Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

 

nostandart bazis aktivlar boʻyicha
(ob-havo, saylov natijalariga asoslangan 
hosilaviy qimmatli qogʻozlar va boshqalar).
 
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq ularni 
quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 

birja instrumentlari
(barcha koʻrinishdagi fyucherslar, birjada muomalada 
boʻluvchi standartlashtirilgan opsionlar);
 

birjadan tashqari instrumentlar 
(forvardlar, nobirjaviy opsionlar, svoplar).
 
Muddatli bozorda quyida terminlardan foydalaniladi. Agar muddatli 
shartnomani imzolayotgan shaxs bazis aktivni sotib olish majburiyatini oladigan 
boʻlsa, u uzun pozitsiyasiga (long position) ega boʻldi deyiladi. Aksincha boʻlsa, 
yaʼni agar u shartnoma boʻyicha boshqa tomonga kelajakdagi maʼlum bir sanada 
aktivlarni sotish majburiyatini olsa, u holda qisqa pozitsiyaga (short position) ega 
boʻldi deb hisoblanadi
10
. Oʻz navbatida “uzun kontrakt” va “qisqa kontrakt” kabi 
tushunchalar ham uchraydi. Bunda birinchi holat investor shartnomani sotib 
olganini bildirsa, ikkinchi holatda sotganini anglatadi
11
.
 
5.2. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning rivojlanish tarixi
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar haqidagi dastlabki fikrlar XVI–XVII asrlarga 
borib taqaladi. Hozirgi zamonaviy hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi 
prototiplari boʻlib qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar 
hisoblanadi. Lekin ayrim maʼlumotlarga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarga 
oʻxshash instrumentlar ancha ilgari davrlarda ham mavjud boʻlgan. Shunday fikrlar 
ham borki, ularga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari 
yozuv kashf etilishi bilan paydo boʻlgan (Mesopotamiya, eramizgacha IV ming 
yillik)
12

Quyida qisqacha keltirilgan tarixiy maʼlumotlar orqali hosilaviy qimmatli 
qogʻozlarning koʻp asrlik rivolanishi va qoʻllanilishi haqida tasavvurga ega 
boʻlishimiz mumkin.
Jumladan, XVII asr 30-yillarining oxirida Gollandiya va Angliyada lola 
oʻsimligini oʻstirish va bunda ularning piyozlariga boʻlgan talab juda keskin ortib 
ketadi. Amsterdamda esa XVII asrning boshlaridayoq ular boʻyicha o
psion
lar 
savdosi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan edi, 30-yillarga kelib esa Angliyadagi 
10
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions – USA: Prentice Hall, Pearson 
Education, 2012. – p. 590
11
Буренин А. Н. Рынок ценных бумаг и производных финансовых инструментов:Учебное пособие. – М.: 1 
Федеративная Книготорговая Компания, 1998. –166,167 с.
12
WeberE.J. 
AShortHistoryofDerivativeMarkets.UniversityofWesternAustralia,2008.р.6URL:http://www.uwa.edu.au/__data/ass
ets/pdf_file/0003/94260/08_10_Weber.pdf.


58 
Qirollik birjasida 
forvard
shartnomalari ham paydo boʻldi. Lola oʻsimligining 
piyozlari uchun tuzilgan shartnomalardan koʻrilayotgan daromadlarning oʻsishi va 
savdoning rivojlanishidan soʻng 1636-1637 yillarda bozorda keskin pasayish 
kuzatildi
13

XVII asrning 50-yillarida tarixdagi dastlabki 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə