Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Metallning sifati boʻyicha svop. 
Amalda shunday holat ham vujudga 
kelishi mumkinki, bunda bozor ishtirokchisiga unda mavjud boʻlgandan koʻra 
yuqoriroq probali oltin kerak boʻlib qolishi mumkin. Bunday xohish metall sifati 
boʻyicha svop doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunday svop bir sifatdagi 
metallni bir vaqtda xarid qilish (sotish) oʻrniga boshqa sifatdagi oltinni sotish 
(xarid qilishni) nazarda tutadi. Bunda anka yuqori sifatga ega metallni sotayotgan 
tomon oltinning bir turini boshqa turiga almashtirish bilan bogʻliq boʻlgan 
bitimning miqdoriga va xaratning miqdoriga bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan 
mukofotni oladi. 
Joylashgan joyiga koʻra svop. 
Bunday svop oltinni bir joyda xarid qilib 
(sotib), uni boshqa bir joyda sotishni (xarid qilishni) nazarda tutadi. Oltin bir joyda 
qimmatroq boʻlishi mumkinligi uchun bu holda tamonlardan biri mukofot oladi. 
Depozit amallari. 
Oltin moliyaviy aktiv hisoblangani uchun u oʻz egasiga u 
qarz obyekti boʻlib qolganda daromad keltirishi mumkin. Mazkur amallar metallni 
hisob-varagʻiga jalb qilish zarur boʻlganda amalga oshiriladi. Bunda oltin boʻyicha 
depozit stavkalari valyuta stavkalaridan odatda pastroq boʻlib qoladi, bu 
valyutaning ancha yuqori likvidligi bilan izohlanadi. Standart depozit muddatlari - 
1, 2, 3, 6 va 12 oy, lekin ular kamaytirilishi yoki, aksincha uzaytirilishi mumkin. 
Bank, depozit shartnomalar doirasida qimmatbaho metallarni jalb qilib, maʼlum bir 


110 
muddat mobaynida ulardan foyda olish uchun, masalan oltin qazib olishni mablagʻ 
bilan taʼminlash sxemasida, arbitraj operatsiyalari uchun va h.k. foydalanishi 
mumkin. Oltin egalari ega kiritilgan oltindan daromad olishadi, shuningdek tabiiy 
metallni saqlash bilan oshgʻliq harajatlardan ozod boʻladi. 
Forvardlar. 
Yuqorida sanab oʻtilgan bitimlardan tashqari jahon bozorida 
boshqa operatsiyalar almalga oshirilishi mumkin: metallni ikkinchi ish kunidan 
oshuvchi muddatga haqiqiy yetkazib berishni nazarda tutuvchi forvard bitimlar 
toʻgʻrisida gap boradi. Bunday bitimni tuzib, xaridor kelajakda spot bozorida 
metallning narxi oshib ketishidan himoyalanadi. Sotuvchi, oʻz navbatida kelajakda 
narxlarning pasayib ketishidan oʻzini himoya qilishni nazarda tutadi. Sugʻurta 
qilish kelajakda oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish rejalashtirilayotgan narxni 
qayd etish yoʻli bilan taʼminlanadi. Biroq, bunday bitim yanada qulayroq 
konʼyunkturadan foydalanish imkonini bermaydi. 
Forvard bekor qilinishi mumkin emas. Uni faqat bitimda kelishilgan tovar 
miqdorini joriy kurs boʻyicha oldi-sotti yoʻli bilan keyinchalik uni forvard bitimida 
belgilangan kurs boʻyicha sotib uni faqat muvozanatga keltirish (forvard 
pozitsiyasini yopish) mumkin. Banklararo oltin bozorida mazkur bitimlar juda 
kamdan-kam tuziladi. Metallni muddatga sotish zarur boʻlganda sotuvchi, odatda, 
uni spot sharti bilan sotadi, keyin esa svop bitimini tuzadi: metallni spot shartlarida 
xarid qiladi va shu bira vaqta uni forvard shartlarida sotadi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə