O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   377
Moliyaviy tahlil

Ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi: 
- ishlab chiqariladigan yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning tarkibi va tuzilishi
- ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqarish modeli; 
- korxonaning tarmoq bo‘g‘ini;
- mulk va moliyaviy resurlari, ularning tarkibi va tuzilishi, boshqaruv strategiyasi; 
- ishlab chiqarish va faoliyat samaradorligi; 
- kapital oqimini tashkil etilishi, uning (daromad va xarajatlar nisbatidagi) mos 
shakli; 
- menejment sifati; 
- investitsiyalar hajmi va sifati; 
Korxona moliyaviy holati, natijalari va pul mablag‘lariga ta’sir etuvchi 
birliklariga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini hisoblash juda murakkab va qiyin jarayon. 
Analitiklar bu borada shaxsiy yondashuvlar, asoslarga tayanishga majburlar. Shu 
sababli ta’sir darajalarini hisoblashda har bitta o‘rganiladigan birlik alohidalikda, 
bog‘liqlikda va aloqadorlikda baholash talab etiladi. 
14.6. Bashorat ko‘rsatkichlarining ishonchliligini baholash 
hamda bashoratlashdagi kamchiliklar 
Tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi nafaqat olingan foydaning miqdori 
bilan balki, biznes (korxonaning bozor) narxining ortishi bilan, faoliyatning 
kelgusidagi taraqqiyotining muhim dastaklarining mustahkamligi bilan ham 
baholanadi. 
 
Qarz beruvchi qarz oluvchining pulni u yoki bu muddatda qaytarib berish taklifi 
haqiqiy ekanligini, investorlar qo‘yilgan mablag‘larga dividend olish ehtimolini, mol 
yetkazib beruvchilar davomli aloqalarda to‘lovlarda uzilishlar bo‘lmasligini bilishi 
kerak. Qarz beruvchi buni statistik va moliyaviy prognozlar tuzish yo‘li bilan aniqlashi 
mumkin, ular asosida arizachiga qarzni qaytarishning haqiqiy muddatini, shuningdek 


474 
qarzning asosiy summasini qaytarish uchun qilinadigan oylik to‘lovlar miqdori kabi 
boshqa tafsilotlarni tavsiya qilishi mumkin. 
Odatda qarz olmoqchi bo‘lgan tadbirkor naqd pullar harakati jadvali, moliyaviy 
va statistik prognozlar, loyihadan pul kelishining loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq 
xarajatlardan oshishini ta’minlashi, shuningdek qarz beruvchining qarz berishi uning 
uchun qanchalik xavfsiz ekanligini va qarzga oluvchi pulni, kelishilgan shartlarga 
muvofiq, qaytarib berishni uddalay olishini baholashi talab etiladi. 
Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tadbirkorlik faoliyati jadal kechyapti-yu, 
natijalar foyda yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu nimadan dalolat beradi. Bu avvalo, xarajatlar 
nazorat qilinmayatganligidan, bozor etarli emasligidan, marketing to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilmaganligidan dalolat beradi. 
Korxonalarning majburiyatlarni qoplash uchun etarli pul mablag‘lari borligini 
aniqlash uchun qarz beruvchi korxona pul mablag‘lari harakati prognozini diqqat bilan 
ko‘rib chiqishi lozim. Shuningdek qarz beruvchi aylanma kapitalni to‘ldirish uchun 
zarur bo‘lgan pullarni boshqa sohalariga yo‘naltirmasligiga ham ahamiyat qartishi 
lozim.
 
Rejalashtirish va prognozlash orqali joriy ishlab chiqarishning ko‘lamini, 
moliyaviy ahvolini, natijalarini va pul oqimini oldindan aytish mumkin.
Biznesining ko‘lamiga mos buxgalteriya hisobi tizimini yo‘lga qo‘ygan 
tadbirkor, doimo biznesining boshlanishidan to shu kungacha qanday rivojlanganligini 
ko‘ra biladi. Biroq tadbirkor kelgusida barcha majburiy to‘lovlarni (masalan, 
maoshlarni to‘lash, materiallarga to‘lash, foizlar, ta’minotchiga yoki bankka kreditni 
qaytarish va b.) to‘lay olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisobot tizimidan olingan 
raqamlar, ayniqsa mavsumiy xarakterdagi biznes bilan to‘qnashganda, bunday 
bashoratlarni tuzishda juda qo‘l keladi.
Moliyaviy bashorat rejasini tuzishning tekshirilgan usuli – pul oqimlari harakati 
rejasi hisoblanadi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu reja biznesga kiruvchi va chiquvchi 
pul oqimlarini ko‘rsatadi. Pul oqimlari harakati rejasini tuzishda korxonaning bank 
hisob raqamida turgan pullari ham hisobga olinadi. Biznesga pul oqimlari odatda 
tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarni sotishdan kelib tushadi. Shuningdek, kiruvchi pul 
oqimining bank krediti, eski uskunalarni sotish, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish 
kabi manbalari ham mavjud.
Biznesdan chiquvchi pul oqimi asosan mehnatga haq to‘lashga, ishlab chiqarish 
xarajatlarini qoplashga va asosiy kapital xarajatlarini to‘lashga ketadi. Qo‘l ostida 
marketing rejasiga ega bo‘lgan tadbirkor kutilayotgan kapital aylanmasini va tovarlar 
ishlab chiqarish yoki harid qilishga rejalashtirilayotgan xarajatlarni ko‘rib turadi.
Pul oqimlari harakatining har oylik rejasi tadbirkor uchun har oy mobaynida 
kutilayotgan moliyaviy mablag‘larni kiruvchi va chiquvchi oqimlarini baholashning 
instrumenti hisoblanadi. Bu tadbirkorda puli tugab qolish vaziyatini chetlab o‘tishiga 
yordam beradi.
Bashorat ko‘rsatkichlarining ishonchligidagi eng muhim muammo bu o‘z 
vaqtida, aniq va to‘liq axborotlarning olinishida deyish mumkin. 
Bashoralashdagi yana bir muhim kamchilik korxonalarda byudjetlashtirish 
amaliyotiga amal etmaslik yoki uning nomigagina o‘tkazilishidir. Ya’ni korxonalar 
bashoratlangan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘rsidagi hisobotlarni 


475 
tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan. 
Soliqlar, 
to‘lovlarning 
uzoq 
davriylikdagi 
normalarining 
qat’iy 
belgilanmaganligi moliyaviy hisobotlarni bashoratlashdagi asosiy kamchiliklardan 
bittasidir.
Bashoratlash va byudjetlashtirishda eng muhim kamchiliklardan biri boshqaruv 
hisobining korxonalarda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi va takomillashtirish zaruriyati 
bilan ham xarakterlanadi. 
Moliyaviy hisobot ma’lumotlari konfedentsialligi axborot foydalanuvchilarning 
talablarini, huquqlarini himoya etganligi sababli ularni olish, mustaqil foydalanish 
imkoniyatlari cheklanganligi ham tashqi qiziquvchilarning o‘z xatti-harakatlarini 
belgilash yuzasidan etarli emasligi ham sohadagi muhim kamchiliklardan biridir. 
Buxgalteriya hisobining, byudjetlashtirish va prognozlashdagi dasturiy 
ta’minotlarning etarli yoki mukammal emasligi ham sohadagi asosiy kamchiliklar 
qatoriga kiradi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə