O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti



Yüklə 6,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/525
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Mb.
#159384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   525
48d002708393a1bbe0ce9314f5735ba74c1a3bc8

Ta`lim - tarbiya sohasi.
Ta`lim sohasida asosiy vositalardan biri bu didaktik 
ta`minotlardir. Didaktik ta`minotga o`quv materialining o`zgargan shakllari - slayd
diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya va boshqalar kiradi. Bunday 
ta`minotlarni yaratishda kompyuterdan foydalanishning imkoniyati keng va
kelgusida 
bu ta`minotni o`zgartirib, takomillashtirib borish ham mumkin. Bundan tashqari 
masofadan ta`lim olish, mustaqil o`rganish kabi imkoniyatlarni ham yaratib beradi.
Ishlab chiqarish sohasi. 
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida 
kompyuterlar qo`llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko`pgina texnologik jarayonlarni 
boshqarishi, ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor 
mahsulot bo`lib chiqquniga qadar bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishi, 
mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o`zgartirishlar 
yasab, qog`ozga chop etishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga 
ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham kompyuter eng yaxshi 
yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab 
chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan 
robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig`a boshlaydi. Tayyor 
mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo`natiladi. 
Tibbiyot sohasi. 
Kompyuterlarning shifoxonalarda paydo bo`lishi ko`p 
narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o`zgartirib yuboradi. Siz 
to`g`ridan-to`g`ri shifokor huzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina 
ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha 
bemorlarning kasallik tarixi yozib qo`yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan 
bo`lsangiz, siz haqingizdagi ma`lumot ham bo`ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan 
bo`lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o`zida shifokor 
kompyuterga 
kiritib 
qo`yadi. 
Kasalligingiz 
haqidagi 
barcha 
ma`lumotlar 
kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz bo`yicha tez va aniq tashxis kompyuter 
tomonidan qo`yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun ro`yxat ham 
chop etib beriladi. Dorilar ro`yxatini olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu 

Yüklə 6,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   525




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə