O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti


 Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha



Yüklə 6,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/525
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Mb.
#159384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   525
48d002708393a1bbe0ce9314f5735ba74c1a3bc8

2. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha.
 
Axborot texnologiyasi
- bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan 
yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va 


10 
vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. 
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini 
qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining 
maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni tahlil etish va 
u asosida qaror qabul qilishi kerak bo`lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan 
iborat. Turli texnologiyalarni qo`llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar 
olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish 
mumkin. Masalan, matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o`quvchi 
boshlang`ich axborotni qayta ishlash uchun o`zining bilimini qo`llaydi. Masalaning 
yechimi bo`lgan yangi axborot mahsuloti, o`quvchi tanlay olgan masalani yechish 
texnologiyasi, usuliga bog`liq. 
Ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. 
Axborot texnologiyalari uchun ham o`zining uskunalari, vositalari mavjud. Bular 
kseroks, faks, skaner va boshqa dasturiy vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga 
ishlov berilib, o`zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun 
kompyuterlar 
va 
kompyuter 
tarmoqlari 
keng 
qo`llanilmoqda. 
Axborot 
texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo`llanishiga urg`u 
berish maqsadida ko`pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida 
gapirishadi. 
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan 
bevosita bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan 
ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni 
bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki 
va tashqi omillar mavjud. 
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari
axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar. 
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar 
orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirish vositalari. 
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning 
eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion 
bosqichlarni bosib o`tdi. Ana shu bosqichlarga 
qisqacha to`xtalib o`tamiz.

Yüklə 6,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   525




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə