57
Tahlil usullarining sxematik tushuntirish ularni anglashni yanada osonlashtiradi.
Shu sababli‚ bir xil holatning har xil jihatlarini aks ettiruvchi
moliyaviy hisobot
elementlari moddalariga nisbatan, shuningdek‚ moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga
nisbatan ushbu usullarning tasnifini berib o‘tamiz.
Moliyaviy hisobotni «o‘qish». Moliyaviy hisobotni «o‘qish» deganda ko‘pincha
moliyaviy hisobotning manzilligi (egasi) mulki shakli (xususiy, aksionerlik, h.k.),
o‘lchov birligi (milliy va xorijiy valyuta),
yuridik manzilli, davriyligi (qaysi davrga
to‘zilishi) tasniflash tushuniladi. Aslida o‘qish kengroq tushuncha. Unda mulkning
o‘ziga va qarzga olingan qismlarga bo‘linishi, agar korxonada pul mablag‘lari bo‘lsa‚
ular hozirda kimga tegishli ekanligi, agar korxona foydaga ega bo‘lsa‚
ular qaysi
aktivlarda shakllanganligi (moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rinishda ekanligi),
balansning o‘sishi nimani izohlashi, agar korxona moliyaviy barqaror bo‘lsa yoki
nobarqaror bo‘lsa u balansda qanday joylashuvi kabi masalalarni ham qamrab olmog‘i
lozim.
Gorizontal tahlil – alohida moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash orqali
moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarga baho berish usuli hisoblanadi. O‘zgarishlar, mutlaq
va nisbiy ifodalarda aniqlanadi.
Moliyaviy hisobot
elementlari va moddalarini, moliyaviy ko‘rsatkichlarni
gorizontal tahlil asosida ularning o‘sish darajalariga baho beriladi.
Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi.
1.Hisobot davri moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘tgan yilning shu davri (dekada, oy,
chorak) ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
2.Hisobotning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi
bilan taqqoslash (masalan joriy davr 1-choragini o‘tgan yilning 1-choragi bilan
taqqoslash)
3-Bir necha yillar bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash.
1.40-jadval
Dostları ilə paylaş: