O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti


Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining



Yüklə 6,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/525
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Mb.
#159384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   525
48d002708393a1bbe0ce9314f5735ba74c1a3bc8

5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining 
ahamiyati. 
Robototexnika sohasi. 
Ma`lumki, "robot" so`zi bizning 
tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan bo`lib, "qul" degan 
ma`noni bildiradi. Birinchi bor bu so`zni oltmish yil oldin 
taniqli Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo 
"mexanik odamlar" undan oldinroq ham ma`lum edi. O`rta 
asrlarda inson iste`dodlariga ega bo`lgan musiqachi 
qo`g`irchoq yoki rassom-qo`g`irchoqlar paydo bo`lganligi 
ma`lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og`ir va 
zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo`ldi. Ular garchi odam qiyofasida 
bo`lmasa-da, ko`plab funksiyalarni bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto 
O`zbekiston - Koreya qo`shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan 
robotlar keng qo`llanilmoqda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, 
po`lat quyish sexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo`llanilmoqda. 
Robotlarni yaratish bilan shug`ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi-
robototexnika paydo bo`ldi. Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot 
manipulyatorlardir. Manipulyatorlar - o`ta sezgir va kuchli mexanik qo`ldir. 
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya`ni kompyuter robotning "miyasi"dir, ular 
telekameralar orqali "ko`rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", ya`ni axborot 
qabul qiladilar. Maxsus vositalar "sezgi" organi vazifasini o`taydi. 
Marketing sohasi. 
Marketing inglizcha "market" (bozor) so`zidan olingan 
1.1.6 -rasm.
Robototexnika
 


14 
bo`lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi
bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har 
taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning 
asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud 
talab va ehtiyojga ta`sir ko`rsatish, xaridorlarning 
muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan 
iborat. Boshqa viloyat (tuman, shahar) dagi bozor 
narxlarini o`rganish. Marketing sohasini kompyuter va 
axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, 
qimatli qog`oz bozorini. 

Yüklə 6,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   525




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə