Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Forvard shartnomalari 
bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga koʻra bir 
tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kelajakda amalga oshirishga 
kelishilgan maʼlum bir muddatda va oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish 
imkoniyatiga ega boʻladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga 
oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur 
emas. 
Fyuchers shartnomalari
forvard shartnomalariga oʻxshash kelishuvdir. 
Fyucherslarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu instrument 
standartlashtirilgan boʻlib, u faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida 
nomoyon boʻladi. Amaliyotda fyuchers shartnomalarini sotib olish va sotish orqali
risklarni xedjirlash mumkin. 
Opsion shartnomalari
ikki tomon oʻrtasidagi shartnoma boʻlib, u uning 
egasiga kimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda kayd etilgan narxda 
belgilangan muddatda xarid kilish huquqini beradi.
Opsionning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli 
qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish xuquqini opsion mukofoti 
evaziga sotib oladi. Shuni taʼkidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion 
yuzasidan sotib olish yoki sotish xuquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi 
mumkin. 
Svoplar 
bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq 
kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) 
almashtirish boʻyicha bitimidir.
Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga 
koʻra ularni quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 

tovarlar boʻyicha 
(neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, metallar, qishloq 
xoʻjaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga asoslangan hosilaviy qimmatli 
qogʻozlar); 

valyutalar boʻyicha
(valyutaviy qimmatliklarga asoslangan hosilaviy qimmatli 
qogʻozlar); 
9
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions – USA: Prentice Hall, Pearson Education, 
2012. – p. 590


57 

fond birjalar boʻyicha 
(aksiya, obligatsiya, fond indekslari, volatillik 
indekslariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); 

foizlar boʻyicha
(qarz majburiyatlari boʻyicha foiz stavkalariga asoslangan 
hosilaviy qimmatli qogʻozlar); 

kreditlar boʻyicha 
(hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovlar kreditlar 
boʻyicha muayyan bir holatlarning sodir boʻlishiga bogʻliq);

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə