O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Nazariy o‘yin usulida daromadlarni boshqarish



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   377
Moliyaviy tahlil

Nazariy o‘yin usulida daromadlarni boshqarish 
strategiyasini belgilash 
Ishtirokchilar 
R
2
 (Tabiat) 
P
1
(Korxona) 
Strategiya 


Min 

19500 
12300 
12300 

13400 
17950 
13400 
Max 
19500 
17950 

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki‚ korxonaning strategiyasi tabiat 
strategiyasi bilan bir xil bo‘lsa 19500 yoki 17950 ming so‘m foydaga erishishi 
mumkin. Aks holda mazkur ko‘rsatkich 12300 yoki 13400 ming so‘m holatida qoladi. 
Bu yerda P
1
 
va
 
R
2
 
o‘yinchilarni strategiyasi o‘zaro muvofiq kelmaydi deb qaraladi. 
Demak, korxona eng kam foydaga erishadi deb olinadi. Ya’ni, o‘yinda korxona 
yutqizadi. 
Shu sababli, korxona bu ikki mahsulot turidan o‘rtacha foydaga erishish yo‘lini 
ishlab chiqadi.
Buning uchun 
R
1
o‘yinchining A strategiyasida chastotani noma’lum X bilan belgilaymiz. 
Mazkur holatda V strategiyadagi chastota esa (1-X) miqdorga teng bo‘ladi. 
Endigi navbatda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz: 
19500X+12300(1-X)=13400X + 17950(1-X) 
117500X=56500 
X=0,48 (1-0,48)=0,52 
19500*0,48 + 12300*0,52=15756 
13400*0,48 + 17950*0,52=15766 
(200 + 250)*0,48 +(270+170)*0,52 = 236 kurtka + 208 palto 
Demak korxona shuncha assortimentdagi mahsulot ishlab chiqarishi uning 
omillar ta’sirida tushumning va daromadning bir xilligini ta’minlash imkoniyatini 
beradi. 
Xo‘jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil 
Moliyaviy tahlil yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni 
tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin. 
Odatda, buxgalteriya hisobini yoki auditni (ichki, tashqi) tashkil etishda rasmiy 
jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar ushbu jarayonni tashkil etishda asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonunning 
“Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish” to‘g‘risidagi 11-moddasi buxgalteriya 


51 
hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshirishi qayd 
etiladi hamda buxgalteriya hisobi subyektining rahbari qanday huquqdarga ega 
ekanligi tarkiblanadi
7
. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi 
xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan 
foydalanish; 
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik 
tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini 
yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma 
asosida yuklashi; 
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita
iqtisodiy tahlilga nisbatan ham to‘la mos deyish mumkin. 
Tahlilni tashkil etishda ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi 
moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir. 
Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot 
shakllari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini o‘rganishni 
xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini 
bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan, 
korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontirgentlar tomonidan, mulk egalari yoki davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi: 
-tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi; 
-tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli-tumanligi; 
-hisobga olish va hisobotlashning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy 
jihatlarini belgilanganligi; 
-tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar 
bazasiga tayangan holda o‘tkazilishi; 
-qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi; 
-axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan 
foydalanishning maksimal ochiqligi. 
Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma’lumotlari 
asosida korxona aktivlari, o‘z sarmoyasi va majburiyatlarining o‘zgarishiga, to‘lov 
layoqati va likvidlilik darajasiga, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish 
aktivligiga, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatiga, iqtisodiy mustahkamligi va 
nochorligiga, foyda va rentabellik darajasiga, pul oqimi va xususiy kapitalning 
o‘zgarishlariga, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi. 
Ichki moliyaviy tahlil-korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari tomonidan 
o‘tkazilib o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq 
qiladi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‘rganiladigan masalalarning 
ko‘lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar 
bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlarnigina emas‚ balki moliyaviy 
hisobning barcha manbalaridan va hisobdan tashqari manbalarini ham kiritish mumkin. 
7
Узбекистон республикасининг «Бухгалтерия хисоби тугрисида»ги конуни 2016 йил 13-апрель 


52 
O‘rganiladigan masalalar ko‘lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari 
doirasidani kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‘ziga xos 
xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin. 
Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari: 
-tahlil subyektlarining tor guruhi; 
-tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan 
yo‘naltirilganligi; 
-teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish 
imkoniyatini yuqoriligi; 
-tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq 
reglamentlari (tartiblarning) belgilanmagan usullaridan foydalanish imkoniyatlari; 
-aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni 
o‘tkazishning imkoniyatligi; 
-boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi. 
Moliyaviy tahlil mazmuni bo‘yicha to‘liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy 
tahlil turlariga tarkiblanadi 
To‘liq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini 
kompleks o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil korxona moliyaviy 
faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik 
moliyaviy 
tahlil 
predmetiga: 
aktivlardan 
samarali 
foydalanish, 
aktivlarni 
moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati 
va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy 
tuzilishi kabi masalalarni kiritish mumkin. 
Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning to‘liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va 
birliklarning moliyaviy holatini tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha), 
hamda alohida moliyaviy jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin
8

O‘tkazish davri bo‘yicha moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil turlariga 
tarkiblanadi.
8
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-
316 б., ЕфимоваО.В. [идр.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с., 
K. R. SubramanyamFINANCIALSTATEMENTANALYSIS, Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари 
молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-316 б., ЕфимоваО.В. [идр.]. 
Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с., K. R. 
SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by McGraw-Hill 
Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by

Карлин Т.Р. Анализ финансовых 
отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, 
Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной 
М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр, Пардаев М.К. 
ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили, дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б., 
Савицкая Г.В. 
Анализ хозяйственной деятельности. Минск: РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., 
Ишонкулов Н.Ф.Молиявий ва бошкарув тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., 
Волькова О.Н. Анализ хозяйственной деятельности предприятия.М.: финансы и статистика, 2008, 415 
с.ELEVENTHEDITIONPublishedbyMcGraw-HillEducation, 2 PennPlaza, NewYork, NY 10121. Copyright 
© 2014 by

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 
1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр


53 
Oldingi moliyaviy tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki 
alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart- sharoitlarini bilish bilan 
bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan 
korxonaning to‘lov layoqatini baholash). 
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki 
moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga 
ta’sir etish yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil turidir. 
Istiqbolli moliyaviy tahlil – amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat 
va uning alohida birliklari bo‘yicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab 
beruvchi tahlil turidir. 
Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy 
qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy 
tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma- ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq deb 
o‘ylaymiz: 
Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; 
Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash; 
Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi; 
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; 
Qarorlar tayyorlash bosqichi; 
Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi. 
Iqtisodiy tahlilni yoki moliyaviy tahlilni tashkil etishdagi yondashuvlar turlicha 
bo‘lganligi bilan ularning mazmuni albatta bitta jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali 
o‘tkazishga qaratilgan. 
Moliyaviy tahlil - moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida firma va 
kompaniyalarning moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yishni tavsiflaydi. 
Moliyaviy tahlilda firma va kompaniyalar mulki, kapitali va majburiyatlarining 
holatiga, faoliyat natijaviyligiga, asosiy va aylanma kapital holatiga va 
samaradorligiga, pul mablag‘lari va xususiy mablag‘larning holatiga baho beriladi. 
Moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan masalalarni quyidagi 1.38-jadvalda ko‘rib 
chiqish mumkin. 
1.38-jadval 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə