Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

spot 
bozori
va 
muddatli bozor
ga ajratilar ekan, bunda s
pot bozori
naqd shartnomalar 
bozori hisoblanadi. Spot bozoridabir vaqtningoʻzida qimmatli qogʻozlar keltiriladi 
va ular boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi. Turli davlatlarning qonunlarida 
kontragentlarning bitimlarni imzolagandan soʻng oʻzaro toʻlovlarni necha kunlarda 
amalga oshirishlari belgilab qoʻyilgan. Spot bozorida shakllanuvchi narxlar 
spot 
narx
lar deyiladi
.
M
uddatli bozor 
esa shunday bozorki, unda muddatli shartnomalar amalga 
oshiriladi. Odatda hosilaviy qimmatli qogʻozlarni muddatli shartnomalar deb ham 
yuritiladi, negaki ular oʻz mazmuniga koʻra kontragentlar tomonidan kelishilgan 
shartlarda shartnoma predmetini kelajakda yetkazib berishni berishni nazarda 
tutadi. Shartnomaning asosini turli xildagi aktivlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond 
indekslari, bank depozitlari
valyuta, tovarlar 
tashkil etadi. Muddatli 
shartnomaning asosini tashkil etuvchi aktiv 
bazis aktiv
deyiladi.
Boshqacha qilib aytganda, hosilaviy qimmatli qogʻozlar – bu ikki yoki koʻp 
tomonlama shartnomalar boʻlib, ularning qiymati ushbu bitimlarning asosini 
tashkil etuvchi maʼlum bir aktiv miqdorining xosilasi asosida hisoblanadi. Bunday 
miqdor boʻlib, xom ashyoning yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi
aksiya va obligatsiyalar kursi, valyuta kursi, fond indekslari, foiz stavkalari va 
boshqalar hisoblanishi mumkin. 
8
"Ўзбекистон Республикаси Қонуни "Қимматлиқоғозларбозоритўғрисида"ги. 3-модда. 


56 
Muddatli bozor ikkita muhim funksiyalarni, tadbirkorlarning kelgusidagi 
rejalarini boshqalarniki bilan muvofiqlashtirish va iqtisodiy holat noaniqligida narx 
boʻyicha risklarni sugʻurtalash funksiyalarini bajaradi. Modomiki, hosilaviy 
qimmatli qogʻozlar moliyaviy risklarni kamaytirishda samarali usul hisoblanadi, 
ular moliyaviy institutlarga shartnomalar orqali risklarni xedjirlash imkonini 
beradi, buning natijasida esa risklar kamayadi yoki yoʻqoladi
9

Muddatli bozorda savdo qilinadigan instrumentlarning shakliga koʻra ularni 
quyidagi koʻrinishlarini ajratib koʻrsatishimiz mumkin: 
-
forvard shartnomalari; 
-
fyuchers shartnomalari; 
-
opsion shartnomalari; 
-
svoplar. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə