammo obyektiv olamda yuzaga kelish va 


rivojlanish maylini boshidan kechirayotgan reallikdir. Makro va mikroolamda imkoniyat va 
voqelik 
о‘
z ichki qonunlari asosida biri ikkinchisiga 
о‘
tib tursa, ijtimoiy sistemalarda bu 
aloqadorlik 
о‘
ziga xos shakllarda namoyon b
о‘ladi, zero, ijtimoiy tizimlar rivojida a
ql sohibi – 
odamzod ishtirok etadi. Ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlar muayyan tarixiy davr va sharoitda 
aniq maqsad sari faoliyat k
о‘
rsatishlari uchun, jamiyat qonunlarining amal qilishini, ya’ni 
imkoniyatning voqelikka aylanishining 
о‘
ziga xos xususiyatlarini bilishlari zarur. Masalan, har bir 
millatning mustaqil taraqqiyot 
yо‘
liga tushib olishi tarixiy-tadrijiy jarayon b
о‘
lsada, ana shu 
qonuniyatli jarayonni r
о‘
yobga chiqarish uchun ayrim shaxslar, ijtimoiy guruhlarning milliy 
ehtiyojlarni anglashiga, imkoniyatni voqelikka 
о‘
z vaqtida aylantira olish mahoratlariga ham 
bog`liq b
о‘ladi. Agar tub milliy manfaatlar himoyachisi bо‘lgan shaxslar, siyosiy partiyalar va 
harakatlar real imkoniyat bilan mavhum imkoniyatning farqiga bormasalar, ularni bir-biriga 
aralashtirsalar, turli sotsial larzalarga sababchi b
о‘ladilar.
Shun
ga e’tibor beringki, olam kо‘p qirrali, turli hodisalarga boy bо‘lganligi uchun ham 
imkoniyatning voqelikka aylanishi turlicha sodir bо‘lishi mumkin. 
Shunday ekan, nazariy va 
amaliy faoliyatda real imkoniyat bilan abstrakt yoki formal imkoniyatlarni ajrata bilish lozim. Real 
imkoniyat deb, voqealar rivojining tadrijiy va qonuniy natijasi sifatida, muayyan shart-sharoitda 
shubhasiz ro`yobga chiqadigan imkoniyatga aytiladi. Masalan, tabiatdan misol olsak: uru
g‘
lik 
dondagi har bir hujayrada 
о‘
simlikka aylanish imkoniyati mavjud b
о‘ladi. Bu real imkoniyat bо‘lib 
ma’lum shart-sharoit b
о‘
lsa va modda almashinish normal kechsa, yoru
g‘
lik, havo harorati, namlik 
ta’sirida albatta va shubhasiz voqelikka aylanadi. Abstrakt imkoniyat shunday imkoniyatdirki, 
о‘
zi 
tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar bilan bo
g‘
liq b
о‘ladi, lekin muayyan tarixiy sharoitda voqelikka 
aylanishi ham mumkin, aylanmasligi ham. Masalan: sayyoramizning Galaktikadagi boshqa 
samoviy jismlar bilan to`qnashib ketish ehtimoli bor. Bu hol b
о‘
lishi ham, bo’lmasligi ham 
mumkin. Tasodifiy aloqa va munosabatlar bilan xarakterlanadigan, 
о‘
zi taraqqiyot jarayonidan 
kelib chiqmaydigan va real asosga ega b
о‘
lmagan imkoniyat formal imkoniyat deyiladi. 
Chunonchi, hozirgi davrda aq
idaparastlar targ‘
ib etayotgan islom xalifaligini tashkil etish 
g‘
oyasi 
haqiqatdan yiroq, real voqelikka aylanishi mumkin b
о‘
lmagan formal imkoniyatdir. Abstrakt 
imkoniyatlarni imkoniyatsizlik bilan ham aynanlashtirish mumkin emas. Chunki birinchisi, 
obyektiv qonuniyatlar bilan bo
g‘
liq, ikkinchisi esa mutlaqo unga qarama-qarshi b
о‘ladi. 
Binobarin, abstrakt imkoniyatlarning ayrimlarida konkret sharoitga k
о‘
ra voqelikka aylanish 
ehtimoli b
о‘lad
i. Jumladan, 
о‘
tgan asr boshida koinotga 
о‘
chish, uni tadqiq etish abstrakt 
imkoniyat holatida edi, ammo fan va texnika taraqqiyoti natijasida asr 
о‘
rtalarida koinotga uchish, 
sayyoralarga q
о‘
nish real imkoniyatga aylandi. Demak, abstrakt va real imkoniyat 
о‘rtasidagi 
tafovut nisbiy b
о‘lib, rivojlanishning muayyan bos
qichlarida birinchisi ikkinchisiga aylanishi ham 
mumkin ekan.
Mazmun va shakl – olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning dialektikasini 
о‘rganishda, ular о‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda muhim о‘rin tutadigan 
kategoriyalardir. Mazmun muayyan narsa, hodisa, jarayonlarning о‘ziga xos sifati, xususiyatlari, 
muhim belgilari, elementlarining yig`indisini anglatsa, shakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa 
va hodisalarning ichki hamda tashqi tuzilishini ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni 
moddiyligida va harakatda ekanligidadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni uning tarkibidagi 30 
dan ortiq manfiy, musbat va nol zaryadli elementar zarralar, ularning rezonanslari, elektron 
maydon kabilarning shunchaki mexanik birligi-
dangina iborat emas. Ayni paytda, ularning 
harakati muayyan maydonlar orqali bir-
biriga ta’sir va aks ta’sir kо‘rsatishini ham bildiradi. 
Atomning shakli uning tarkibiga kiruvchi elementar zarralarning joylanish tartibi, zarralar va 


maydon orasidagi munosabat asosida yuzaga keluvchi aloqalar, bog‘lanishning xususiyati bilan 
belgilanadi. Shuningdek, har qanday badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voqea orqali 
g‘oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu asarning tuzilishi, tili, hamda hikoya, roman va shu 
kabilar tarzida ifodalanadi. 
Mazmun va shakl olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning mavjudligini ifodalash vositasi 
bо‘lib, har ikki kategoriyaning birligi olamning aniq kо‘rinishlaridan iborat bо‘ladi. Mazmunga 
ega bо‘lmagan narsa va hodisalar bо‘lmaganidek, shaklsiz jism va jarayon ham bо‘lishi mumkin 
emas. Demak, birinchidan, olam va uning aniq kо‘rinishlari inson tafakkuriga bog‘liq
bо‘lma
gan 
holda mavjud bо‘lganidek, olamga xos muhim munosabat, narsalarning mavjudlik vositasi sifatida 
mazmun va shakl kategoriyalari ham mavjuddir. Ikkinchidan, voqelikdagi har bir jism, narsa, 
hodisa mazmun va shaklning birligi va bir butunligi tarzida, muay
yan strukturaning yig‘indisi 
sifatida yuzaga keladi va mavjud bо‘ladi. Uchinchidan, olamdagi jism, voqea
, jarayonlardan 
ajralgan, mustaq
il mazmun va shakl bо‘lmaydi. 
Mohiyat va hodisa – olamdagi narsa, hodisa va jarayonlarning ichki, muhim jihatlari hamda 
yuzaki, tashqi tomonlarini ifodalaydigan falsafiy kategoriyalar. Mohiyat narsa, buyum, 
jarayonlarning ichki, muhim, asosiy, zaruriy, barqaror aloqalari, tomonlari munosabatlarining 
yig‘indisini anglatadi. Hodisa esa mohiyatning tashqi ifodasi, namoyon bо‘
lishi, narsa va 
jarayonlarning yuzaki, nisbatan о‘zgaruvchan tomonlarini bildiradi. Zero, olamda bir hujayrali 
tirik organizmlardan tortib, insongacha bо‘lgan qanchadan
-qancha shakllar (hodisalar) borki, 
ularni bir qarashda payqash mumkin bо‘lmagan ichki u
mumiy tomoni, barchasiga xos modda 
almashinuvi (mohiyati) mavjud. Ma’lum mohiyatg
a ega bо‘lmagan jism, jarayon bo`
lmaganidek, 
muayyan hodisada ifodalanmagan mohiyat ham bо‘lishi mumkin emas. Binobarin, mohiyat va 
hodisa olamdagi narsa, jarayonlarga xos tashqi va ichki tomonlarning birligidan iborat. Falsafada 
mohiyat va hodisa masalasiga turlicha, idealistik, materialistik va metafizik qarashlar mavjud. 
Jumladan, olam, uning hodisalari turli 
g‘
oyalar yoki sezgilar yi
g‘
indisidan iborat deb talqin 
etuvchilar nazdida mohiyat va hodisa obektiv xarakterga ega emas, deyiladi. Boshqalar esa, butun 
voqelik ruhiy boshlan
g‘
ichga asoslanadi, hodisalar mohiyati absolyut ideyadan kelib chiqadi 
(Gegel), mohiyat alohida ideal zamindir, u hodisalardan ayrim holda mavjud b
о‘ladi, deb 
qaraydilar. Agnostistizm mohiyat bilan hodisani ajratib tashlaydi, mohiyatga bilib b
о‘lmas "narsa 
о‘zida" tartibida 
qaraydi. Ikkinchi tomondan ayrim faylasuflar narsalar mohiyatiga ruhiy mazmun 
beradilar va bu mazmunni moddiy jismlarga nisbatan birlamchi deb hisoblaydilar. 
Mohiyat va hodisa tushunchalari ha
misha о‘zaro chambarchas bog‘li
qdir. Olamda hech 
qanday mohiyat yoki
, u zohirda namoyon bо‘lmasin va bilib olinmasin, hech qan
day hodisa 
yo’qki, u mohiyat haqida biror-
bir tо‘la axborotni о‘z 
ichiga olmasin. Lekin mohiyat bilan 
hodisaning birligi ularning bir-
biriga tо‘la va mutlaq mos kelishini bildirmaydi. Mohiyat hodisa 
zam
irida yashiringan bо‘ladi, u naqadar chu
q
ur bо‘
lsa, uni nazariyada bilish shu qadar og`ir 
kechadi. Agar hodisalarning yuz berish shakli bilan mohiyati bir-biriga mos kelganda edi, u vaqtda 
har qanday fan ortiqcha bо‘lib qolgan bo
`lar edi.Mohiyatni fakat abstrakt tafakkur va tadqiq 
qilinuvchi jarayon nazariyasini yaratish asosidagina bilish mumkin. Bu hol bilishning hissiy 
b
osqichidan aqliy bosqichiga sifatiy sakrashdan iborat bо‘lib, narsalardagi asosiy va hal qiluvchi 
narsani ochib berish, ularning taraqqiyot qonunlarini ifodalash bilan bog‘liq. Mohiyatni bilish 
jarayonida hodisaning tashqi kiyofasini tasvirlashdan uni izohlashga, sabablari va negizini ochib 
berishga о‘tish sodir bо‘ladi. Mohiyatni bilish mezonlaridan biri kelajakdagi voqealarni ularning 
о‘zgarishining muayyan qonunlari asosida oldindan kо‘rish mumkinligidir. 
Materiyaning yangi 
strukturaviy darajalari asosida mohiyatga teranro
q о‘
tish sodir b
о‘ladi. Inson fikri hodisadan 


mohiyatga tomon, aytaylik, birinchi tartibdagi mohiyatdan ikkinchi tartibdagi mohiyatga va shu 
kabilar tomon cheksiz chukurlashib boraveradi. Mohiyat bilan hodisaning 
о‘
zaro munosabatida 
birlik va xilma-xillik dialektikasi ochiladi. Ayni bir mohiyatning 
о‘
zi turli k
о‘
rinishlarga ega 
b
о‘
lishi mumkin. Xuddi shuningdek, yetarli murakkab hodisa materiyaning turli strukturaviy 
darajalariga oid bir necha mohiyatning ifoda shakli b
о‘
lishi mumkin. Mohiyat hodisaga nisbatan 
barqarordir. Hodisada esa jamiyatga nisbatan harakatchanlik va 
о‘zgaruvchanlik xosdir. Lekin 
pirovard natijada olamdagi barcha tizimlar va jarayonlarning mohiyatlari ham tabiatning umumiy 
tarixiy taraqqiyotiga muvofiq ravishda 
о‘zgar
ib turadi. Mohiyat bilan hodisaning qarama-
qarshiligi nisbiydir. Qonunlar va chuq
ur munosabatlarning hissiy idrok etiladigan hodisaga 
nisbatan birinchi darajadagi mohiyatning yuz berishi b
о‘ladi. Bu mohiyat ham о‘
z navbatida, 
materiya strukturasidagi yanada chuqurroq mohiyatning ifodasi b
о‘ladi va h.k. 
Harqanday fan 
о‘
zi 
tadqiqqilayotgan hodisalar mohiyatini ochib bergan va faqat hodisalar sohasida emas, balki 
mohiyatlar sohasida ham ularning kelajakdagi 
о‘zgarishlarini oldindan qurishga 
qodir b
о‘
lgan 
taqdirdagina kamolotga erishadi. Harqanday mohiyat hodisalar orqali zohir b
о‘ladi, hodisalar 
mohiyatga asoslanadi. Bilish jarayonida haqiqat va unga erishish hodisadan mohiyatga yoki 
birinchi darajali mohiyatdan undan chuqurroq tartibdagi mohiyatga qarab boradi. Shuni ham aytish 
kerakki, faqat ayrim hodisalarni kuzatish asosida chiqarilgan xulosalar hamisha ilmiy haqiqat 
b
о‘lavermay
di. Chunki voqealarning yuzaki k
о‘
rinishi hamma vaqt ham uning mohiyatini t
о‘
la 
ifodalay olmaydi. Olaylik, bir vaqtlar fanda olamning markazi Yer, quyosh va boshqa sayyoralar 
uning atrofida aylanadi, degan geotsentrik nazariya k
о‘p asrlar hukm surib keldi.
Ptolemeyning bu 
nazariyasi koinot harakatini yuzaki ku
zatish natijasi edi. Keyinchalik N.Kopernikning 
g
eliotsentrik nazariyasi paydo bo`
ldiki, bunda quyosh sistemasining markazi quyosh b
о‘lib, 
boshqa planetalar va yerquyosh atrofida aylanadi, degan fikr 
olg`a surildi. Bu fikr keyinroq I. 
Nyutonning butun olam tortilish qonuni bilan hamda I. Keplerning barcha planetalarning quyosh 
tevaragida harakat qilish qonunlarining kashf etilishi bilan yanada chuqurlashtirildi va isbotlandi. 
Bu endi yuzaki kuzatish emas, balki chuqur tahlil qilib, koinot harakatining mohiyatini anglash 
asosida tuzilgan nazariya bo`ldi. Hodisa mohiyatni hech qachon to`laligicha qamrab ololmaydi, 
faqat ayrim tomonlarinigina aks ettiradi, xolos. Shuning uchun hodisalarning oddiy mazmuniga 
hamma vaqt ham mohiyat mos kelavermaydi. Agar narsalarning namoyon b
о‘
lish shakli bilan 
mohiyati bevosita mos keladigan b
о‘
lsa, u holda har qanday bilish jarayoni kerak b
о‘
lmas edi. 
Xullas, olamdagi narsa va voqealar о‘rganilar ekan, chuqur mazmunga ega bо‘lgan 
mohiyat yuzada yotmasligini, u hodisalar orqali namoyon bо‘lishini, har bir hodisa ortida esa 
muhim bog‘lanishlar yashiringanligini e’tiborda tutish zar
ur. Bunda mohiyat va hodisani uzviy 
aloqadorlikda olib о‘rganish lozim, faqat shundagina olam haqida haqiqatga, haqiqiy b
ilimga 
erishish mumkin. Bu ayniqsa hozirgi, olamda murakkab jarayonlar kechayotgan davrda nihoyatda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Sabab va oqibat – olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi, ta’siri va aks 
ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va oqibat bog‘lanishini 
ifodalaydigan kategoriyalardir. 
Sabab olamning harakati va biron-
bir vaqt doirasida bо‘lgan о‘zgarishdan sо‘ng ikkinchi 
boshqa bir natijaning zaruriy kelib chiqishini ta’minlovchi asosiy hodisani anglatadi. Oqibat esa 
hodisalar zanjirida sababning ta’siridan vujudga keladigan yangi hodisa – sababning natijasidir. 
Sabab va oqibat bog‘lanishi ob
`ektiv xar
akterga ega bо‘lib, u narsa, hodisalar orasidagi aloqalarda 
amal qiladi. Masalan, ming yillar davomida yer kurrasidagi iqlimiy sharoitning о‘zgarib borishi 
о‘simlik va hayvonot dunyosining о‘zgarishiga sabab bо‘ldi. 
Yoki qiadim zamonlardan boshlab 


mehnat qurollarining takomillashtiriluvi mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarishning 
rivojiga, pirovardida insoniyat taraqqiyotiga ham sabab bо‘ldi.
Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati shundaki, ular 
umumiy xarakterga ega: Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta hodisa yoki voqea sodir 
bо‘lishi mumkin emas. Yerning quyoshga nisbatan hozirgi holatda joylanishi hamda yer sharining 
sirt tuzilishi va uning ham quyosh, ham o’z o`qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitining 
о‘zgarib turishiga sababdir. Binobarin, sababiyat 
yoki 
sababiy bog‘lanishlar voqelikdagi barcha 
narsa va hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir.
Har bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi uchun, albatta, ma’lum shart-sharoit 
zarur bо‘ladi. Lekin
shart-sharoit oqibatning sababini anglatmaydi. Shart-sharoit muayyan oqibat 
tug‘ilishiga ta’sir kо‘rsatuvchi holat bо‘lib, sababning o
qiba
tga aylanishida о‘ziga xos rol 
o`
ynaydi. Sababsiz yolg‘iz shart
-sharoit
ning о‘zi oqibatni keltirib chi
qarmaydi.
Falsafa tarixida sabab va oqibat to`
g‘risida xilma
-
xil qarashlar bо‘lgan. Masalan, ba’zi 
faylasuflar nazdida sabab ma’lum shart-
sharoitlar yig‘indisidangina iborat. Chunonchi, ingliz 
pozitivisti D. Mill: “...sa
bab ma’lum oqibatning kelib chiqishini belgilaydigan ijobiy va salbiy 
holatlarning jami, har xil tasodiflarning majmuidir”,- deydi. Bu fikrning bahsli ekanligi shundaki, 
sababni D. Mill ba’zi “holatlar”, “tasodif”larning mex
anik yig‘indisidan iborat, deb q
aray
apti, 
sababning о‘z mohiyatiga kо‘ra ichki, umumiy, zaruriy aloqadorlik shakli ekanligini e’tiborga 
olmayapti.
Shuni ham hisobga olish zarurki, Kvant mexanikasi о‘rganadigan mikrozarralar klassik 
mexanika о‘rganadigan ob
`ektlardan sifat jihatidan farqlanadi. Buni hozirgi zamon fizikasining 
dalillariga qarab isbotlash mumkin. Sabab va oqibat zanjirida birinchi kelgan hodisa sabab, undan 
sо‘ng sodir bо‘lgan voqea oqibat bо‘lar ekan, lekin bundan harqanday ketma
-ket kelgan 
hodisalarning birinchisi doim sabab, 
ikkinchisi oqibat bо‘l
averadi, degan xulosa kelib chiqmasligi 
lozim. Chunonchi quyidagi misollarda: y
oz bahordan sо‘ng keladi, kund
u
zdan sо‘ng tun 
boshlanadi. Bundan bahor yozga sabab yoki kechasiga kunduzi sabab, deb xulosa chiqarish 
tamomila notо‘g‘ri bо‘lar edi. Shu misollardagi hodisalarning asl sababi yerning о‘z о‘qi va 
quyosh atrofida aylanishidir. Sabab va oqibat bir-
biri bilan о‘rin almashishi, oqibat boshqa 
hodisaga nisbatan sabab rolini о‘tashi ham mumkin. Sabab va oqibatning mazkur holatini 
xara
kterlab, sabablar bilan natijalar doimo о‘rin almashib turadi, ya’ni hozirgi vaqtda sabab 
bо‘lgan narsa boshqa vaqtda natija bо‘ladi va aksincha.
Shu bilan birga, inson о‘z amaliyotida sabab va oqibat aloqasining muhim va muhim 
bо‘lmagan tomonlarini, sababiy bog‘lanishlarning xilma
-xilligini birdaniga ajratib va bilib ola 
olmaydi. Shuning uchun kuzatish, bilish, amaliy faoliyat jarayonida muayyan oqibatning kelib 
chiqishidagi aniq sababning о‘rni va ahamiyatini anglash, asosiy va asosiy bо‘lmagan, ichki va 
tashqi sabablarga ajrata olish kerak. Misol uchun: ijtimoiy rivojlanishni belgilaydigan asosiy sabab 
moddiy va ma’naviy boyliklardir. Geografik muhit va aholi zichligi ham jamiyat taraqqiyotiga u 
yoki bu tarzda ta’sir ko`rsatadi. Voqealar zanjirini bilishda ichki va tashqi sabablar ham bir xil rol 
o`
ynamaydi. Ichki sabablar deb narsa va hodisaning о‘z tabiatiga xos, ichki muayyanlik, qarama
-
qarshi tomonlar birligining ifodalanishiga aytiladi. Tashqi sabablar esa narsa va hodisalararo bir-
biriga ta’sir holat
ini bildiradi. Ma’lumki, ichki sabablar har qanday о‘zgarish 
va rivojlanishning 
asosini tashk
il etadi, ammo tashqi sabablar о‘zgarishning shart
-sharoit va muhitini bildiradi, xolos. 
Organizmning normal shakllanishi va о‘sishi uchun tashqi sabab hisoblangan
muxim ozuqa, havo, 


suv kabilar yuzaki qaraganda nechog’li muh
imbо‘lib ko’rinmasin, biroq organizmning yashashini, 
mavjudligini belgilaydigan asosiy sabab modda almashinishi, ya’ni assimilyatsiya va 
dissimilyatsiya jarayonidir. Kо‘rinib turibdiki, demak, h
ar bir hodisa va jarayon turli sabablarning 
umumiy aloqadorligi asosida shakllanadi va yuzaga keladi.

Yüklə 195,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə