Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda aktivlarning forvard



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

5.3.Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda aktivlarning forvard 
narxini aniqlash usullari 
Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis 
aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. Shartnoma shartlari 
bitimni tuzish paytida kelishib olinadi. Shartnoma ana shu kelishib olingan shartlar 
boʻyicha belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Qoidaga koʻra forvard shartnomasi kerakli aktivlarni haqiqatda sotish yoki 
sotib olishni amalga oshirish va xaridor hamda sotuvchilarni narxlarni salbiy 
oʻzgarishlaridan sugʻurtalash maqsadida tuziladi. 
Forvard shartnomalarini ijro etish majburiy hisoblanishiga qaramay 
kontragentlar uni amalga oshmay qolishidan sugʻurtalanmagan, bunday holatlarga 
tomonlardan birining bankrotligi yoki insofsizligi ham sabab boʻlishi mumkin. 
Shuning uchun shartnoma imzolangunga qadar hamkorlar bir birlarining toʻlovga 
layoqatliklari va obroʻ eʼtiborlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
Shartnomani tuzishda tomonlar bitim amalga oshiriladigan narxni kelishib 
olishlari lozim boʻladi. Ushbu narx 
yetkazib berish narxi
deyiladi va forvard 
shartnomani amalga oshirish davrida oʻzgarishsiz qoladi. Forvard shartnoma bilan 
aloqador 
forvard narx
tushunchasi ham bordir. 
Maʼlum bir davr uchun bazis 
aktivning forvard narxi deb – forvard shartnomani tuzish davrida unda belgilab 
qoʻyilgan narx tushiniladi.
Forvard narxni aniqlashning bir necha xil usullari 
mavjud. Ularning ayrimlarini quyida koʻrib chiqamiz. 
Forvard shartnoma davrida daromad toʻlanmaydigan aktivlarning 
forvard narxi.
Keling, dastavval forvard shartnoma davrida dividend 
toʻlanmaydigan aksiya misolida ushbu masalani koʻrib chiqamiz. Faraz qilaylik
investor yarim yildan soʻng “A” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalariga ega 
boʻlmoqchi. U aksiyalarni ikki yoʻl bilan olishi mumkin: bugun ularni spot 
bozordan sotib olish orqali va forvard shartnoma orqali yarim yildan unga keyin 
ega boʻlish orqali. Agar forvard shartnomani imzolashda aksiyaning spot narxi 
10000 soʻmni, risksiz stavka 20%ni, shartnoma davri yarim yilni tashkil etgan 
boʻlsa, forvard narxni aniqlang.
Agar investor forvard shartnoma boʻyicha aksiyalarni sotib olmoqchi boʻlsa, 
u holda u aksiyaning spot narxiga teng boʻlgan summani foizsiz stavka bilan ayni 
paytda joylashtirishi mumkin. Yarim yildan soʻng u quyidagi summani oladi:


61 
10000(1 +
0,2
2
) = 11000 сўм
 
Shunday qilib agar har bir aksiya uchun forvard narx 11000soʻmga teng 
boʻlsa, u holda birinchi va ikkinchi holatlarda ham investor xarajatlari teng boʻladi. 
Bizning misolimiz uchun forvard narx aynan 11000 soʻmga teng boʻlishi lozim.
Forvard shartnoma boʻyicha bazis aktivning optimal narxini quyidagi 
forvard narxini aniqlash formulasidan foydalanib topishimiz mumkin: 
𝐹 = S (1 + r
t
365
) (1)
15
 
bu yerda, 
F

forvard narx; 


spot narx; 


risksiz foiz stavka; 


forvard 
shartnomasini yakunlangunigacha boʻlgan davr (kunlarda).
Ushbu formulani nafaqat aksiyalar uchun, balki kuponsiz obligatsiyalar 
uchun ham qoʻllash mumkin. 
Misol. Faraz qilaylik, joriy davrda aksiyaning spot narxi 20000 soʻm, 
risksiz foiz stavka 12%ga teng. Agar shartnoma muddati 3 oyni tashkil etsa, 
forvard narxni anqlang. Demak 3 oylik shartnoma boʻyicha forvard narx 
quyidagiga teng: 
𝐹 = 20000 (1 + 0,12
3
12
) = 20600 cўм.
 
Agar forvard shartnoma muddati bir yildan koʻp boʻlsa, u holda forvard 
narxni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi: 
𝐹 = S(1 + r)ᵀ(2)
Bu yerda, 
T

forvard shartnoma davri (yillarda).

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə