O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti



Yüklə 6,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/525
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Mb.
#159384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   525
48d002708393a1bbe0ce9314f5735ba74c1a3bc8

 
 
I. Qo’ziev
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i

T.M.Baymuradov
Fanning O’quv-uslubiy majmuasi Toshkent moliya instituti Kengashida ko’rib 
chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “__” ___dagi “__”-sonli bayonnoma)
 
 



MUNDARIJA 
 
I O’QUV DASTURI 

 
1.Ma’ruzalar matni
6
 
 
2.Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv
materiallari
258
 
 
3.Laboratoriya mashg’ulotlar bo’yicha
o’quv materiallarilari
 
333
 
II MUSTAQIL TA’LIM MATERIALLARI 
444
 
 III O’QUV PORTFOLIOSI 
452
 
 IV GLOSSARIY 
467 

ILOVALAR 
614
 
 
1.Fan dasturi 
615
 
 
2.Ishchi fan dasturi 
629
 
 
3. Tarqatma materiallari (Interfaol ta’lim
metodlari, keyslar banki ) 
 
661
 
VI TESTLAR 
697
 
VII Talabalar bilimini baholash mezonlari 
718 
VIII O’quv-uslubiy majmuaning elektron variant 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I.O’QUV 
MATERIALLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA 
BO’YICHA O’QUV 
MATERIALLARI 
 
 



1 – MAVZU:”IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA
TEXNOLOGIYALARI” FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA 
MAQSADI 
REJA

1.Fannining predmet va vazifalari 
2.
Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta’minoti
 
3. Axborot texnologiyalarining tasnifi. 
4. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining 
ahamiyati.Robototexnika sohasi. 
Tayanch so’z va iboralar

informatika, elektron hisoblash texnikasi, funktsional 
protsessor- 
lar, informatikaning usullari va vositalari, mexanik qurilmalar, elektromexanik 
ashinalar.
1.Fannining predmet va vazifalari. 
Insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi-yangi 
kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo`ladi. Bu kashfiyotlardan biri – kompyuter 
texnikasidir. Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari 
bilan shug`ullangan. So`zsiz aytish mumkinki kompyuter XX asrning buyuk 
kashfiyotlaridan biri. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnikasi juda 
rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni yig`ish, boshqarish, qayta ishlash va uzatish ayniqsa, 
hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan 
davlatlarni hozirgi kunning eng zo`r va ixcham texnologiyasidan foydalanishga 
bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyoda XXI asr – «axborot» 
asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi ma`lumotlar ombori va 
axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga, 
kunlik ehtiyojga kerakli vositalar (masalan, uyali telefon, DVD player, Flash xotira, 
…), yuz berayotgan jadal o`zgarishlar ularning bir qismi bo`lgan «Kompyuter 
texnikasi» va «Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» faniga ham o`z 
ta`sirini ko`rsatmoqda. Axborot texnologiyasining rivojlanishi dasturiy va texnik 
ta`minotga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sirlar shunchalik kuchliki, yillar 
ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari 
va uning texnik, dasturiy ta`minotini yangi variantlari paydo bo`lishi bu sohadagi 
xizmat qilish usulini tubdan o`zgartirishni talab etadi. Eslab ko`ring
1
, kerakli 
ma`lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, qayta ishlash usullarni amalga oshirish yoki 
bir masalani kompyuterda yechib, natija olish uchun algoritmlarni, dasturlash tillari 
va ishlash muhitini bilishni talab qilar edi. Bunday ma`lumotga ishlov berish 
usullarini faqat mutaxassislargina amalga oshirishni bilardilar. Ammo hozirgi 
1
Maktabdagi “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ”predmetining darslari



jamiyatni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir soha borki, ishlab 
chiqarishdan to ta`lim muassasalari, fermerlikkacha axborot texnologiyalari 
qolaversa, kompyuter texnikasining imkoniyatidan foydalanib kelinmoqda. 
Kompyuterlardan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida 
ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirmoqda. Respublikamizda kompyuter savodxonligini 
oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonining 
ijobiy kechishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar ishlab 
chiqilgan. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2001 
-yil Oliy Majlisning V sessiyasida so`zlagan nutqida axborot texnologiyalari va 
kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy o`rta ta`lim 
maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga 
jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan
2

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23 maydagi «2001-
2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning 
xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni 
tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 230-sonli
3
, 2002 -yil 30 maydagi 
«Kompyuterlashtirishni 
yanada 
rivojlantirish 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni 
amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil 

iyundagi 
«2002-2010-yillarda 
kompyuterlashtirish 
va 
axborot-
telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to`g`risidagi Qarori 
e`lon qilindi
4
. Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish 
maqsadida 
«2008-2012- 
yillarda 
uzluksiz 
ta`lim 
tizimini 
mazmunan 
modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish 
dasturi»ning 1.7-bandida «Uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-laboratoriya va informatika 
xonalaridan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish va 
amaliyotga joriy etish», 2.9-bandida «Axborot texnologiyalari va kompyuterlar 
asosida ta`lim olishning o`quv–metodik majmualarini yaratish va amalga tadbiq 
qilish», 3.4-bandida «Fanlar bo`yicha virtual laboratoriyalar tashkil etish» hamda 
6.14-bandida «Ta`lim sifati ko`rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirish, ta`lim 
sifatini hamda o`quvchi-talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan nazorat 
va boshqaruv tizimini yaratish» kabi ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat 
darajasiga ko`tarish vazifalari qo`yilgandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2005 -yil 2 iyundagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar 
tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi PQ-91-sonli, 2005-yil 8 iyuldagi 
«Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha 
2
Хalq so’zi. 2001- yil, 15 may. № 94 (2656). 1-sahifa.
3
Хalq so’zi. 2001- yil, 24 may. № 101 (2663). 1-sahifa.
4
Хalq so’zi. 2002 - yil, 1 iyun. № 116 (2944). 1-2-sahifa.



chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi «O`zbekiston 
Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida»gi PQ-191-sonli 
Qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini 
oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar 
kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan 
ishlashga o`rgatish keng ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim 
dargohlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda 
“Inforomatika va axborot texnologiyalari” faniga bo`lgan talab ham ortmoqda. 
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, 
ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi 
masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, 
ya`ni 
inson 
faoliyatining 
barcha 
sohalarida 
axborotni 
kompyuter 
va 
telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan 
bog`liq bo`lgan yagona sohadir. 
"Axborot 
texnologiyalari" 
iborasidagi 
"texnologiya" 
so`zi 
lotincha
"thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi. 
Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom 
ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar 
yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`yektining 
dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob 
beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non, 
bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom 
ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot 
mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining 
ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa 
axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish 
mumkinligini aniqlab turadi. 
Texnologiya - bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni 
boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun 
yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning 
samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, 
tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi 
axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot 
texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.

Yüklə 6,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   525




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə